O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus talim vazirligi urganch Davlat universiteti “Psixologiya kafedrasi
Download 1.04 Mb.
|
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta lim vazirligi u
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars tipi
- Tayanch tushunchalar
- . Idrokning murakkabligi
10-seminar mashguloti
Mavzu: Gibsonning idrok nazariyasi.Xebning idrok nazariyasi.Piajening idrok nazariyasi Maqsad: Mavzu boyicha olingan bilimlarni mustahkamlash, talabalarda mavzuga oid amaliy ko`nikma va malakalarni shakllantirish. Dars tipi: Mustahkamlash tipidagi dars. Dars metodi: Tezkor savol-javob, BBB, suhbat Dars jihozi: Ko`rgazmali qurollar, vatman qogoz, marker. Reja: Idrok haqida tushuncha. Idrokning nerv-fiziologik asoslari, xususiyatlari va qonuniyatlari. Idrokda obekt va fon, appersepsiya, idrokning konstantligi. Idrokda illyuziya va gallyutsinatsiya. Vaqt, harakat va fazoni idrok qilish. Idrokning psixologik asosi haqida qisqacha xulosa. Amaliy tavsiyalar. Tayanch tushunchalar- Idrok ,Idrok obrazlarining predmetli, Idrokning yaxlitligi va strukturaliligi. Idrokning konstantligi. Idrok turlari. Ranglarni idrok qilish. Fazoni va harakatni idrok qilish. Vaqtni idrok qilish. Illyuziya va gallyutsinatsiya. 1. Idrok togrisida umumiy tushuncha 1. Idrok togrisida umumiy tushuncha Biz narsa va hodisalarning ayrim sifat va xossalarini sezgilar orqali ongimizda aks ettiramiz. Shuningdek, hamisha narsalarning ayrim xossalarini aks ettiruvchi birtalay sezgilarimiz boladi. Bu sezgilar asosida atrofimizdagi narsa va hodisalarni idrok qilamiz.Idrok deb, narsa va hodisalarni bizning sezgi azolarimizga tasir etishi natijasida ularni yaxlitligicha ongimizda aks etishidan iborat bilish psixik jarayoniga aytiladi. Biz bir narsani idrok qilayotganimizda uning ayrim xossalarini ham sezamiz.Biror narsaning ozini idrok qilmasdan hosil boladigan sezgilar yangi tugilgan chaqaloq hayotining dastlabki kunlaridagina mavjud bolsa kerak; chaqaloq narsaning ozini idrok qila bilmasa ham undan hosil boladigan sezgilarni ajratadi, masalan, yorug va qorongini, shirin va nordonni sezadi. Odamning murakkab psixik hayotida ayrim sezgilar faqat idrok jarayonida fikrni analiz va abstraktlashtirish yoli bilan ajratiladi.Sezgilar, odatda sodda, elementar psixik jarayonlar deb hisoblanadi, idrok esa murakkab psixik jarayondir. Biz idrok qilayotgan narsalar goyatda xilma-xildir. Bular jumlasiga, avvalo turli buyumlar, chunonchi, binolar, daraxtlar, jihozlar, texnika buyumlari va hokazolar kiradi. Biz musiqa, surat, rasm va boshqa sanat asarlarini idrok qilamiz. Odamning hayotida nutqni ogzaki va yozma nutqni idrok qilish eng katta va muhim orin tutadi. Atrofimizdagi narsa va hodisalar bir-biridan ajralgan holda emas, balki hamma vaqt idrok qilinib turgan narsa boshqa narsalar bilan makon va vaqt jihatdan bir-biri bilan boglangan holda idrok qilinayotganini har bir kishi oz kundalik tajribasidan yaxshi biladi. Masalan, stolni idrok qilayotganimizda biz uning joyini, atrofini orab olgan stullarni, shu paytda radiodan eshitilayotgan musiqani ham idrok qilamiz, xona ichidagi radiopriyomnikni ham, kishilarni ham bir vaqtda koramiz. Biz narsa va hodisalarni makon va zamon sharoitida idrok qilamiz. Makon va zamon moddiy bogliq shakli sifatida, barcha boshqa realliklar kabi idrok qilinadi. Buning manosi shuki, biz narsalarni, ularga xos bolgan fazodagi shakllari (kub, uchburchak, doira va hokazo shakllari)ga, fazodagi katta-kichikligi (katta, kichkina, mayda va hokazo)ga, fazodagi munosabatlari (bir-biriga va bizga nisbatan yaqin, uzoq, chap, ong tomonda, yuqori va past turishlari)ga qarab idrok qilamiz, ular tinch yoki harakat holatlarida idrok qilinadi. Biz idrok qilib turgan narsa va hodisalarni malum vaqt (zamon) davomida paydo bolish va ozgarib borishlarida idrok qilamiz.Idrokda idrok jarayonini, yani ongimizning bevosita aks ettiruvchi faoliyatini va narsalarni idrok qilish (aks ettirish)dan hosil boladigan subyektiv obrazni bir-biridan farq qilish lozim. 2. Idrokning murakkabligi Idrok murakkab psixik jarayondir. Bu murakkablik, avvalo shundan iboratki, har bir idrok tarkibiga ayni vaqtda bir necha sezgi kiradi. Masalan, qovunni idrok qilish uning shaklini (uzunchoq va hokazo), rangini (kok, oq va hokazolarni) sezish bu korish sezgilar idrok, hidini sezish (hid sezgilari), shirin, chuchukligini sezish (maza sezgilari), ogiryengilligini, qattiq-yumshoqligini sezish (muskul sezgilari) va boshqa sezgilardan tarkib topadi. Idrok qilishda analiz yordamida ajratilgan shu ayrim sezgilar (retsepsiyalar) idrokning retseptiv tomonini tashkil qiladilar.Shu xossalarning jamini sezishdan idrok qilayotgan narsaning dastlabki bevosita obrazi hosil boldi, bu idrokning perseptiv tomonini tashkil qiladi. Bunda shu xossalar narsaning ozida qanday boglangan bolsa, ayni shu tarkibda seziladi. Shu sababli idrok qilinayotgan narsaning dastlabki obrazi ham sezgilarning mexanik jami (yigindisi)dan iborat bolmay, balki yaxlit, bir butun boladi.Idrokning nerv-fiziologik mexanizmlari ham sezgilardagiga qaraganda ancha murakkabdir. Idrokning fiziologik asosi bosh miya postining analiz-sintez faoliyatidan iborat bolib, bu faoliyat sezgi organlarimizga tasir qilib turadigan narsa yoki hodisaning bitta xossasi bilan emas, balki bu xossalarning jami, butun bir kompleksi bilan vujudga keladi.Idrokning nerv-fiziologik mexanizmi narsalar xossalari jamining tasiri bilan hosil boladigan muvaqqat boglanishlar sistemasidan iboratdir.Har bir narsadagi xossalarning shu jamiga qarab, biz narsalarni birbiridan farq qilamiz.I. P. Pavlov qilgan tajribalardan malum boldiki, agar analizatorga bironta yakka qozgovchi emas, balki qozgovchilarning jami muntazam tasir qilib tursa, bundan tugiladigan reaksiya har bir qozgovchining oz xususiyatiga qarab emas, balki bu qozgovchilarning ozaro qanday boglanishiga, ozaro munosabatiga qarab tugiladi. I. P. Pavlov bu hodisani munosabat refleksi deb atadi. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling