O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus talim vazirligi urganch Davlat universiteti “Psixologiya kafedrasi
Download 1.04 Mb.
|
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta lim vazirligi u
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars metodi
- Tayanch tushuncha
- 1.Diqqat haqida tushuncha.
11-seminar mashguloti
Mavzu:. Diqqatning va uning turlari. Diqqatning xususiyatlari. Xotira xaqida umumiy tushuncha Maqsad: Mavzu boyicha olingan bilimlarni mustahkamlash, talabalarda mavzuga oid amaliy ko`nikma va malakalarni shakllantirish. Dars tipi: Mustahkamlash tipidagi dars. Dars metodi: Tezkor savol-javob, BBB, suhbat Dars jihozi: Ko`rgazmali qurollar, vatman qogoz, marker. Reja: Diqqat haqida tushuncha. Diqqatning nerv-fiziologik asoslari. Diqqat turlari, ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriy diqqat, ixtiyoriydan songgi diqqat. Diqqatning xususiyatlari, diqqat kuchi va bo'linishi, diqqat ko'lami, diqqat taqsimlanishi, shaxsda diqqat rivojlanishi. Diqqatning psixologik asosi haqida qisqacha xulosa. Amaliy tavsiyalar. Tayanch tushuncha - Diqqat ,diqqatning turlari. Diqqat va ong. Diqqatning mexanizmlari, ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriy diqqat, ixtiyoriydan songgi diqqat, diqqatning xususiyatlari, diqqat kuchi va bolinishi, diqqat kolami, diqqat taqsimlanishi 1.Diqqat haqida tushuncha. DIQQAT psixik faoliyatning yunaltirilishi va shaxs uchun ahamiyatli bo`lgan obekt ustida to`planishdir. Yo`naltirilishi deganda psixik faoliyatining tanlovchilik xarakteri, obektni ixtiyoriy yoki beixtiyoriy tanlash tushuniladi. O`quvchi maktabda o`qituvchining tushuntirishlariga quloq solayotganda, mana shu eshitish faoliyatini ongli ravishda tanlab olgan, o`z diqqatini etishish faoliyatiga ongli ravishda qaratgan bo`ladi. O`quvchining biror boshqa narsaga chalg`imasdan, o`quv materialining mazmuniga zexn qo`yib o`tirishida uning diqqatini yo`nalishi ifodalanadi. Psixik faoliyatning yo`naltirilishi deganda faqat ana shu faoliyatni tanlash tushunilib qolmay, balki ana shu tanlaganini saqlab qolish va qo`llab quvvatlash ham tushuniladi. Diqqat psixik faoliyatining yo`naltirilishi bilan birga uning to`planishini taqozo qiladi. Psixik faoliyatning bir joyga to`planishi mazkur faoliyatga xech qanday aloqasi bo`lmagan hamma boshqa narsalardan diqqatni chalgitish demakdir. Diqqatning bir joyga to`planishi deganda mazkur faoliyatga butunlay berilish, unga ozmi ko`pmi chuqur etibor berish tushuniladi. Diqqat xar qanday faoliyatning muxim shartidir. Diqqatsiz xatto eng oddiy ishlarni ham bajarish mumkin emas. Diqqat mexnatning barcha jarayonida, ijodiy faoliyatda, o`qishda ayniqsa katta ahamiyatga ega. K.D.Ushinskiy «Diqqat ruxiy xayotimizning shunday yagona bir eshigidirki, ongizgizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali o`tib kiradi», - deb yozgan edi. Oquvchilar diqqatini jalb qilish qiyinligini har qanday pedagog biladi. Buning uchun maxsus pedagogik usullardan foydalanish zarur boladi. Diqqatda psixik faoliyatning yonaltirilishi bilan birga uning toplanishi mazkur faoliyatga hech qanday aloqasi bolmagan boshqa narsalardek, hamma faoliyatdan diqqatni chalgitish demakdir. Diqqatning bir joyga toplanishi deganda mazkur faoliyatga butunlay berilish, unga ozmi-kopmi chuqur etibor berish tushuniladi. Qandaydir bir suratli kitobni tez korib chiqish maqsadida uni varaqlab chiqish mumkin. Bunday holda diqqaztning toplanishi kuchli bolmaydi. Birorta qiyinroq kitobni undagi har bir bayon qilingan fikrni tushunib olishga intilib va undagi murakkab masalani boshidan oxirigacha tushunib olish har tomonlama ozaro munosabatlarni qarab chiqish maqsadida oqish mumkin. Bu holatdagi diqqatning toplanishi juda kuchli boladi. Masalan: Uyga topshiriq berilgan inshoni yozib otirgan oquvchi bazan uyda boshqalarning gapini, radioning ovozini eshitmaydi. Unda diqqatniing toplanishi kuchli boladi. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling