O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti


 Aholining hayot darajasi va sifatini belgilovchi asosiy mezonlar


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana13.06.2020
Hajmi0.61 Mb.
#118353
1   2   3   4   5
Bog'liq
ozbekistonda aholi turmush darajasini tavsiflovchi korsatkichlarni statistik tahlili


1.2. Aholining hayot darajasi va sifatini belgilovchi asosiy mezonlar. 

 

 Mamlakatimizda  aholining  hayot  darajasi  va  sifatini  izchil  oshirilishini 

ta’minlash hozirgi kunning asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. 

Bu  borada  2011  yilning  yanvar  oyida  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasi    “BMT  Mingyillik  maqsadlarini  O‘zbekistonda  amalga  oshirish 

bo‘yicha  qo‘shimcha  chora-tadbirlar  to‘g‘risida”  maxsus  qaror  qabul  qilinganini 

esga  olishimiz  zarur.  Unda  O‘zbekistonda  BMTning  Mingyillik  rivojlanish 

maqsadlariga muvofiq aholi turmush darajasi va sifatini izchillik bilan yuksaltirish 

uchun  zarur  bo‘lgan  qo‘shimcha  choralarni  amalga  oshirish  maqsadida  barcha 

vazirliklar,  idoralar,  markaziy  va  mahalliy  hokimiyat  organlarining  mamlakatda 

inson  salohiyatining  muttasil  rivojlanishini  ta’minlashga  qaratilgan  kompleks 

harakat dasturi belgilangan edi

3



Jahonning  barcha  rivojlangan  davlatlari  qatorida  O‘zbekistonda  ham  qabul 



qilingan  “Inson  taraqqiyoti  kontseptsiyasi”ga  ko‘ra,  har  bir  jamiyatning 

rivojlanishi  markazida  faqat  oddiy  iqtisodiy  ko‘rsatkichlar  emas,  balki  avvalo, 

inson  turishi kerak. Inson  taraqqiyotning pirovard  maqsadi  va  uning samarasining 

bosh  mezoni  –  odamlarning  imkoniyatlarini  kengaytirish,  ularning  tabiiy, 

jamiyatda  umume’tirof  etilgan  qadriyatlarga  mos  keladigan  ma’naviy  va  moddiy 

ehtiyojlarini  sifatliroq  qondirish,  yanada  yuqori  turmush  darajasiga  erishish 

demakdir. 

Bashariyat  tarixida  jamiyatlar,  millatlar  va  xalqlarning  dunyoqarashi, 

madaniyati,  qadriyatlari  turlicha  bo‘lsa-da,  “turmushning  yuqoriroq  darajasi” 

deganda  qarashlar  bir-biriga  o‘xshashligi  va  uyg‘unligi  ma’lumdir.  U  birinchi 

navbatda  oilaviy  farovonlik,  salomatlik,  uzoq  umr  ko‘rish,  moddiy  farovonlik, 

ma’lumotning  yuqori  sifat  darajasi,  nafaqat  salmoqli  daromad,  balki  mehnatdan 

ma’naviy qoniqish, jamoatchilik orasida obro‘ orttirish, xavfsizlik, madaniy xordiq 

                                                        

3

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 26 yanvardagi “O'zbekistonda  



BMTning  Mingyillik  rivojlanish  maqsadlarini  amalga  oshirish  bo'yicha  qo'shimcha  chora- 

tadbirlar  to'g'risida”gi  21-sonli  qarori.  //  O'zbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlari    to'plami. 

2011 yil. 4-5-son. 35-modda. 


16 

 

kabi  tushunchalarni  qamrab  oladi.  Odamlar  har  doim  shaxs  va  fuqaro  sifatida  o‘z 



dunyoqarashini  ifoda  etish  imkoniyatiga  ega  bo‘lishni,  jamiyat  hayotida  ishtirok 

etishni,  ularning  huquq  va  erkinliklari  hurmat  qilinishini,  fikrlari  e’tiborga 

olinishini har doim qadrlab kelishgan va qadrlashadi. 

Yuqorida qayd etilgandardan kelib chiqib, bugungi kunda inson taraqqiyotini 

baholash quyidagi printsiplar va uchta komponentga asoslanadi: 

1.  Farovonlik.  Inson  taraqqiyoti  faqatgina  ijtimoiy  siyosat  sohasi  bilan 

cheklanadi  deb  o‘ylash  xato  bo‘ladi.  Iqtisodiy  rivojlanishsiz,  iqtisodiy  salohiyatni 

ko‘tarmasdan, 

odamlarning 

ehtiyojlarini 

qondirish 

va 


imkoniyatlarini 

kengaytirishga erishib bo‘lmaydi. Inson taraqqiyoti kontseptsiyasini faqat ta’lim va 

sog‘liqni saqlash, gender rivojlanish va qashshoqlikka qarshi kurash ko‘rsatkichlari 

kabi  ijtimoiy  mezonlar  statistikasi  asosida  tahlil  qilish  noto‘g‘ri.  Ushbu 

ma’lumotlar jamg‘arish va investitsiyalar, ishlab chiqarish va iste’mol qilish, savdo 

va  texnologiyalar  kabi  ko‘rsatkichlarsiz  inson  taraqqiyoti  haqida  to‘liq  tasavvur 

hosil  qilish  imkonini  bermaydi.  Oxir-oqibat,  jamiyatning  rivojlanishini  uning 

samaradorligiga,  ya’ni  odamlarning  moddiy  va  ma’naviy  ehtiyojlarini  qondirish 

uchun  resurslardan  foydalanish  optimalligiga  ko‘ra  baholash  lozim.  Shu  sababli 

inson taraqqiyotining bosh uch komponentidan bittasi farovonlik hisoblanadi. 



2.  Huquq  va  imkoniyatlarning  kengayishi.  Inson  taraqqiyotining  darajasi 

rivojlanish masalalarini hal qilishda insonning o‘zi qanchalik ishtirok etayotgani va 

ushbu  jarayonni  takomillashtirida  hal  qila  olishdagi  shaxs  sifatidagi  qurbi  bilan 

ham  belgilanadi.  Axir  inson  shu  borada  rivojlanish  jarayonining  nafaqat  ob’ekti, 

balki sub’ekti sifatidagi  faolligi ham muhimdir. 

3.  Adolat.  Har  bir  jamiyatning  rivojlanish  darajasi  imkoniyatlar  tengligiga, 

ya’ni ushbu jamiyatda aholining turli namoyonlari va guruhlari o‘rtasida huquq va 

majburiyatlar  taqsimlanishi  adolat  printsipiga  ko‘ra  baholanishi 

kerak. 

“Imkoniyatlar tengligi”  mavhum tushuncha emas. U aniq, real  hamda  huquqiy  va 



iqtisodiy  ta’minlashni  talab  qiladi.  Uning  mohiyati  shundaki,  jamiyatda  muayyan 

belgiga, shu jumladan, jinsiga ko‘ra, huquqiy va iqtisodiy kamsitish, ko‘proq yoki 

kamroq  imtiyozlarga  ega  etnik  guruhlar,  ekspluatatsiya  qilinuvchi  sinflar 


17 

 

bo‘lmasligi  kerak.  Nogironlarga  tizimli  yordam  alohida  e’tiborni  talab  etadi. 



Bunday  adolatni  o‘rnatish  omillari  orasida  qonunchilikda  mustahkamlangan  va 

amaliyotda qo‘llanadigan siyosiy  huquq  va erkinliklar, sog‘liqni saqlash  va ta’lim 

tizimlaridan  foydalanish,  mikromoliyalash  tizimi orqali  ijtimoiy  himoyaga  muhtoj 

qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash va boshqalar mavjud. 

Shunday  qilib,  inson  taraqqiyotining  umumiy  e’tirof  etilgan  uchinchi 

komponenti  –  ijtimoiy  adolat,  natijalarning  barqaror  ta’minlangani,  inson 

huquqlarini  hurmat  qilish  hisoblanadi.  Inson  taraqqiyoti  kontseptsiyasi,  iqtisodiy 

o‘sish  nazariyasidan  farqli  o‘laroq,  ijtimoiy  taraqqiyotga  uzoq  muddatli  jarayon 

sifatida qaraydi. Faqatgina bugun yashayotgan insonlar ehtiyojini qondirish haqida 

o‘ylash  bilan  cheklanmasdan,  kelajak  avlodlar  uchun  munosib  hayotni  ta’minlash 

haqida fikr yuritmoq zarur.  

Inson taraqqiyoti  kontseptsiyasi  –  bu samarali  va barqaror  iqtisodiy o‘sishni 

ta’minlash  hamda  uni  mantiqiy  yakuniga  izchil  ravishda  yetkazish,  ya’ni  odamlar 

imkoniyatlarini  kengaytirish,  ularning  iqtisodiy  va  siyosiy  huquq  va  erkinliklarini 

ro‘yobga  chiqarish,  bugungi  va  kelgusi  avlodlarning  ma’naviy  va  moddiy 

ehtiyojlarini qondirishdir

4



Bugungi  kunda  mamlakatimizda  inson  omilining  hal  qiluvchi  kuch  sifatida 



amal  qilishi  va  izchil  ravishda  rivojlanib  borishi  uchun  real  shart-sharoitlarni 

yaratuvchi  ijtimoiy-iqtisodiy  islohotlar,  ahamiyatga  molik  o‘zgarishlar  amalga 

oshirilmoqda.  Biz  o‘z  oldimizga  qo‘yayotgan  maqsad  esa  barchamizga  yaxshi 

ma’lum – bu zamonaviy rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, xalqimiz 

uchun munosib turmush sharoitini yaratish va uning jahon hamjamiyatida munosib 

o‘rin egallashini ta’minlashdan iborat

5



                                                        



4

O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Senati,  O'zbekistondagi  BMT  Taraqqiyot  dasturi.  

O'zbekiston: Amaliy qo'llanma. Barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning va inson  taraqqiyoti 

printsiplarini amalga oshirishning parlament tomonidan ta'minlanishi, 2011. 

  

5

O'zbekiston  Respublikasi  iqtisodiy-ijtimoiy  taraqqiyotining  mustaqillik  yillaridagi  



(1990-2010 yillar) asosiy tendentsiya va ko'rsatkichlari hamda 2011-2015 yillarga  mo'ljallangan 

prognozlari: statistik to'plam. – T.: “O'zbekiston”, 2011, 3-4-b. 

 


18 

 

O‘zbekiston  hukumati  o‘z  zimmasiga  mamlakatimizda  kam  ta’minlangan 



toifa miqdorini kamaytirish va jamiyatimiz hayotida insonparvarlik printsiplarining 

yanada  rivojlanishiga  ko‘maklashish  maqsadida  Mingyillik  rivojlanish  maqsadlari 

borasida  ma’lum  bir  majburiyatlarni  o‘z  zimmasiga  olgan.  Xalqaro  hamjamiyat, 

shu  jumladan,  BMTning  turli  tarkibiy  tuzilmalari  bu  borada  moliyaviy  yordam 

berish  va  mamlakatimizdagi davlat  va  nodavlat tashkilotlar bilan  hamkorlik qilish 

orqali    ko‘maklashishga  hozirligini  izhor  etadi.  O‘zbekistonning  2015  yilgacha 

bo‘lgan  davrdagi  vazifasi  kam  ta’minlangan  aholi  hissasini  50  foizga 

qisqartirishdan  iborat.  Mamlakatimizda  aholini  aniq  maqsadli  va  yuqori  samarali 

ijtimoiy  muhofaza  qilishga  yo‘naltirilgan  chora-tadbirlar  hamda  yuksak  iqtisodiy 

o‘sish  va  aholini  ijtimoiy  zarur  mehnat  bilan  bandlik  ko‘rsatkichlarini  

susaytirmasdan ta’minlash halqimiz farovonligini yanada oshirish imkonini beradi.  

Bu  borada,  ayniqsa  milliy  iqtisodiyotimizni  modernizatsiya  qilish  sharoitida 

aholi daromadlari oshirib borish eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifa bo‘lib qoldi.       

Birinchidan, ohirgi 10 yil ichida aholining daromad shakllari tubdan o‘zgarib, 

ularning an’anaviy turlari  (ish  haqi, pensiya, nafaqa, stipendiya) qatoriga  mutlaqo 

yangilari – tadbirkorlik faoliyatidan, (ko‘chmas) mulkdan, qimmatli qog‘ozlardan, 

chet el valyutasidan keladigan daromadlar qo‘shilganini taakidlash zarur.  

Ikkinchidan,  daromadlarning  tarkibiy  qismlari  bilan  bir  qatorda  ularning 

miqdor  va  sifat  jihatlari  ham  tubdan  o‘zgardi,  bu  borada  fuqaro  ixtiyoridagi 

haqiqiy  daromadlar,  to‘planish  va  ajralish  koeffitsienti,  daromad  tanqisligi, 

tirikchilik  minimumi,  qashshoqlik  darajasi,  oila  pul  daromadlarining  xarid 

qobiliyati kabi tushuncha va kategoriyalar paydo bo‘ldi.  

Uchinchidan,  aholi  daromadlaridan  samarali 

foydalanishning 

yangi 

yo‘nalishlari  vujudga  keldi:  majburiy  to‘lovlar  va  badallar,  chet  el  valyutasi, 



qimmatli  qog‘ozlar  va  shaxsiy  mulkni  sotib  olish  uchun  xarajatlar,  tijorat 

banklariga qo‘yilmalar shular jumlasidandir. 

 

 

 



19 

 

 



 

1.2.1-rasm. Turmush sifatining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadigan omillar. 

 

Shu  alohida  ta’kidlash  joizki,  aholining  o‘sib  borayotgan  daromadlarining 



darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, uning zaruriy ehtiyojini ham qondirish imkonlari: 

o‘zining  va  oila  a’zolarining  salomatligini  saqlash,  unumli  dam  olishini  tashkil 

etish, yuqori sifatli ma’lumot olishi, bo‘sh vaqtlarini madaniy tarzda o‘tkazishidek 

tadbirlar shunchalik ko‘p bo‘la boshladi.  

Barchamizga  yaxshi  ayonki,  har  qaysi  inson,  har  bir  oila,  millati,  tili  va 

dinidan  qat’i  nazar,    dunyoga  kelib,  farzand  ko‘rib,  uni  sog‘lom  va  barkamol 

ko‘rishini  niyat  qiladi.  Shirin  farzandiga  bor  ezgu-umidlarini  bog‘laydi  va  uni 

baxtli  yashashi  uchun  bor  imkonini ayamaydi.   Bunday  yuksak  orzuga  yetishning 

sharti  va  garovi  bo‘lgan  omillarni  davlatimizning  siyosati  darajasiga  ko‘tarilishi, 

uni  har  kunlik  faoliyatimizda  bosh  mezoni  qilib  olganimiz  quvonchli  va 

sharaflidir.Ular orasida hayotimizga ma’no-mazmun beradigan, uni yanada yorug‘ 

va  fayzli  qiladigan  yana  bir  omil  borki,  u  ham  bo‘lsa,  insonning  o‘z  uyi,  o‘z 

farzandi  kamoli,  o‘z  yurtini  har  tomonlama  taraqqiy  etib  borishidan  shukuronalik 

qilishi, mag‘rurlanishi va mamnun bo‘lib, yashashida yaqqol namoyon bo‘ladi.  

Bunday  mulohaza  va  fikrlarni  umumlashtirib,  o‘zbekona  aytadigan  bo‘lsak, 

barchamizning  harakat  va  intilishlarimiz  negizida  avvalambor  yurtimiz, 



TURMUSH SIFATINING SHAKLLANISHIGA  

TA'SIR KO'RSATADIGAN OMILLAR 

Aholnining oziq-ovqat mahsulotlari va 

mailshiy xizmatlar bilan ta'minlanganligi 

Aholi daromadlari darajasi va bandlik 

darajasi 

Aholining uy-joy bilan ta'minlanganligi 

Aholining salomatligi holati va sog'liqni 

saqlash va tiklash imkoniyatining 

Inflyatsiya darajasi va siyosiy barqarorlik 

Ta'lim olish imkoniyati 

Ma'naviy muhitning rivojlanishi va hayot 

faoliyati xavfsizligi

 

Tabiiy muhitning holati 



20 

 

Vatanimizda  yashayotgan  har  bir  kishi,  har  bir  oila  har  tomonlama  rivoj  topishi, 



inson erkin nafas oladigan, tinch va farovon yashaydigan hayot barpo etish g‘oyasi 

mujassam ekanini hammamiz yaxshi tushunamiz.  

Ayni  shunday  orzu-niyatlar  bilan  kundalik  hayotimizni  to‘ldirish,  ularni 

hayotimizning  maqsadiga  aylantirish,  shunday  g‘oya  va  intilishni  amalga  oshirish 

uchun  davlatimiz  va  jamiyatimizning  barcha  kuch  va  imkoniyatlarini  safarbar 

etish,  hech shubhasiz, bugungi kunda  har  birimizda  g‘oyat  mamnunlik  va cheksiz 

mag‘rurlik xis-tuyg‘ularimizni oshirib boradi..  

Bu  borada  mamlakatimizdagi  ko‘p  yillik  tajribadan  ma’lumki,  har  bir  yil 

nomi  bilan  bog‘liq  maqsad  va  vazifalar,  aniq  chora-tadbirlar,  ularning  bajarilish 

muddatlari,  moliyaviy  manbalari,  mutassaddi  idora  va  tashkilotlarining  batafsil 

bayon  etilgan  davlat  dasturlari  shakllantirilib,  ular  maxsus  qaror  orqali  ijro  uchun 

qabul  qilinadi.  Bunday  dasturlarning  puxta  va  hayotiyligi,  ularda  belgilangan 

chora-tadbirlarning  qo‘yilgan  maqsad  va  vazifalarni  to‘liq  qamrab  olishi 

pirovardida  qilingan  sa’y-harakatlar,  erishilgan  natijalarning  salmoqli  bo‘lishiga 

xizmat qiladi.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


21 

 

1.3. Aholining turmush darajasi va farovonligini belgilovchi 



ko‘rsatkichlar. 

 

Kishilarning  o‘ziga  o‘zi  baho  berishi,  o‘zini  aholining  muayyan  guruhiga 

mansubligini  anglashi  ularning  turmush  darajasi  va  sifatining  umumiy  hamda 

yakuniy  indikatori  hisoblanadi.  Bu  borada,  albatta,  aholi  jon  boshiga  to‘g‘ri 

keladigan  daromad  bilan  bir  qatorda  yashash  sharoiti  va  standartlari,  aholining 

obod  va  zamonaviy  uy-joylar  bilan  ta’minlangani,  odamlar  istiqomat  qiladigan 

muhitni  rivojlantirish  hamda  obodonlashtirish,  zarur  infratuzilmaning  mavjudligi 

va  uning  samarasi,  aholini  sifatli  iste’mol  tovarlari,  shu  jumladan,  mamlakatda 

ishlab chiqarilgan tovarlar bilan ta’minlash, zamonaviy talablar asosida ta’lim olish 

hamda  sog‘liqni  saqlash  tizimidan  bahramand  bo‘lish  kabi  hayot  darajasini 

belgilaydigan muhim ko‘rsatkichlar inobatga olinadi. 

 

1. Turmush darajasining integral ko‘rsatkichlari 

1.1. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar:  

Ø 

aholining real ixtiyordagi daromadlari; 



Ø 

aholining real tuzatilgan daromadlari;  

Ø 

uy xo‘jaliklarining yakuniy iste’mol xarajatlari; 



Ø 

uy xo‘jaliklarining haqiqiy iste’mol xarajatlari; 

Ø 

o‘rtacha ish haqi (nominal va real).  



            1.2. Demografik ko‘rsatkichlari:  

Ø 

doimiy aholi soni dinamikasi; 



Ø 

kutiluvchi turmush davomiyligi; 

Ø 

chaqaloqlar, bolalar va onalar o‘limi;  



Ø 

aholining savodlilik darajasi.  



22 

 

1.3. Aholining iqtisodiy faollik ko‘rsatkichlari:  



Ø 

aholining iqtisodiy faollik darajasi; 

Ø 

iqtisodiyotda bandlarning va aholi umumiy soni nisbati; 



Ø 

ishsizlik darajasi.  

1.4. Aholining pensiya ta’minot darajasi:  

Ø 

pensionerlar soni (jami va shu jumladan yosh bo‘yicha); 



Ø 

belgilangan  oylik  pensiyalar  miqdori  (jami  va  shu  jumladan  yosh  

bo‘yicha);  

Ø 

yosh  bo‘yicha  belgilangan  o‘rtacha  oylik  pensiya  miqdori  va 



keksalarni minimal miqdori.  

 

2. Aholining moddiy ta’minlanganligi ko‘rsatkichlari: 

2.1. Uy xo‘jaliklari daromadlari:  

Ø 

uy  xo‘jaliklarining  yalpi  va  pullik  nominal  hamda  real  daromadlari 



(umumiy va *);  

Ø 

daromadlarning xarid qobiliyati;  



Ø 

IBK;  


     2.2. 

Aholining 

alohida 

qatlamlari 

o‘rtasida 

daromadlarning 

taqsimlanishidagi tengsizlik: 

Ø 

aholi daromadlarining tabaqalashuvining detsil koeffitsienti; 



Ø 

daromadlarining kontsentratsiya koeffitsienti (Jini koeffitsienti); 

Ø 

fondlar koeffitsienti; 



Ø 

aholining kvantil guruhlari bo‘yicha daromadlarning taqsimlanishi.  

2.3. Aholining kambag‘alligi ko‘rsatkichlari 


23 

 

Ø 



yashash minimumi kattaligi; 

Ø 

kambag‘allik chegarasi; 



Ø 

qashshoqlik chegarasi; 

Ø 

kambag‘allik 



ko‘lami 

ko‘rsatkichlari 

(birlamchi, 

dastlabki 

kambag‘allik,  ikkilamchi  kambag‘allik,  kambag‘al  aholining  pullik  daromadlari 

taqchilligi, kambag‘allik keskinligi va chuqurligi).  

Ø 

yashash minimumi kattaligi; 



Ø 

kambag‘allik chegarasi; 

Ø 

qashshoqlik chegarasi; 



Ø 

kambag‘allik 

ko‘lami 

ko‘rsatkichlari 

(birlamchi, 

dastlabki 

kambag‘allik,  ikkilamchi  kambag‘allik,  kambag‘al  aholining  pullik  daromadlari 

taqchilligi, kambag‘allik keskinligi va chuqurligi).  

Ø 

minimal iste’mol “savati” qiymati; 



Ø 

aholining  iste’mol  xarajatlarining  joriy  va  taqqoslama  baholardagi 

dinamikasi va tarkibi; 

Ø 

ixtiyordagi  daromad  va  iste’mol  xarajatlarida  oziq-ovqat  xarajatlari 



ulushi; 

Ø 

asosiy  oziq-ovqat  mahsulotlarining  jon  boshiga  iste’moli,  shu 



jumladan, katta yoshdagi iste’molchilarga hisoblangan oziq-ovqatlar ulushi; 

Ø 

minimal iste’mol “savati”ning oziq-ovqat tarkibi va kaloriyaliligi.  



4. Aholining turar-joy sharoitlari: 

 

Ø 



aholining  uy-joy  bilan  ta’minlanganligi  (mamlakatning  har  bir 

fuqarosiga to‘g‘ri keluvchi umumiy va yashash maydoni); 



24 

 

Ø 



aholining  iste’mol  xarajatlarida  turar-joy  uchun  to‘lov  xarajatlari 

ulushi.  



     

      5.  Ijtimoiy keskinlik:  

Ø 

jinoyatchilik koeffitsienti.  



 

Mamlakatimizda  yalpi  ichki  mahsulot,  mahsulot  va  xizmatlar  ishlab 

chiqarishning  yuqori  sur’atlarda  barqaror  o‘sib  borishi,  byudjet  sohasi 

xodimlarining  ish  haqi,  pensiya,  nafaqa  va  stipendiyalar  miqdorining  muntazam 

qayta  ko‘rib  chiqilishi,  ta’lim,  sog‘liqni  saqlash  va  ilm-fan  sohalari 

xizmatchilarining  mehnatini  rag‘batlantirish,  aholi  turmush  darajasini  tubdan 

yaxshilashga  qaratilgan  boshqa  chora-tadbirlar,  ayniqsa,  oxirgi  yillarda 

xalqimizning hayot sifati izchil yuksalib borishini ta’minladi. 

O‘zbekistonda  yashash sharoiti  va standartlari, aholining obod  va zamonaviy 

uy-joylar  bilan  ta’minlangani,  aholini  sifatli  iste’mol  tovarlari  bilan  ta’minlash, 

zamonaviy talablar asosida ta’lim olish hamda sog‘liqni saqlash tizimi kabi indeks 

va  ko‘rsatkichlar  bo‘yicha  katta  o‘zgarish  va  yutuqlarga  erishildi.  Bu  haqda  so‘z 

yuritilganda,  shuni  aytish  joizki,  ayni  paytda  oilalarning  97  foizi  o‘z  uyiga  ega, 

aholining  90  foizi  uzoq  muddat  foydalaniladigan  barcha  asosiy  tovarlar  bilan 

ta’minlangan,  har  3  oiladan  biri  shaxsiy  yengil  avtomobilga  ega,  aholi  iste’mol 

mahsulotlari bilan yetarli darajada ta’minlanmoqda. 

Mustaqillik yillarida sog‘liqni saqlash sohasiga qilingan harajatlar 3,6 barobar 

o‘sdi va bu yalpi ichki mahsulotga nisbatan qariyb 4 foizni, Davlat byudjetida esa 

15,7  foizdan  ortiqni  tashkil  qilyapti.  «Sog‘lom  ona  –  sog‘lom  bola»  mavzusidagi 

xalqaro  simpoziumda  ishtirok  etgan  Jahon  sog‘liqni  saqlash  tashkiloti  Bosh 

direktori  Margaret  Chen  xonimning  «Prezident  Islom  Karimov  tomonidan  e’lon 

qilingan  «Sog‘lom  ona  –  sog‘lom  bola»  tamoyilining  xayotga  tatbiq  etilishi 

bugungi  va  kelajakda  barkamol  avlodni  tarbiyalash  borasidagi  eng  to‘g‘ri  yo‘l 

bo‘lib,  har  bir  odamning  va  butun  aholining  salomatligini  ta’minlashning 



25 

 

kafolatidir. O‘zbekistonning sog‘liqni saqlash modeli boshqa ko‘plab  mamlakatlar 



uchun  namuna  bo‘lib  xizmat  qilishi  mumkin»  degan  so‘zlari  ushbu  fikrning 

tasdig‘idir. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan «Sog‘lom ona – sog‘lom bola» 

dasturi  umummilliy  harakatga  aylandi.  Muruvvat  uylari,  maxsus  maktab-

internatlarining  moddiy-texnik  bazasi  ham  mustahkamlanib,  ta’lim-tarbiya, 

sog‘lomlashtirish  tizimi  tobora  takomillashmoqda.  Sog‘liqni  saqlash  tizimida  olib 

borilgan  islohotlar  natijasida  erishilgan  yutuqlar  xalqaro  tashkilotlar  tomonidan 

yuqori  baholanib  kelinmoqda.  2010  yilda  Jahon  sog‘liqni  saqlash  tashkiloti 

tomonidan  o‘zbek  tibbiyot  modeli  boshqa  mamlakatlarga  namuna  sifatida  tavsiya 

etildi.  Buyuk  Britaniyaning  «Save  the  children  («Bolalarni  asraylik»)  tashkiloti 

tomonidan  2011  yilda  O‘zbekiston  –  161  ta  davlat  orasida  bolalar  salomatligini 

muhofaza qilish bo‘yicha 10 ta yetakchi davlat safidan o‘rin egalladi

6

.  



Mustaqillikning  birinchi  kunlaridan  boshlab  O‘zbekiston  Prezidenti  I.A. 

Karimov  yosh  avlodning  salomatligi  haqida  doimiy  g‘amxo‘rlik  qilmoqda.  Yosh 

avlodni  har  tomonlama  kamol  toptirish,  bolalar  o‘rtasida  sog‘lom  turmush  tarzini 

rivojlantirishning  muhim  omillaridan  biri  uzluksiz  sport  musobaqalari  tizimini 

tashkil etishdir. 

Uch bosqichli sport o‘yinlari dunyoda beqiyos sanaladi. Vatanimiz sportining 

keng rivojlanishi tufayli yoshlarimiz orasidan dovrug‘i respublikamizda va xalqaro 

miqyosda  keng  tanilgan  sportchilar  yetishib  chiqmoqda  va  ularning  safi  tobora 

kengayib  borayotir.  «Umid  nihollri»,  «Barkamol  avlod»  va  Universiada  sport 

musobaqalari  yoshlarimizni  tarbiyalash,  chiniqtirish  hamda  ularning  g‘alabaga 

bo‘lgan  ishtiyoqini  oshirishda  o‘ziga  xos  katta  maktab  vazifasini  o‘tamoqda. 

Ushbu  sport  o‘yinlarini  o‘z  ichiga  olgan  uch  bosqichli  noyob  tizimning  bamisoli 

qudratli  to‘lqinga  aylanib,  million-million  bolalarimizni  o‘z  safiga  qamrab 

olayotgani, ularning ham jismoniy, ham  ma’naviy sog‘lom bo‘lib ulg‘ayish uchun 

xizmat  qilayotganini  mamnuniyat  bilan  ta’kidlash  lozim.  Ayniqsa,  bu  tizimning 

                                                        

6

O'zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimovning  2011  yilning  asosiy  yakunlari  va 



2012    yilda  O'zbekistonni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirishning  ustuvor  yo'nalishlariga  

bag'ishlangan  O'zbekiston  Respublikasining  Vazirlar  Mahkamasining  majlisidagi  «2012  yil  

Vatanimiz  taraqqiyotini  yangi  bosqichga  ko'taradigan  yil  bo'ladi»  mavzusidagi  ma'ruzasini  

o'rganish bo'yicha o'quv qo'llanma. – T.: «O`qituvchi» NMIU, 2012. – 132-6etlar. 



26 

 

yuqori  bosqichi  bo‘lgan  Universiada  musobaqalari  yoshlarimiz  uchun  tom 



ma’noda chiniqish va kamolot maktabiga aylangani e’tiborlidir. 

O‘tkazilgan  so‘rovlarga  ko‘ra,  ayni  paytda  O‘zbekistonda  aholining  50 

foiziga yaqini o‘zini o‘rta toifaga mansub deb biladi. Holbuki, 2000 yilda atigi 24 

foiz aholi o‘zini shu toifaga mansub deb bilar edi. 

Shuni unutmaslik kerakki, o‘rta sinf ulushining yuqoriligi fuqarolik jamiyatini 

shakllantirishning  zamini  va  asosi,  davlatning  barqarorligi  va  mustahkamligining, 

odamlarning  o‘z  kelajagiga  bo‘lgan  ishonchning  muhim  omili  sifatida  qabul 

qilinadi. 

O‘zbekistonda amalga oishirilayotgan islohotlar muvaffaqiyati, aholi turmush 

darajasi  va  hayot  sifatini  oshirish  bo‘yicha  erishilgan  yutuqlar  yetakchi  xalqaro 

tashkilotlar  hamda  ekspertlar  hamjamiyati  tomonidan  e’tibor  etilib,  xolisona 

baholanmoqda. 

2012  yilda  Buyuk  Britaniyaning  xalqaro  miqyosda  tan  olingan  Legatum 

instituti  o‘zining  Farovonlik  va  rivojlanish  indeksida  O‘zbekistonni  dunyo 

mamlakatlari orasida haqli ravishda 64-o‘ringa kiritgani e’tiborga loyiqdir. 

Ijtimoiy  farovonlik,  jumladan,  umr  ko‘rish  davomiyligi,  oilalarning  tinchligi 

va  osoyishtaligi,  ishsizlik  darajasining  pastligi,  ijtimoiy  infratuzilmadan 

foydalanish  darajasi  ham  O‘zbekiston  jahon  hamjamiyatida  o‘zgalar  havas 

qiladigan o‘rinni mustahkam egallab turibdi. 

Har  yili  davlat  byudjetining  qariyb  60  foizi  sog‘liqni  saqlash,  ta’lim, 

kommunal  xo‘jalik  va  aholini  ijtimoiy  muhofaza  qilish  bilan  bog‘liq  boshqa 

sohalarni  rivojlantirish  uchun  yo‘naltirilmoqda.  Yurtimizda  odamlarning  o‘rtacha 

umr  ko‘rish  darajasi  67  yoshdan  73  yoshga  yetdi,  onalar  o‘limi  3,1  barobardan 

ziyod, bolalar o‘limi esa 3,2 barobar kamaydi. 

Ta’kidlash  kerakki,  erishgan  ana  shunday  barcha  yutuqlarimizning  zamirida 

avvalo  millionlab  yurtdoshlarimizning  kundalik  fidokorona  mehnati,  o‘z  umrini 

o‘tab  bo‘lgan  boshqaruv  va  xo‘jalik  yuritish  tizimidan  voz  kechilgani, 


27 

 

mamlakatimizni  tubdan  isloh  etish  va  modernizatsiya  qilishning  har  tomonlama 



chuqur o‘ylangan dasturi mujassamdir

7



Aholining  har  bir  a’zosi  turmush  sharoitlarini  oshirish,  bilim  olish 

imkoniyatlarini  kengaytirish,  salomatligini  mustahkamlash,  ishchi  kuchi  sifatida 

ijtimoiy  foydali  mehnatda  ishtirok  etish  salohiyatini  yuksaltirish  davlatimiz 

ijtimoiy  siyosatining  ustuvor  yo‘nalishlaridan  hisoblanadi.  Shu  ma’noda,  aholi 

muhofazasini ta’minlashdagi birinchi va asosiy vazifa ham insonni kamol toptirish, 

uning oila va jamiyatdagi o‘rni hamda nufuzini ko‘tarish bilan bog‘liq. Binobarin, 

jamiyatning  insonparvarligi  mamlakat  iqtisodiy  salohiyatining  qanchalik 

yuksakligi bilangina emas, balki bu salohiyat har bir kishining farovon yashashi va 

har tomonlama rivojlanishi uchun yo‘naltirilgani bilan ham baholanadi. 

 

 



 

 

 



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling