Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti
Download 462.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- KAFEDRASI 405-BT va STI guruhi talabasi Amanboyeva Mohira Murat qizi
- Mavzu: “Boshlangʻich sinf oʻqish darslarini tashkil qilish va oʻtkazish metodikasi (1-sinf misolida)” Ilmiy rahbar
- Xulosa……………………………………………………………………. 61 Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………….. 63
- Tadqiqot obyekti
- Tadqiqotning metodologik asosi.
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
- 1.1.1-sinf “Oʻqish va nutq oʻstirish” dasturi va undagi oʻquvchilar oʻzlashtirishi zarur boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalar
1
TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI PEDAGOGIKA FAKULTETI “BOSHLANGʻICH TA’LIM NAZARIYASI VA METODIKASI” KAFEDRASI 405-BT va STI guruhi talabasi Amanboyeva Mohira Murat qizi 5111700- Boshlangʻich ta’lim va sport tarbiyaviy ish ta’lim yoʻnalishi boʻyicha
metodikasi (1-sinf misolida)” Ilmiy rahbar: f.f.n. A.Atajonova Urganch- 2015-yil 2
MUNDARIJA Kirish……………………………………………………………………. 3 I bob 1-sinf “Oʻqish va nutq oʻstirish” dasturining mazmun -mundarijasi va 1-sinf oʻquvchilari oʻzlashtirishi zarur boʻlgan koʻnikma va malakalar 1.1.1-sinf “Oʻqish va nutq oʻstirish” dasturi va undagi oʻquvchilar oʻzlashtirishi zarur boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalar……………… 7 1.2.1-sinf oʻqish darslarining maqsad-vazifalari va “Oʻqish kitobi” darsligining mundarijasi………………………………………………………… 14
1-sinf oʻqish darslarini pedagogik texnologiyalar asosida loyihalashtirish va ularni tashkil qilish yoʻllari. 2.1.
1-sinf oʻqish
darslarini pedagogik texnologiyalar asosida
loyihalash………………………………………………………………………. 19 2.2. 1-sinf oʻqish darslarini tashkil qilish va oʻtkazish yoʻllari………… 26 2.3. Umumlashtiruvchi darslar va ularni ilgʻor pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilish orqali dars samaradorligini oshirish……………………. 47 Xulosa……………………………………………………………………. 61 Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………….. 63 3
Mavzuning dolzarbligi va oʻrganilishi. Mustaqil Oʻzbekistonda ma’naviy barkamol va sogʻlom avlodni voyaga yetkazish, ularning oʻz ijodiy va intellektual salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun barcha imkoniyatlat mavjud. Bu borada yurtimizda juda katta ishlar amalga oshirilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasida qabul qilingan “Ta’lim toʻgʻrisida”gi va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da belgilab berilgan vazifalar asosida ta’lim- tarbiya ishlarida juda katta ishlar amalga oshirildi va oshrilmoqda. “Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi ta’lim sohasida olib boriladigan ishlarning mazmuni va istiqbolini belgilab berdi. 1 Bular asosida Davlat ta’lim standarti, dasturlar va darsliklarning yangi avlodlari yaratildi. Ta’limda rivojlangan davlatlar tajribalaridan foydalanilmoqda. Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, tobora kuchayib borayotgan raqobat asrida faqat chuqur islohotlar va modernizatsiya yoʻlidan tinimsiz va qat’iyat bilan rivojlanib borish natijasida oʻz oldimizga qoʻygan istiqbolli maqsadlarga – taraqqiy topgan, farovon yashayotgan demoʻratik davlatlar qatoriga kirish, xalqimiz uchun munosib hayot darajasini ta’minlashga erisha olamiz. 2
Uzluksiz ta’limning asosiy boʻgʻinlaridan biri boshlangʻich ta’lim “Ta’lim toʻgʻrisida” gi qonunni hayotga tadbiq etishda muhim bosqich hisoblanadi. Boshlangʻich ta’limda ona tili ta’lim sohasi bolalarning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirishi, erkin fikrlay olish, oʻzgalar fikrini anglash, oʻz fiklarini ogʻzaki va yozma ravishda ravon bayon qila olish, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda boʻla olish koʻnikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu oʻrinda ona tili ta’limiga oʻquv fani emas, balki, butun ta’lim tizimini
1 O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni // Barkamol avlod- O`zbekiston taraqqiyotining poydevori.- Toshkent: “Sharq” nashriyot- matbaa konsernining Bosh tahririyati, 1998; O`zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” // Barkamol avlod- O`zbekiston taraqqiyotining poydevori.- Toshkent: “Sharq” nashriyot- matbaa konsernining Bosh tahririyati, 1998.
2
Karimov I.A. Mamlakatni modernizatsiya qilish yo’lini izchil davom ettirish – taraqqiyotimizning muhim omilidir.- Toshkent, 2010. 4-bet.
4
uyushtiruvchi ta'lim jarayoni sifatida qaraladi. 3
Ona tili ta’limi boshlangʻich sinflarda ona tili va oʻqish darslarini oʻz ichiga oladi. Boshlangʻich sinf oʻqish darslarida oʻquvchilar tabiat, jamiyat, unda yashovchi kishilar hayoti haqida, ularning oʻtmishi, hozirgi yashash hayoti hamda mashhur kishilar toʻgʻrisida bilib oladilar. Ularga tabiat, ob-havo, boyliklar, hayvonot dunyosi va boshqalar haqida bilimlar beriladi. Bilim olish jarayonida munosabat uygʻotiladi. Bilim berish bilan oʻquvchi shaxsi ham tarbiyalanib boriladi. Sinfda oʻqish darslariga ta'lim-tarbiya vazifalari kompleks ravishda hal qilinadi. Shuningdek, oʻquvchlarning ijobiy sifatlari shakllanadi, ular aqliy va estetik jihatdan kamol topadilar. Mustaqil ravishda bilim olish asoslarini egallaydilar. Har qanday jamiyatning kelajagi albatta yoshlar qoʻlida. Shunday ekan, yosh avlodga boshlangʻich sinflardnoq toʻgʻri ta’lim-tarbiya berish masalasi hamisha dolzarb masala boʻlib qolaveradi. Bugungi globallashuv davrida boshlangʻich ta’limdagi darslarni zamon talabalaridan kelib chiqqan holda tashkil etish, ularni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida loyihalashtirish metodikaning muhim vazifalaridan sanaladi. Bu borada ona tili oʻqitish metodikasida koʻplab fikrlar aytilgan, tadqiqotlar olib borilgan va borilmoqda. Xususan, darslik va metodik qoʻllanmalarda, shuningdek, oʻqituvchi metodik qoʻllanmalarida har bir sinf oʻqish darslarini tashkil qilish yoʻllari belgilangan. Masalan, 1-sinflar uchun oʻqituvchi metodik qoʻllanmasi 2005-yilda, qayta ishlangan ikkinchi nashri 2011-yilda nashr qilingan. 4
Birinchi nashr haqida M.Xalilov, Z.Isaqov va F.Husainovalarning “1-sinfda oʻqish darslari” maqolasi chop qilinib, unda metodik qoʻllanmaning yutuq va kamchiliklari tahlil qilib berilgan. 5
3 Uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standarti va o`quv dasturi.- Toshkent, 2010, 12-bet.
4 G`affaorova T., G`ulomova X.o`qish darslari.1-sinf .O`qituvchilar uchun metodik qo`llanma.- Toshkent: “Tafakkur”, 2011. 5 Xalilov M.,.Isaqov Z., Husainova F. 1-sinfda o`qish darslari// Boshlang`ich ta’lim, 2005, 1-son, 10-11-betlar.
5
Jamiyat taraqqiy etgani sari ta’lim oldidagi vazifalar ham oʻzgarib boraveradi. Shunday ekan, bugungi kun talabalaridan kelib chiqqan holda 1-sinf oʻqish darslarini samarali tashkil qilish dolzarb masala boʻlib qolaveradi. Shu nuqtai nazardan mazkur bitiruv malakaviy ish mavzusi dolzarbligi bilan ajralib turadi. Tadqiqot maqsadi. 1-sinf oʻqish darslari mazmun-mohiyatini ochib berish, ularni pedagogik texnologiyalar asosida loyihalash va tashkil qilish yoʻllari tadqiq qilishdir.
qilish. Tadqiqot predmeti: 1-sinfda oʻqish darslarini tashkil qilish yoʻllari.
- 1-sinf “Oʻqish va nutq oʻstirish” dasturi mazmun-mohiyatini yoritish; -
1-sinf oʻquvchilarining bilim, koʻnikma va malakalariga qoʻyiladigan dastur talablarini koʻrsatish; -
- 1-sinf oʻqish darslarini loyihalash va ularni tashkil qilish yoʻllarini belgilash; - 1-sinf oʻqish darslarini ilgʻor pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilish orqali dars samaradorligini oshirish omillarini tahlil qilish. Tadqiqot metodlari. analiz va sintez, taqqoslash va umumlashtirish, pedagogik kuzatish va mavzuga doir mavjud adabiyotlarni tahlil qilish. Tadqiqotning metodologik asosi. Oʻzbekiston Respublikasida qabul qilingan “Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, “Boshlangʻich ta’lim konsepsiyasi”, “Boshlangʻich ta’lim DTS va oʻquv dasturi”, shuningdek, ta’lim-tarbiya sohasida qabul qilingan qaror va farmonlar, I.A.Karimovning asarlari hamda ta’lim-tarbiyaga oid fikrlari, mavzuga doir ilmiy-metodik adabiyotlar. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
6
- 1-sinf oʻqish darslarining oʻziga xos xususiyatlari koʻrsatib berildi; -
-
1-sinf oʻqish darslarini samarali tashkil qilish va oʻtkazish yoʻllari belgilandi; -
1-sinf oʻqish darslarini ilgʻor pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilish orqali dars samaradorligini oshirish omillari koʻrsatildi. Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati. 1-sinf oʻqish darslarining maqsad va vazifalari, uni tashkil etish va oʻqitish texnologiyasi oʻrganib chiqildi. 1-sinf oʻqish darslarining ishlanmalari ishlab chiqildi. Tadqiqot natijalaridan boshlangʻich sinf oʻqituvchilari, va pedagogika oliy oʻquv yurtlarining boshlangʻich ta’lim yoʻnalishi talabalari foydalanishi mumkin.
foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat. Uning hajmi 65 sahifani tashkil qiladi.
7
1-sinf “Oʻqish va nutq oʻstirish” dasturining mazmun -mundarijasi va 1-sinf oʻquvchilari oʻzlashtirishi zarur boʻlgan koʻnikma va malakalar 1.1.1-sinf “Oʻqish va nutq oʻstirish” dasturi va undagi oʻquvchilar oʻzlashtirishi zarur boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalar Boshlangʻich sinflarda oʻquvchining kelajakdagi taraqiyotini belgilab beruvchi ruhiy, ta’limiy asoslar qoʻyiladi. Bu koʻp jihatdan 1-sinf oʻqish darslarining maqsad-vazifalari bilan ham bogʻliq boʻladi. Hozirda ta’lim va tarbiyaning yangicha mazmuni: oʻquvchilarning yanada ongini oshirish; oʻquv- tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish; oʻqitish metodlarini hozirgi kun talablari darajasiga koʻtarish; bolalarning bilim qobiliyatlarini yuqori darajada rivojlantirish; berilgan bilim va koʻnikmalarning ongli, puxta oʻzlashtirilishiga erishish; oʻquvchilarning mustaqil aqliy mehnat koʻnikmalarini oʻstira borish kabi vazifalarni koʻzda tutadi. Boshlangʻich sinf oʻquvchilariga ta’lim-tarbiya berishdagi muhim vazifalarning asosiy qismi oʻqish mashgʻulotlari orqali amalga oshiriladi. Oʻqish va nutq oʻstirish darslari jarayonida DTS belgilagan mavzular asosida oʻquvchilarga muayyan bilim
beriladi. Oʻqish
koʻnikmalarini takomillashtira borish bilan bir qatorda oʻquvchilarni barkamol yetuk inson ruhida tarbiyalash vazifasi ham diqqat markazda boʻladi. Boshlangʻich ta’limda oʻqish va nutq oʻstirish dasturining maqsad va vazifalariga koʻra oʻqish mashgʻulotlari orqali oʻquvchilar toʻgʻri, ongli, ravon, tez va ifodali oʻqishga oʻrgatiladi. Bolalar bu jarayonda kitob bilan ishlash koʻnikmasiga ega boʻla boradilar va ularga kitobga muhabbat tuygʻusi uygʻotiladi. Oʻquvchilar ongida tevarak-atrofdagi narsa va hodisalar haqidagi tasavvur va tushunchalarini toʻgʻri shakllantirish uchun ularning yoshi va bilim saviyasi hisobga olinishi talab etiladi. Oʻqish inson hayotida muhim ahamiyatga ega. Oʻqishni bilmagan odamning koʻzi ojiz kishidan farqi yoʻq. Oʻqish faoliyati boshlangʻich sinflarda barcha fanlarda amalga oshiriladi, lekin oʻqishga oʻrgatish oʻqish darslarining asosiy
8
vazifasidir. Kichik yoshdagi oʻquvchini oʻqishga oʻrgatishda ularning umumiy rivojlanishini, psixologiyasini hisobga olish zarur. Oʻquv materialining hajmini oshirib yuborish, tinmay bir maromdagi oʻqishni tashkil etish bolani oʻqish mashgʻulotidan bezdiradi. Oʻquvchilarni qiziqarli topshiriqlar, didaktik oʻyinlar asosida oʻqitish oʻqishga oʻyin tusini beradi. Bola oʻynab charchamagandek, oʻqib charchaganini sezmaydi. 1-sinfda oʻqish darslari bir qancha vazifalarni bajaradi. Xususan, u bola oʻqish texnikasini egallashi uchun, avvalo, uning savodxonlik darajasini oshirish, ogʻzaki va yozma nutqini rivojlantirish, toʻgʻri talaffuz etishni oʻrgatish lozim boʻladi. Dastlab tanish, keyin notanish matn ifodali oʻqitilib, oʻquvchidagi koʻnikma, malaka aniqlanadi. Bunda miqdoriy koʻrsatkich – oʻqish tezligi, ravon oʻqiy olish, bir daqiqada nechta soʻz oʻqiy olishi belgilanadi. Bola matn mazmunini toʻliq uqib olishi, shuningdek, oʻzgalar nutqini eshitib, tushunib olishi maqsad qilinadi. Oʻquvchining 10 daqiqada 4-5 sahifali matnni oʻqib, qayta soʻzlab bera olishi, oʻzgalar fikrini anglab, uni ogʻzaki bayon qila olish darajasi aniqlanadi. Mazkur standart mezonlarining oʻzaro uzviy bogʻliqligi (integratsiyasi), oʻqish, ona tili ta’limida belgilangan vazifalarning amalga oshishida asosiy omil hisoblanadi. Boshlangʻich ta’limda adabiyot ta’limi tarkibidagi oʻqish mazmunining negizi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
allomalar, tarixiy shaxslar, xalq qahramonlari, tengdoshlari hayoti, ilm- fan, ma’rifat, madaniyat, mavsumiy oʻzgarishlar;
aytish, she’r, latifa, lof;
kitob bilan ishlash;
soʻzlarni toʻgʻri talaffuz qilish; boʻgʻinlab oʻqishdan ongli, sidirgʻasiga 9
(tekis), tez, toʻgʻri, ravon va ifodali oʻqishga erishish;
oʻzbek va xorijiy bolalar yozuvchilari asarlarini oʻqish;
yozuvchilarning ismi-sharifi, asarlarining nomlari haqida toʻlaroq tushuncha hosil qilish;
badiiy asarlarni sharhli, ifodali oʻqish;
asar mazmuni va voqealari oʻrtasidagi bogʻlanishni, qahramonlarning fe’l-atvorini aniqlash, qiyosiy tavsiflash;
tarzda izchil ifodalash;
soʻz boyligini oshira borish va nutqida faol qoʻllash;
oʻqigan asarlari yuzasidan mustaqil reja tuzish;
badiiy asarlarni estetik tahlil qilish;
oʻqigan asarlari yuzasidan savol-topshiriqlar tuzish;
nasriy asar mazmunini toʻliq, qisqartirib, shaxsini oʻzgartirib hikoyalash;
1-sinf oʻquvchining DTS boʻyicha oʻzlashtirishi zarur boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalar quyidagilardan iborat boʻladi. Bilim:
hikoya, she’r, ertak, topishmoq, maqol, tez aytish janrlari;
badiiy asar mazmunini bilish;
asardagi eng qiziqarli lavhalarni bilish Koʻnikma:
matndagi soʻzlarning ma’nolarini izohlay olish;
matn mazmunini koʻrgazmalar vositasida toʻliq qayta hikoyalay bilish;
tayyor reja asosida asarni toʻliq qayta hikoyalay olish;
asar qahramonlarining (salbiy va ijobiy) xatti-harakatlarini aniqlash va baholay olish. 10
Malaka:
soʻz tarkibida tovushlarni toʻgʻri talaffuz qilish;
soʻzlarni boʻgʻinlab, soʻng sidirgʻa (tekis) oʻqish;
hikoya, she’r, ertak, topishmoq, maqol, rivoyat, tez aytish janrlaridagi asarlarni ifodali oʻqish;
bir daqiqada 25-30 soʻzni oʻqish;
oʻqigan asari yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirish;
oʻqilgan asar asosida rasm chizish;
oʻquv yili yakunida 5 ta she’rni yoddan aytib berish. (10. 24.) Bu bilim, koʻnikma va malakalarni egallash koʻp jihatdan 1-sinf oʻqish darslarini toʻgʻri tashkil qilishga ham bogʻliqdir. Oʻquvchilar oʻqish darslarida oʻqilgan asar mazmunini toʻgʻri idroʻ etishlari, bilimlarni mukammal egallashlari, hayot haqida ma’lum tasavvurga ega boʻlishlari zarur. 1-sinf oʻquv dasturiga koʻra “Oʻqish va nutq oʻstirish” uchun 68 soat ajratilgan. Oʻqish mavzusi : 1.
“Oʻzbekiston -Vatanim manim” boʻlimida bolalarga barcha quvonch- shodliklar baxsh etuvchi ona maskanimiz - Oʻzbekiston ekani haqida dastlabki tushunchalar beriladi. Tanlangan asarlar oʻquvchilarda ona Vatan-oldidagi burchi va mas’uliyatni anglashlarini ta’minlaydi, Vatanga muhabbat hissini tarbiyalaydi. Oʻquvchilarning sinfda va mustaqil oʻqishlari lozim boʻlgan asarlar: 1.
Vatan - bu... 2. Buyiiklar vatani. 3. Oʻzbekiston askarlari. 4. Ota rozi - Vatan rozi. 5. Suv - shifo. 6. Qish. 7. Oy allasi. 8. Charxpalak. 2.
“Biz — buyuklar avlodi” boʻlimida xalqimiz orasidan chiqqan ulugʻ
allomalar hayotiga bagʻishlangan asarlar misolida milliy qadriyatlarimiz yuzasidan tushuncha bcriladi. Oʻquvchilar xotirasiz kelajakning boʻlmasligi haqida elementar tasavvurga ega boladilar. 11
Oʻquvchilaming sinfda va mustaqil oʻqishlari lozim boʻlgan asarlar: 1.
Amir Temur. 2. Rivoyat. 3.Gʻazal mulkining sultoni. 4.Alisherning yoshligi. 5.Non isi. 6.Abu Ali Ibn Sino. 7.Kitobga mehr. 8.Buyuk munajjim.9.UIugʻbek bobom. 10.Shoh va slioir. 11 .Ona sabogʻi. 3.
“Koʻklam - yashnaydi olam” boʻlimida fasllar kelinchagi, yashash- yasharish faslining oʻziga xos xususiyatlari, inson liayoti va uning tabiatga ta’siri haqida hikoya qilingan asarlar о`rin olgan. Oʻquvcliilarning sinfda va mustaqil oʻqishlari lozim boʻlgan asarlar: l. Bailor. 2.Lola. З.Оnа allasi. 4.Mehribon oyijonim. 5.Bekinmachoq. 6.Qushcha. 7. Quyoshdan erta turib. 8.Navroʻz bayrami. 9.Navroʻz. 4.
“Ilm - aql chirogʻi” boʻlimiga kiritilgan badiiy asarlarni oʻqish bolalarga kitobning inson hayotidagi ahamiyati, ilm olish aqliy tafakkur, ma’naviy kamolot taraqqiyotiga ta’sir qilishi haqida tasavvur hosil qilishlariga yordam beradi. Oʻquvchilarning sinfda va mustaqil oʻqishlari lozim boʻlgan asarlar: 1. Maktab — oftob qoʻshigʻi. 2. Kitobni asrang. 3.Kitob - mening doʻstimsan. 1.
2.
Xalq oʻgiti — baxt kaliti (9 soat) “Xalq oʻgiti - baxt kaliti” boʻlimiga bolalar qalbiga ona allasi bilan kirib kelgan ogʻzaki ijod namunalari kiritilgan boʻlib, ezgulik, toʻgʻri soʻzlik, sofdillik, nafosat, doʻstlik, oʻrtoqlik, ahillik haqida tasavvur hosil qiladi. Oʻquvchilaming sinfda va mustaqil oʻqishlari lozim boʻlgan asarlar: I. Sher va sichqon. 2. Maymun va duradgor. 3. Rostgoʻy bola. 4.Laylak kcldi - yoz boʻldi. 5.Latitalar. Download 462.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling