О`zbеkistоn rеspublikasi оliy va о`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat pedagogika instituti ppedagogika fakultеti


Download 0.55 Mb.
bet1/2
Sana19.01.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1102306
  1   2
Bog'liq
dilorom omonullaeva


О`ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI
ОLIY VA О`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
PPEDAGOGIKA FAKULTЕTI
«MUSIQA TA’LIMI»KAFЕDRASI

GURUH MUSIQA TA'LIMI YO‘NALISHI TALABASI




MUSTAQIL ISHI

MAVZU:_________________________________

BAJARDI : ____________________________________

QABUL QILDI: _________________________________


Mavzu: D.Omonullaeva.
Reja.
Kirish.

  1. O’zbek bolalar kompozitorlari.

  2. D.Omonullaeva hayoti va ijodi.

  3. D.Omonullaevaning yozgan asarlari.

Xulosa.

Kirish.
Bolalar musiqasi — bolalarning tinglashi va ijro etishi uchun moʻljallangan musiqa asarlari. Bolalar musiqasi namunalari sodda shakli, yorqin ifodasi, jonli badiiy mazmuni bilan ajralib turadi. Bolalar hayoti, xalq ertaklari, tabiat manzaralari, hayvonot dunyosi Bolalar musiqasi da uz ifodasini topadi. Bolalar ijrosiga moʻljallangan asarlarda ularning ijro imkoniyatlari (mas, bolalar ovozining kulami, xorda kuylashga tayyorligi, ijro usuli murakkabligi va h. k.) nazarda tutiladi. Bolalar tinglashi uchun maxsus yaratilgan musiqa asarlari orasida talaygina sahna asarlari (opera, balet, musiqali spektakl), kinofilm va multfilm, telekoʻrsatuv va radioeshittirishlarga yozilgan musiqalar ham mavjud. Bolalar va ayni ular uchun kattalar tomonidan ijro etiladigan xalq musiqa ijodiyoti namunalari (qoʻshiq, musiqiy tomosha va oʻyinlar) Bolalar folkloriga kiradi. I. S. Baxning "Anna Magdalena Baxning nota daftari", P. Chaykovskiyning "Bolalar albomi", R. Shumanning "Yoshlar albomi", K. SenSansning "Xayvonlar karnavali" orkestr fantaziyasi, S. Prokofyevning "Petya va boʻri" simfonik ertagi, K. Orfning "Bolalar uchun musiqa" 5 jildli toʻplami (G. Ketman bilan hamkorlikda) Bolalar musiqasi ning yorqin namunalaridir. Oʻzbekistonda Bolalar musiqasi 20-asrning 30- yil larida yuzaga kelgan. Ilyos Akbarov, H. Muhamedova, K. Abdullayevlar birinchi bolalar qoʻshiqlari, V. Uspenskiy, B. Nadejdinlar bolalar uchun ilk fortepiano asarlari yaratgan. Lekin 1950—90- yillardagina Bolalar musiqasi tizim tarzida rivojtopdi. M. Burhonov, A. Muhamedov, F. Qodirov, N. Norxoʻjayev, Ye. Shvars, A. Mansurov va boshqa ommabop qoʻshiqlar, S. Varelas, B. Giyenko, D. Zokirov, G. Mushel, F. Nazarovlar turli janrlarda cholgʻu asarlar. X Azimov, S. Abramova, P. Xoliqov, Gʻ.Qodirov kabi kompozitorlar bolalar musiqa taʼlimiga oid asarlar yozgan. Bolalar uchun opera ("Yoriltosh", S. Boboyev; "Alovuddinning sehrli chirogʻi", S. Varelas; "Malikai ayyor", S. Jalil; "Ali Bobo va qirq qaroqchi", V. Milov; "Xayvonlar sultoni", A. Mansurov va boshqalar) va baletlar ("Oltin kalitcha", B. Zeydman; "Goʻzal Vasilisa", A. Berlin), musiqali komediya ("Dono qiz va ahmoq podsho", D.Zokirov va boshqalar) yaratilgan. Kompozitorlardan T. Toshmatov, N. Norxoʻjayev, M. Bafoyev, A. Ergashev, A. Nabiyev, A. Mansurov va boshqa yosh tomoshabinlar va qoʻgʻirchoq teatrlarida sahnalashtirilgan spektakllarga musiqalar yaratishgan. 1939-yilda Ilyos Akbarovning “Bolalar ashulasi” mualliflik to‘plami, 1940-yilda Boris Nadejdinning “Yosh bolalar uchun qo‘shiqlar”, 1942- yilda Toshkentda bolalarni badiiy tarbiyalash markaziy uyi tashabbusi bilan “Bolalar uchun qo‘shiqlar” to‘plami nashr etildi. Keyinchalik qator to‘plamlarni ham nashr etish yo‘lga qo‘yildi: 1948-yilda Ilyos Akbarov tuzgan “Bolalar ashulasi”, 1950-yilda Boris Nadejdin taxriri asosida “Bolalar qo‘shiqlari”, 1951-yilda G.Goncharova tuzgan “Boshlang‘ich maktabda musiqa” o‘quv qo‘llanmasi, 1954-yilda “Yoshlik qo‘shig‘i” va 1955-yilda Boris Nadejdin tuzgan “Bolalar ashulasi”, 1955-yilda “Kichkintoylar musiqasi’ va 1956-yilda “Quvnoq qo‘shiqlar” tuzuvchi Ilyos Akbarov , 1959-yilda “Biz kuylaymiz” tuzuvchi S.Karsevalar bolalar uchun mo‘ljallangan nota to‘plamlariga mualliflik qildilar. Ushbu to‘plamlarga: T.Sodiqov, M.Ashrafiy, M.Burhonov, K.Abdullayev, D.Zokirov, G‘.Qodirov, B.Giyenko, I.Xamroyev, Il.Akbarov, S.Boboyev, F.Nazarov, A.Muhammedov kabi kompozitorlarning bolalar uchun yozgan qo‘shiqlari kiritildi. O‘zbekistonning eng yetakchi nashriyotlari “G‘.G‘ulom” va “O‘qituvchi” nashriyotlari eng ko‘p sonlarda bolalar va o‘smirlar uchun to‘plamlar nashr eta boshladilar. Karim Abdullayevning ijodiy merosida bolalar uchun qo‘shiqlar alohida o‘rin tutadi. “Biz — O‘zbekiston bolalari”, “Biz yangi hayot quramiz”, “Vatan qo‘shig‘i”, “Archa qo‘shig‘i”, “O‘lkam”, “Qo‘g‘irchog‘im”, “Arg‘amchi-arg‘amchim”, “Oq terakmi, ko‘k terak”, “Mening bog‘cham”, “Mening mashinam”, “Kichik askar”, “Bahor keldi”, “Maktabim” taronalari bolalarning sevimli qo‘shiqlariga aylangan. Mohir bastakor Mardon Nasimovning ham ijodida bolalar qo‘shiqchiligi alohida sahifani egallaydi. Uning “Ahmad bog‘bon”, “Bulbulcham”, “Do‘stlik chamanzori”, “Yosh fizkulturachilar marshi”, “Yosh sayohatchilar qo‘shig‘i” kabi qo‘shiqlarni hozirgi kunga qadar maktab darsliklariga kiritilib kelimoqda. Kompozitor Doni Zokirov turli shoirlarning she’rlariga bolalar uchun “Sayohat’’, “Kungaboqar”, “Oppoq otim”, “Sirdaryo, Sirdaryo”, “Kapalak va handalak”, “Bog‘da pishdi uzumlar”, “Do‘lana”(P.Mo‘min she’rlari), “Bolalar valsi”, “Bahor valsi” (U.Rahmonov she’rlari), “Olma” (R.Bobojonov she’ri), “Badantarbiya” (Y.Hamdam she’ri), “Maktabim” (Y.Mirzo she’ri), “Baxtiyor qo‘shig‘i” (Y.Xamidiy she’ri), “Yangi yil qo‘shigí” va “Beqiyos diyor” (M.Haydar she’rlari) kabi qo‘shiqlar yaratgan. Serqirra kompozitor G‘afur Qodirov ko‘proq kichkintoy bolalarga atab ijod qilgan. Uning “Maktabjon-oftobjon” 4 qismli syuita (T.Ilhomov so‘zi), “Biz yosh o‘quvchilar” 4 qismli kantata (T.Ilhomov so‘zi), “Mirzacho‘l” 4 qismli kantata (T.Ilhomov so‘zi), “Biz kosmosning zarbkorimiz” 4 qismli kantata (H.Muhammad so‘zi), “Oq oltin” 5 qismli syuita (P.Mo‘min so‘zi), “Biz istiqbol egasimiz” 5 qismli syuita (P.Mo‘min so‘zi), “Yosh binokorlar” 4 qismli kantata (T.To‘la so‘zi), “Yosh paxtakorlar” 4 qismli syuita (P.Mo‘min so‘zi), “Vatan qo‘shig‘i” 3 qismli syuita (B.Boyqobilov so‘zi) kabi yirik shakldagi asarlari, “Mergan”, “Terimchi qiz qo‘shig‘i” (Z.Diyor she’rlari), “Bizning qahramon” (Sh.Sa’dulla she’ri), “Vatan kutar”, “Salom Yangi yil”, “Yangi yil qo‘shig‘i” (I.Muslim she’rlari), “Yoshlarmiz”, “Yosh fizkulturachilar marshi”, “A’lochilar-beshchilar”, “Yoshligim”, “Dangasalik-kasallik”, “Ona yurt qoshig‘i” (P.Mo‘min she’rlari), “Bayroq”, “Qushlar”, “Bahor qo‘shig‘i”, “Gunafsha”, “Yoshlar marshi”, “Yangi yil”, “Quvnoqlar qo‘shig‘i”, “Binafsha”, “Bog‘chamiz”, “May”, “Ayiqcha”, “Baxtli avlod”, “Quyonlar” (A.Rahmat she’rlari), “Alla”, “Yangi yerga xat ” (R.Bobojon she’rlari), “Gullola” (Jonrid she’ri), “Baxtimiz” (M.G‘ani she’ri), “Ipak qurti”, “Kapalak” (M.Zaynutdinova she’rlari), “Bahor keldi”, “Bobomlar”, “Mixlar qo‘shig‘i” (Q.Muhammadiy she’rlari), “O‘zbekiston”, “Bog‘imizga marhamat” (H.Muhammad she’rlari), “Yosh mexanizatorman” (Z.Komilov she’ri), “Ona Yurtim” (B.Akbarov she’ri), “Bobom ulug‘ yoshda”, “Ota-onalarga”, “Archa qo‘shig‘i”, “Yuragimning yonida” (E.Rahimov she’rlari), “Orzu”, “O‘qituvchimiz”, “Gul eltamiz”, “Aprel”, “Ona qo‘llari”, “Mirzacho‘l”, “Mirzacho‘lda bir bog‘ bor”, “Baxtiyor g‘oz-g‘oz turdi” (T.Ilhomov she’rlari), “Laylak”, “Bulbulga”, “Guldor kapalak”, “Chegarachi” (Uyg‘un she’rlari), “Yoshligim” (A.Po‘lat she’ri), “Pahlavon”, “Oktyabr qo‘shig‘i” (Y.Shomansur she’rlari), “Suv quydim gulimga” (S.Zunnunova she’ri), “Bog‘cha kutar” (N.Toshpo‘lat she’ri), “Biz ekkan archa” (Q.Hikmat she’ri), “Alisher ismli bolalarga” (B.Isroil she’ri), “Bog‘chamiz”, “Paytaoy”, “Qorbobo”, “Quvnoq bolalar qo‘shig‘i” (H.Qayumov she’rlari) kabi juda ko‘plab bolalar uchun mualliflik qo‘shiqlarini bastalagan. Serqirra ijodkor Fattoh Nazarov ijodiy faoliyatida yuzdan ortiq turli mavzularda qo‘shiqlar yaratdi. Ayniqsa, bolalar uchun yozilgan qo‘shiqlari ustuvordir. “O‘zbekiston” (M.Qoriyev she’ri), “Vatan mehri” (Shonazar she’ri), “Terimchi qiz” (Habibiy she’ri), “Mening qalbim” (H.Rasul she’ri), “Qaydasan” (X.Muhammadjonov she’ri), “Qirg‘iziston” va “Kel, bu oqshom” (Mirtemir she’rlari), “Do‘stlik qo‘shig‘i” (D.Polinin she’ri), “Chilonzor” (Oymirzayev she’ri), “Durdona” (A.Toqomboyev she’ri), “Oy, muhabbat”» (K.Akayev she’ri), “Do‘stlik qo‘shig‘i” va “Qaldirg‘och” (B.Ismoilov she’rlari), “To‘y taronasi” (Haydar she’ri), “Yor-yor” (A.Bo‘riyev she’ri), “Lirik qo‘shiq” va “Bahodir jangchilar” (Kamtar she’rlari), bolalar qo‘shiqlaridan “Kichik paxtakor” (Shonazar so‘zi), “Sayra, bulbul” va “Archa” (Muhammadiy she’rlari), “Qumrixon” (Boboyev she’ri), “Onaginamning allasi” (R.Bobojon she’ri), “Maktabim”, “Yoz” va “Shodlik” (I.Muslim she’rlari), “Ohangaron” (Y.Qurbon she’ri), “Dono bobo”, “Qish chog‘lari”, “Oyijon” va “Oltinko‘l” (P.Mo‘min she’rlari), “Bo‘z to‘rg‘ay” (B.Ismoilov she’ri), “O‘yinchi laylak”, “Kichkintoylar qo‘shig‘i” (I.Muslim she’rlari), “Dadajon” (Z.Obidov she’ri) va boshqa asarlarni bastladi. Bolalar qo‘shiqlari deganda Sharif Ramazonov nomi muhim hisoblanadi. Jumladan “Ozod diyorim”, “Tinchlik uchun”, “Go‘zal Farg‘ona” (A.Bobojonov she’rlari); “Raqqos”, “Oltin ter”, “Toshkent gulshani” (O.Kamtar she’rlari); “Yayrayman” (M.Rahmonov she’ri), “Bir o‘zimga havola” (T.To‘la she’ri), “O‘zbekiston” (A.Isroilov she’ri), “Andijonim” (X.Xo‘jayev she’ri), “Terimchi qizlar taronasi” (A.Po‘lat she’ri), “Qutlayman” (E.Vohidov she’ri), “Raqsga tushing, dugonalar” (B.Isroilov she’ri), “Bulbulcha” bolalar xor jamoasi, “Paxtaoy” bolalar estrada ansambli uchun “A’lochi” (X.Muhammadali she’ri), “Bugun bayram” (B.Isroilov she’ri), “Qo‘zichog‘im”, “Bo‘shashmayman”, “Jiblajibon” (P.Mo‘min she’rlari) va boshqa qo‘shiqlarni yaratdi.
Musiqiy ta’limda jamoa bo‘lib kuylash yuqorida ta’kidlab o‘tilgan maqsad va vazifalarimni amalga oshirishda eng muhim va samarali omillardan biri hisoblanadi. Musiqa janrlari ichida eng “demokratik va ommaviy xususiyatga” ega bo‘lgan tur — bu xor san’atidir. U insonlarning kundalik hayoti bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularni g‘oyaviy-estetik jihatdan tarbiyalaydi. Xor san’ati ommani estetik ruhda tarbiyalash bilan bir qatorda, ularni xalq qo‘shiqlari ijodiyoti durdonalari, klassik vokal-xor asarlar namunalari bilan ham tanishtiradi. Respublikamizdagi ijodiy jarayonning yuksalishi bolalar ijodi sohasida ham o‘z aksini topmoqda. 1997 yildan boshlab o‘tkazilgan “O‘zbekiston vatanim manim” qo‘shiq tanlovida boy va qiziqarli tajribalar orttirilgan. Unda barcha maktab xor jamoalari qatnashib, eng zo‘r ijodiy kuchlarni namoyish etishgan. Jamoalarning ijro dasturi rang-barang bo‘lib, unda Sh.Yormatov, N.Norxodjayev, D.Omonullayeva, X.Xasanova, A.Mansurov va boshqa kompozitorlar asarlarini qamrab olgan. Yangi O‘zbekiston musiqa madaniyati badiiy turlarining xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Bunga hozirda mavjud bo‘lgan milliy mumtoz musiqa an’analari, xalq ijodi , kompozitorlar faoliyati, badiiy havaskorlik shakllari hamda keng rivoj topgan estrada yo‘nalishlari dalolat beradi. O‘zbekiston kompozitorlar ijodida yangi uslublarni mujassam etgan asarlar paydo bo‘lmoqda. Oxirgi paytda bolalar uchun estrada yo‘nalishidagi , pop-musiqa uslubida yaratgan asarlarini ijod etish ham yuz bermoqda. Shermat Yormatovning bolalar xori uchun yaratgan orginal jo‘rli va jo‘rsiz; asarlari , bolalar xori uchun qayta ishlangan va moslashtirgan bir qancha xalq qo‘shiqlari mavjud. Ulardan: “Chittigul” (N.Karimov she’ri), “Bu gulshan soz” (bolalar folklor qo‘shiqlari sosida) kabi vokal- xoreografik syiutalari, “Qor yog’ar” (B.Isroilov she’ri), “Maysa” (R.Tolipov so‘zi), “Yalpiz” (Y.Shomansurov so‘zi), “Qari chumchuq chaqimchi” (A.Obidjon so‘zi) kabi a cappellalari mashhurdir. Muallifning 100dan ortiq bolalar xori va jo‘rnavoz uchun yaratgan asarlari bor. Ular “Oymomojon rom bo‘ldi”, “Qizaloq”, “Go‘zal yurt madhiyasi”, “Islom bobo” “Sog’lom avlod qo‘shig’i”, “Sumalak”, “Bolaparvar qo‘shig’i” va boshqalar. Avaz Mansurov ijodi zamonaviy yozuvning yorqin individual milliy uslub bilan ajralib turadi. “Quyosh bilan suhbat” (G‘.Komilov she’ri), “O‘zbekistonona-onajaon” (A.Ko‘chimov she’ri), “Hur respublikam”, “Muzqaymoq”, “Baxtli bolalik”, (H.Qayumov she’ri) “Dakan xo‘roz”, “Quvnoq bolalar”, “Qo‘shig’im, jon qo‘shig’im ”, “Ming assalom ustozlar”, (P.Mo‘min she’ri), “Xayr maktab”, “Talabalar qo‘shig’i”, “O‘zbekiston go‘zal diyor”, (N.Narzullayev she’ri), N.Narzullayev she’riga “Qo‘riq yer qo‘shig’i” kantatasi (1981), A.Isroilov so‘ziga bolalar xori va orkestr uchun “Simfoniya”(1982), M.Kenjabayev she’riga “Mustaqillikka bag’ishlov” (1992), “Shodiyona” qasidalari(1994): “O’zga sayyoralik ropbot” (H.Qayumov librettosi, 1984), “Hayvonlar sultoni” (B.Isroilov va F.Safarovlar librettosi 1989) olalar operalari va boshqalar shular jumlasidandir. Nadim Norxo‘djayev tomonidan “Munajjim bobom”, “Osmondagi oy”, “Chuchvara qaynaydi”, “Shaftolimga savolim”, “Chorichambar”, “Xumo qushim”, “Hakkalar”, “Kapalak va kamalak”, “Chamandagi gullarmiz”, “Salom qo‘shiq bayrami” va boshqalar; o‘smirlar xori uchun : “Toshkent shahrim”, “Paxtakor qiz”, “Yoshlik”, “Jannatmakon diyor bu” va boshqalar. Nadim Norxo‘djayev ko‘plab qo‘shiqlar muallifi : “Salom quyoshjon”, “G’unchalar”, “O‘zbekiston Vatanim manim” va boshqalar; Dilorom Omonullayeva serqirra ijodining ko‘p qismini bolalarga bag‘ishlangan. Bolalar uchun 100 dan ortiq qo‘shiqlar yaratgan: “Topishmoq aytishuv” (bog‘cha bolalari uchun 2 turkum), “Topishmoq qo‘shiqlari” o‘rta yoshdagi bolalar uchun (P.Mo‘min she’ri 1992), “Alifbo qo‘shiqlari” (P.Mo‘min she’ri). “Etikcham”, “Humo qushim”, “Aziz bo‘ston O‘zbekiston”, “O‘zbek elim – bek elim”, “Diloromning qo‘shi‘i” kabi ko‘plab rang-barang qo‘shiqlari o‘quvchi yoshlar ichida mashhur. Shoirlar M.Mirzo, N.Narzullayev, Yu.Suyunov va boshqalar she’rlariga yozilgan bolalar qo‘shiqlari – “Kichkintoylar musiqasi”, “O‘zbekiston – Vatanim manim” va boshqalar har xil to‘plamlarga kiritilgan. Kompozitor Xurshida xasanova zamonaviy estrada va bolalar qo‘shiqchilik san’atiga e’tibor qaratib 30 dan ortiq turli mavzularda zamondosh shoirlarning so‘zlariga estrada qo‘shiqlari va bolalar uchun qo‘shiqlar yaratdi. Uning: “Chinni gullar”, “Sog’inaman”, “Yetolmayman”, “Kuz gullari”, “Rostini ayting”, “Alangadan nido”, “Sen uchun”, “O‘zbekiston jannat”, “Tabassum qil”, “Sog’inch”, “Turnalar”, “Vatan”, “Kamalak”, “Humo qushi”, “Sog’lom avlod ”, “Lola”, “Majnuntol” kabi bolalar qo‘shiqlari shular jumlasidandir. XX asrning sо‘nggi choragiga kelib kо‘p asrlik qо‘shiqchilik an’analari yangi shakllarda bastakorlik va kompozitorlik ijodiyotida qayta jonlandi, shuningdek, navqiron musiqiy estrada sohasining asosiy janriga ham aylanib ulgurdi. О‘zbek estrada qо‘shiqchiligining poydevori M.Burhonov, I.Akbarov, M.Leviyev, A.Berlin, iste’dodli xonandalar, jumladan B.Zokirov, L.Zokirova, K.Jalilova, R.Sharipova, E.О‘rozboyevalar ijro dasturida о‘zbek kompozitorlari yaratgan qо‘shiqlar о‘rin olgan edi2 . О‘zbek estrada qо‘shiqlari konsertlar, kino va sahnaviy asarlar orqali ommalashdi, bugungi kunda ham estrada xonandalari va guruhlari tomonidan “kaverversiya” 3 uslubida “takrorlanayotgan” о‘sha davr qо‘shiqlari ( “Ra’no”, “Dilbarim” ) aytilmoqda. Keksa avlod kompozitorlari ijodida shakllangan muayyan badiiy tо‘qimalar о‘rta avlod kompozitorlari tomonidan vorisona о‘zlashtirilib, ijodiy davom ettirilmoqda. Bunga jumladan R.Abdullayevning M.Mirzo she’riga bastalangan “Jannat maskanim” qо‘shig‘i misol bо‘lishi mumkin. Bolalar uchun ham estrada uslubida о‘zbek kompozitorlari barakali ijod qilmoqdalar. Ta’kid joizki, bolalar estrada musiqasi sohasida milliy ohanglarni о‘zga badiiy unsurlar bilan hamohang etish masalasi anchagina ijobiy natijalar bermoqda. Bu borada N. Norxо‘jayev, A. Mansurov, D. Omonullayeva, A. Rasulov, M. Otajanov, X. Hasanovalar faol ijodiy mehnat qilmoqdalar. Xususan, N. Norhо‘jayevning “Salom, qо‘shiq bayrami”, “Kapalak va kamalak”, D. Omanullayevaning “Turkiston farzandlarimiz”, “Humo qushim”, M. Otajanovning “Bolalarning kо‘zlari”, “Onajon О‘zbekiston”, X. Hasanovaning “Turnalar”, “Sog‘lom avlod”, G.Qо‘chqarovaning “О‘zim aylanay”, “Bahor” kabi qо‘shiqlarida bolalar folklor ohanglariga xos jihatlar estrada musiqasining ayrim uslublari “pop-folk”, “pop-rok” bilan mohirona uyg‘unlashtirilgan. Bunday uslubdagi qо‘shiqlar minglab о‘zbek bolalari tomonidan sevib tinglanadi va kuylanadi. Misol sifatida N.Norxujayevning «Shaftolimga savolim» qо‘shig‘i e’tiborimizni о‘ziga tortadi. Kompozitor P.Mо‘min she’riga kuy bastalash jarayenida xalqimizning mavsumiy marosim aytim ohanglaridan foydalanagan. Bolalar folklori tarkibida yetib kelgan “Boichechak”, “Chittigul”, “Laylak keldi”, “Chamandagul” ohanglari tashkil etadi. Muhimi muallif bu kabi ohanglarni jaz musiqasining “sving” uslubi bilan hamohang eta olganligidadir. Bu holat nafaqat jо‘rnavozda, balki kuyning ritmik tuzilmasida ham yaqqol kо‘zga tashlanadi. A.Mansurovning “Oq terakmi, kо‘k terak?” qо‘shig‘iga ham xalqimiz mavsumiy marosim о‘yin aytimi asos bо‘lgan, “jaz-rok” uslubi bilan uyg‘unlashtirgan holda qayta ishlangan. Natijada kompozitor ijodaning mahsuli bо‘lgan original qо‘shiq yuzaga kelgan. Bundan farqli о‘laroq A.Mansurovning “Bu chamanzor kimniki” kо‘shig‘ida esa “rep” uslubiga xos badiiy xususiyatlar milliy ohanglar bilan bog‘langan, bugungi kunda minglab tinglovchilar, о‘zbek bolalar va о‘smirlari qalbidan mustaqkam joy olmoqda. A.Mansurovning X.Qayumovning she’riga bastalagan “Oq terakmi, kо‘k terak?” qо‘shig‘i rivojlangan band-naqoratli shaklda namoyon bо‘ladi, bunda ayniqsa jonli va raqsbop ritmik harakatlar muhim о‘rin tutada. Kompozitorning ommaga taqdim etayotgan qо‘shiqlarning barchasini birdek ijobiy baholab bо‘lmaydi. Odatda bu kabi qо‘shiqlar yuksak ma’nodagi chinakam milliylikdan uzoq. О‘zbek estradasi qо‘shiqchiligi janrlariga e’tibor qaratilsa, pop yо‘nalishi bilan birga rok yо‘nalishining ham san’atimiz va madaniyatimizga ta’sir о‘tkazib kelayotganligi kо‘zga tashlanadi. Rok – estrada musiqamizda G‘arbdan kirib kelgan va kirib kelayotgan yо‘nalishlar orasida ikkinchi о‘rinda turadi, deyish mumkin. Aslida Rok (rok) atamasi ingliz tilidan olingan bо‘lib, qimirlash, titrash kabi ma’nolarni anglatadi. Rok 1920-1930 yillarda vujudga kelgan negrlar raqs janri4 . Kompozitorlarning “musiqiy estrada” uslubi asosida yirik asarlarini ijod etish tajribalari yaqin о‘tmishda ham bо‘lgan. A. Mansurov, V Saparov A. Nabiyev, , SAbsalyamov kabi kompozitorlarimiz asarlarini keltirish mumkin. Xususan, S.Absalyamovning sintezator uchun turkum pyessalari, A.Ergashevning qator bolalar sahnaviy asarlariga musiqasi, S.Absalayamovning rok-opera ustida ilk urinishlari, V.Saparovning cholg‘u guruhlar uchun kо‘plab asarlari fikrimiz dalil bо‘lishi mumkin. Bu yо‘nalishda ham estrada unsurlarini milliylik bilan uyg‘unlashtirish masalasi bir qadar ijobiy yechimga kelayotganligini kо‘ramiz. Jumladan, A.Ergashevning bolalar uchun “Balli, uloqcha”, “Sehrli harflar oroli”, “Yarashyarash” kabi sahnaviy asarlarga, shuningdek, “Sharif va Ma’rif”, “Tilla bola” nomli kinofilmlarga yozgan musiqasida estradaning badiiy unsurlarini milliy ohangritmlari bilan mushtarak etishga intilish sezilib turadi. Shuningdek, M.Mahmudov, N.Norxujayev, A.Hasanov, A.Ikromov, Q.Komilov kabi bastakorlarimiz ijodida ham shu kabi e’tiborli holatlarni kuzatamiz. Kompozigorlik janri sifatida mustaqil badiiy ahamiyatga ega musiqiy namunalar yirik asarlarning g‘oyasini ifoda etish, masalan, obrazlar ifodasida uslubiy kontrast yaratish maqsadga muvofiq qо‘llaniladi. Bu kabi ijodiy vazifalar yangi hayotning rang-barang voqeligini turli uslublar qiyofasida ifoda etish bilan bog‘liq yuzaga kelganligidir. Bunga, masalan, A. Latifzodaning kamer orkestr uchun “Amerkalik Toshkentda” regtaymi, E.Soliqovning ikki royal, skripkachilar va violonchelchilar ansambllari hamda simfonik orkestr uchun “Konsert kuyi” kabi asarlari misol bо‘la oladi.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling