O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti «ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi»
Download 0.89 Mb.
|
Ekologik ekspertiza KURS ISHI Bekchanov JAsurbek
1.2.Ekologik ekspertiza turlari
Ekologik ekspertiza faoliyati va munosabatlarida ko‘p turdagi ekologik ekspertiza shakllaridan foydalaniladi. Ular qatoriga quyidagilar kiradi. Davlat ekologik ekspertizasi. Jamoat ekologik ekspertizasi. Ekologik audit. Idoraviy ekologik ekspertiza. Ilmiy ekologik ekspertiza va boshqalar. Davlat ekologik ekspertizasi atrof tabiiy muhit sohasida vakolatli organ tomonidan tayinlanadi. Jamoat ekologik ekspertizasi nodavlat, notijorat tashkilotlari uyushmalari, fuqarolarning tashabbusi bilan amalga oshiriladi. Ekologik audit xo‘jalik va boshqa xil faoliyat ob’ekti mulkdori qaroriga asosan o‘tkaziladi. Idoraviy ekologik ekspertiza tegishli idoralarning buyrug‘iga muvofiq o‘tkazilishi mumkin va u tegishli idoraviy struktura ichida amal qiladi. Ilmiy ekologik ekspertiza ilmiy tashkilotlar yoki oliy o‘quv yurtlari tashabbusi bilan o‘tkaziladi va uning xulosasi axbarot harakteriga ega bo‘ladi. Davlat ekologik ekspertizasini tashkil etish va o‘tkazish O‘zbekistonning atrof tabiiy muhiti va tabiiy resurslarini muhofaza qilishni davlat yo‘li bilan tartibga solishning asosiy vositalaridan biridir. U xo‘jalik qarori qabul qilinishidan oldin o‘tkazilishi shart bo‘lgan atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish tadbiri bo‘lib, uning asosiy maqsadi atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan ratsional foydalanish sohasida ogohlantiruvchi nazoratni amalga oishirishdan iboratdir. Davlat ekologik ekspertizasi mo‘ljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik faoliyati yoki boshqa faoliyatning ekologik jihatdan xavflilik darajasini aniqlash, ularning tabiatni muhofaza qilish qonunlarining talablariga muvofiqligini baholash, loyihalarida nazarda tutilayotgan tabiatni muhofaza qilish tadbirlarining yetarli yoki asosli ekanligini aniqlash maqsadlarida o‘tkaziladi. Ishlab chiqarish-xo‘jalik va boshqa faoliyatning davlat ekologik ekspertizasi davlatning u yoki boshqa faoliyatini ro‘yobga chiqarishga, ob’ektlarni hududiy joylashtirishga ruhsat va rozilik berishi hisoblanadi. Davlat ekologik ekspertizasining ob’ekti O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq tayyorlangan xujjatlar va xujjatlashtirish ishlari hisoblanadi. Ushbu talablar bajarilmagan taqdirda xujjatlashtirish ishlari, qoida tariqasida, ekologik ekspertizaga qabul qilinmaydi. O‘zbekiston Respublikasining «Ekologik ekspertiza to‘g‘risida» qonuniga muvofiq quyidagi ob’ektlarni ekologik ekspertizadan o‘tkazish majburiydir (11-modda): davlat dasturining, konsepsiyalarining, ishlab chiqarish kuchlarini, iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sxemalarining loyihalari; barcha turdagi qurilishlar uchun yer uchastkalarini ajratish materiallari; loyihaoldi va loyiha xujjatlari; tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‘liq xo‘jalik va boshqa xil faoliyatni tartibga soluvchi normativ-texnik va yo‘riqnoma uslubiy xujjatlarning loyihalari; texnika texnologiya, materiallar, moddalar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir xujjatlar; atrof tabiiy muhit holatiga va fuqarolar sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ishlab turgan korxonalar va boshqa ob’ektlar; keyinchalik ularga alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, favqulodda ekologik vaziyat va ekologik ofat zonalari maqomini berish maqsadida o‘tkazilgan hududlarni kompleks tekshirish materiallari; shaharsozlik xujjatlarining barcha turlari; maxsus huquqiy rejimli ob’ektlar. Davlat ekologik ekspertizasining asosiy yo‘nalishlarini quyidagicha klassifikatsiyalash mumkin: O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarish kuchlari xalq xo‘jaligi tarmoqlarining rivojlanish va joylashishining loyiha oldi materiallarining ekspertizasi. Masalan shaharlarning planirovkasi va imorat qurilishi bo‘yicha loyihalari ekspertizasida suvni tozalash, atmosferani muhofazalash va boshqalar bo‘yicha normativ talablarga amal qilishga erishish kerak. Respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi maqsadi dasturlarining loyiha oldi materiallarining, shuningdek yer, suv, biologik resurslar, foydali qazilmalardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sxemalarining ekspertizasi. Masalan, aholi yashash manzillari planirovkasi va imorat qurilishida aholi yashash joylari shunday joylashishi kerakki, unda zararli omillarning aholi salomatligi va sanitariya-ma’ishiy sharoitlarga ta’siri maksimal darajada kamayishi kerak. Ekologik ahamiyatga ega bo‘lgan ob’ektlar yoki tabiatdan foydalanishga ta’sir ko‘rsatadigan ob’ektlar. Aholining ekologik xavfsizligi talablariga javob bermaydigan yangi texnika, materiallar, moddalarni qonun talablariga ko‘ra ishlab chiqarishga ruhsat berilmaydi. Shunga ko‘ra sanoat maxsulotlari, mashinalar tabiat muhofazasi normalari va qoidalari talablariga mos kelishini aniqlash uchun ekspertizadan o‘tkaziladi. Davlat ekologik ekspertizasini O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tuzilgan ekspertlar guruhi yoki komissiyasi o‘tkazadi. Davlat ekologik ekspertizasi natijalari bo‘yicha ekspertiza xulosasi tuziladi. Davlat ekologik ekspertizasi xulosasi rasmiy davlat xujjati bo‘lib, unda davlat ekologik ekspertizasi ob’ektini ro‘yobga chiqarish mumkinligi yoki mumkin emasligi to‘g‘risidagi xulosalar bayon qilinadi. Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi quyidagilarni tasdiqlovchi xujjat hisoblanadi: asoslovchi xujjatlarni tayyorlashda ekologik talablarga amal qilinishi; ro‘yobga chiqariladigan ob’ektning ekologik sharoitlari kafolatlanganligini; ro‘yobga chiqariladigan ob’ektni moliyalashtirish imkoniyatining ochilganligini bildiradi. Davlat ekologik ekspertizassining davlat ekologik ekspertizasi ob’ektini ro‘yobga chiqarish mumkin emasligi to‘g‘risidagi xulosasi bo‘lgan taqdirda, xulosada ko‘rsatilgan taklifga ko‘ra loyiha maromiga yetkazilishini ta’minlash hamda materiallarni davlat ekologik ekspertizasi uchun qayta taqdim etish lozim. Davlat ekologik ekspertizasining xulosasi davlat ekologik ekspertizasi ob’ektini moliyalash va ro‘yobga chiqarishda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ijro etilishi majburiydir. Jamoat ekologik ekspertizasi va ekologik audit Jamoat ekologik ekspertizasi jamoat tashkilotlari (uyushmalari), fuqarolar, shuningdek maxalliy boshqaruv organlari (maxallalar) tashabbusi bilan tashkil etiladi va o’tkaziladi. U ekologik asoslanish talab qilinadigan har qanday faoliyat sohasida nodavlat, notijorat tashkilotlarining va fuqarolarning ishtirokida o’tkaziladi. Qonunga binoan ekologik ekspertizani amalga oshirishga to’sqinlik qilish taqiqlanadi. Jamoat ekologik ekspertizasi qonun bilan muhofaza qilinadigan davlat, kommersiya (tijorat) sirlari bo’lmagan ma’lumotlarga ega bo’lgan ob’ektlar uchun o’tkazilishi mumkin. Bu ekspertiza davlat ekologik ekspertizasi o’tkazilishidan qathiy nazar, ungacha, u bilan bir vaqtda yoki undan keyin amalga oshirilishi mumkin. Jamoat tashkilotlari(uyushmalari) qonun xujjatlariga muvofiq quyidagi xuquqlarga ega: ekologik ekspertiza uchun zarur bo’lgan xujjatlarni buyurtmachidan olishga; jamoat ekologik ekspertizasi xulosalari davlat ekologik ekspertizasi komissiyalarining majlislarida muhokama qilinayotganda o’z vakillari bilan kuzatuvchi sifatida qatnashishga. Jamoat ekologik ekspertizasi uni o’tkazish to’g’risida jamoat tashkilotlarining (uyushmalarining) arizasi davlat ro’yhatidan o’tkazilgan taqdirda amalga oshiriladi. Jamoat ekologik ekspertizasining xulosasi tavsiya xususiyatiga ega bo’ladi. Bu xulosalar ommaviy axborat vositalaridan ehlon qilinishi va manfaatdor tomonlar va shaxslarga berilishi mumkin. Xozirgi vaqtda qabul qilingan protseduraga muvofiq ekologik auditni bajarilishi shart bo’lgan va tashabbusli kabi turlarga bo’lish mumkin. Bajarilishi shart bo’lgan ekoauditga quyidagilar kiradi: atrof tabiiy muhit soxasida xalqaro majburiyatlarni amalga oshirishda foydalaniladigan ekoaudit; davlat organlarining topshirig’iga muvofiq, shu jumladan korxonalarning ekologik sanatsiyasini asoslash uchun o’tkaziladigan ekoaudit. davlat korxonalarini xususiylashtirishda ekologik omilni xisobga olish uchun o’tkaziladigan ekoaudit; iqtisodiy sub’ektlarning bankrotligi protsedurasini amalga oshirishda o’tkaziladigan ekoaudit; majburiy ekologik sug’urtalashni amalga oshirishda o’tkaziladigan ekoaudit; investitsiyalash sharoitlarida ko’zda tutilgan investitsiya loyixalari va dasturlari tayyorlash va asoslashda o’tkaziladigan ekoaudit. Bu turdagi ekoaudit davlat ekologik ekspertizasi qiroriga binoan, shuningdek, atrof muhitga ta’sirni baholash protsedurasi jarayonida amalga oshirilishi mumkin. O’z navbatida, tashabbusli ekoaudit iqtisodiy sub’ekt rahbarlari yoki boshqa qaror qabul qiluvchi shaxslar qaroriga muvofiq o’tkaziladi. Boshqa tomondan ekologik auditni ichki va tashqi turlarga bo’lish mumkin. Ichki ekoaudit ixtiyoriy xarakterda bo’ladi va korxonaning o’z tashabbusiga ko’ra o’tkaziladi. Tashqi audit esa, qoida tariqasida, majburiy asosda o’tkaziladi. Ekologik auditni o’tkazishning asosiy printsiplari quyidagilar: auditning xolisligi va ob’ektligi; professionallik va kompetentlik; auditni o’tkazishda olingan axborotlarning konfidentsialligi (maxfiyligi); auditning auditor hisobati va auditor xulosasi uchun javobgarligi; ekologik audit dasturini rahbariyat yoki auditlashtirilayotgan ob’ekt egasining qo’llab quvvatlanishi; aniqlangan kamchiliklarni albatta bartaraf etish choralarini ko’rish. Ekologik auditning asosiy vazifalariga xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda quyidagilarni kiritish mumkin: tabiatdan foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati to’g’risida ishonchli axborotlarni olish, ekologik toza texnologiya va mahsulotning ekologik markirovkasini joriy etish hisobiga jahon bozoridan ularning raqobatbardoshligini oshirish; xo’jalik faoliyati sub’ektlari, sug’urta va moliya-kredit tashkilotlarining moliyaviy xavf xatarini kamaytirish; tabiatdan foydalanishni tartibga solishning asosiy yo’nalishlari instrumentini barpo etish; atrof muhit sohasidagi faoliyatni boshqa faoliyat tirnoqlari bilan integratsiyalash «ekologik» xisobchilikni yuritish; xamma tan olgan xalqaro printsiplar, metod va protseduralarni amaliyotda hisobga olish va qo’llash; ekologik buxgalteriya xisobi va audit bo’yicha bilimdon mutaxassislarni tayyorlash va tajribali mutaxassislarni jalb etish. O’zbekistonda ekologik auditga talab oshib borayotganligi sababli uni keng miqyosda rivojlantirish tadbirlarini kompleks amalga oshirish lozim.. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling