O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch Davlat universiteti “Psixologiya” kafedrasi


Faoliyatni interiorizatsiyalash va eksteriorizatsiyalash


Download 1.04 Mb.
bet29/81
Sana13.04.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1355005
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   81
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta lim vazirligi u

Faoliyatni interiorizatsiyalash va eksteriorizatsiyalash
Lekin miya kelajakni qanday qilib «oldindan ko`rishi» va hali bajarilmagan harakatlarning natijasi psixikasida qanday qilib aks etishi mumkin? Buning uchun atrofdagi olamning bitta printsipial xususiyati - uning qonuniyati tufayli imkoniyat tug`iladi. Bundan undagi turli xil hodisalar muayyan doimiy bog`lanishlar va munosabatlar orqali bog`langan, undagi narsalar esa ma'lum bir shart-sharoitlarda namoyon bo`ladigan muayyan muqarrar xususiyatlarga va tuzilishga ega bo`ladi (olov doimo kuydiradi; tundan so`ng hamisha kunduz keladi; jismning tezligi ishlatilgan kuchga mutanosib bo`ladi; qo`shiluvchi sonlarning o`rni almashtirilgani bilan yig`indisi o`zgarmaydi va hokazo).
Harakatlarning avtomatlashtirilishi va malakalarning hosil bo`lishi
Har qanday harakatning tahlil etilgan jihatlarini tegishli tarzda uning motor (harakat), sensor (hissiy) va markaziy qismlari deb atash mumkin. Shunga muvofiq ushbu qismlarning xarakatni amalga oshirish jarayonida bajaradigan vazifalari ijro etish, nazorat qilish va boshqarib turishdan iborat bo`lishi mumkin. Kishi faoliyat jarayonida harakatlarni ijro etishda, nazorat qilish va boshqarib turishda foydalanadigan yo`l-yo`riqlar ushbu faoliyatning usullari deb ataladi.
Malakaning tuzilishi
Harakatning shu tarzda qisman avtomatlashuvi tufayli uning tuzilishida ro`y beradigan o`zgarishlar quyidagilardan iboratdir.
1. Sa'i-harakatlarning ijro etilishi usullari o`zgaradi. Bunga qadar o`z holicha yuz berib kelgan qator juz'iy sa'i-harakatlar yagona jarayonga, tarkibiga kiruvchi alohida sodda sa'i-harakatlar o`rtasida to`siklar va uzilishlar mavjud bo`lmagan bitta murakkab sa'i-harakatga qo`shilib ketadi. Masalan, o`quvchi bosqichli harakat sifatida bajaradigan harakatni o`zgartirish jarayoni tajribali shofyor tomonidan bir marta qo`lni silliqqina ishlatgan holda bajariladi. Ortiqcha va keraksiz sa'i-harakatlar bartaraf etiladi. Jumladan, o`quvchi yozuvni o`rgana boshlagan paytda bu jarayonni bajararkan, ko`plab ortiqcha harakatlar qiladi: tilini chiqaradi, gavdasini qimirlatadi, boshini engashtiradi va hokazo. Harakat jarayoni o`zlashtirib olingandan keyin barcha ortiqcha sa'i-harakatlar yo`qolib ketadi. Mujassamlashuv yuz beradi, ya'ni sa'i-harakatlarni ikkala qo`l (oyoq) bilan bir vaqtning o`zida bajarish boshlanadi. Agar boshlovchi tokar keskichni oldiniga uzunasiga qarab, so`ngra esa ko`ndalangiga qarab yurgizsa, tajribali tokar keskinchi detalga bir vaqtning o`zida bir qo`li bilan moxovikni uzunasiga, boshqasi bilan esa supportni ko`ndalangiga aylantirarkan, diagonal chiziq bo`ylab qisqa masofadan olib boradi. Pirovardida sa'i-harakatlarni bajarish sur'ati tezlashadi. Shunday qilib, harakatlarni o`zlashtirish jarayonida uning harakatlantiruvchi barcha jihatlari: sa'i-harakatlar tarkibi (u soddalashadi), sa'i-harakatlarning izchilligi (u uzluksiz bajariladigan bo`ladi) va sa'i-harakatlarning uyg`unligi (ular bir vaqtning o`zida bajariladigan bo`ladi), shuningdek ularning tezligini mumkin qadar rejali bo`lishiga imkon tug`iladi.
2. Harakatni sensor nazorat qilish usullari o`zgaradi. Sa'i-harakatlarning bajarilishini ko`rish orqali nazorat qilish ko`proq mushaklar yordamida (kinestetik) nazorat bilan almashadi. Bunga tajribali mashinistkaning harflarga qaramasdan yozishi, malakali slesarning iskananing ustidan bolg`a bilan urayotganda ko`rish nazoratini ishga solmasligi (slesar bolg`ani urayotib, iskananing qalpog`iga emas, balki uning tig`iga qarab turadi) va shu kabilar oddiy misol bo`lishi mumkin. Sa'i-harakatlarning xarakterini belgilaydigan turli xildagi o`lchamlarning nisbatini baholash imkonini beradigan maxsus sensor sintezlar hosil bo`ladi. Masalan, shofyorda tezlikni ko`z bilan chamalash va sezish, duradgorda yog`ochni his qilish, tokar va silliqlovchida o`lchovlarni juda yaxshi farq qilish, uchuvchida fazoda holatni his qilish tuyg`usi o`tkir bo`ladi, harakat natijalarini nazorat qilish uchun muhim bo`lgan mo`ljallarni tez farqlash, va ajratish qobiliyati rivojlanadi. Jumladan, shofyorda motorning shovqinida uning qanchalik kuch bilan ishlayotganini bildiradigan belgilarni ajratish qobiliyati, po`lat erituvchida metallning tarkibini, uning harakatini, rangining tovlanishiga qarab ajratish qobiliyati rivojlangan bo`ladi va hokazo.



Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling