O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch Davlat universiteti “Psixologiya” kafedrasi


Download 1.04 Mb.
bet33/81
Sana13.04.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1355005
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   81
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta lim vazirligi u

Keys yuzasidan savol:
SHaxsdagi bunday yashirin fazilatlarning shu tariqa yaqqol namoyon bo‘lishini nima bilan izohlash mumkin?


9-seminar mashg’uloti
Mavzu: Idrokning assotsiativ nazariyasi. Nativizm va empirizm Geshtalgt psixologiyada idrok Maqsad: Mavzu bo’yicha olingan bilimlarni mustahkamlash, talabalarda mavzuga oid amaliy ko`nikma va malakalarni shakllantirish.
Dars tipi: Mustahkamlash tipidagi dars.
Dars metodi: Tezkor savol-javob, BBB, suhbat
Dars jihozi: Ko`rgazmali qurollar, vatman qog‘oz, marker.
Reja:
Idrok haqida tushuncha. Idrokning nerv-fiziologik asoslari, xususiyatlari va qonuniyatlari. Idrokda ob’ekt va fon, appersepsiya, idrokning konstantligi. Idrokda illyuziya va gallyutsinatsiya. Vaqt, harakat va fazoni idrok qilish. Idrokning psixologik asosi haqida qisqacha xulosa. Amaliy tavsiyalar.
Tayanch tushunchalar- Idrok ,Idrok obrazlarining predmetli, Idrokning yaxlitligi va strukturaliligi. Idrokning konstantligi. Idrok turlari. Ranglarni idrok qilish. Fazoni va harakatni idrok qilish. Vaqtni idrok qilish. Illyuziya va gallyutsinatsiya.
1. Idrok to‘g‘risida umumiy tushuncha
1. Idrok to‘g‘risida umumiy tushuncha
Biz narsa va hodisalarning ayrim sifat va xossalarini sezgilar orqali ongimizda aks ettiramiz. Shuningdek, hamisha narsalarning ayrim xossalarini aks ettiruvchi birtalay sezgilarimiz bo‘ladi. Bu sezgilar asosida atrofimizdagi narsa va hodisalarni idrok qilamiz.Idrok deb, narsa va hodisalarni bizning sezgi a’zolarimizga ta’sir etishi natijasida ularni yaxlitligicha ongimizda aks etishidan iborat bilish psixik jarayoniga aytiladi. Biz bir narsani idrok qilayotganimizda uning ayrim xossalarini ham sezamiz.Biror narsaning o‘zini idrok qilmasdan hosil bo‘ladigan sezgilar yangi tug‘ilgan chaqaloq hayotining dastlabki kunlaridagina mavjud bo‘lsa kerak; chaqaloq narsaning o‘zini idrok qila bilmasa ham undan hosil bo‘ladigan sezgilarni ajratadi, masalan, yorug‘ va qorong‘ini, shirin va nordonni sezadi. Odamning murakkab psixik hayotida ayrim sezgilar faqat idrok jarayonida fikrni analiz va abstraktlashtirish yo‘li bilan ajratiladi.Sezgilar, odatda sodda, elementar psixik jarayonlar deb hisoblanadi, idrok esa murakkab psixik jarayondir. Biz idrok qilayotgan narsalar g‘oyatda xilma-xildir. Bular jumlasiga, avvalo turli buyumlar, chunonchi, binolar, daraxtlar, jihozlar, texnika buyumlari va hokazolar kiradi. Biz musiqa, surat, rasm va boshqa san’at asarlarini idrok qilamiz. Odamning
hayotida nutqni – og‘zaki va yozma nutqni idrok qilish eng katta va muhim o‘rin tutadi.
Atrofimizdagi narsa va hodisalar bir-biridan ajralgan holda emas, balki hamma vaqt idrok qilinib turgan narsa boshqa narsalar bilan makon va vaqt jihatdan bir-biri bilan bog‘langan holda idrok qilinayotganini har bir kishi o‘z kundalik tajribasidan yaxshi biladi. Masalan, stolni idrok qilayotganimizda biz uning joyini, atrofini o‘rab olgan stullarni, shu paytda radiodan eshitilayotgan musiqani ham idrok qilamiz, xona ichidagi radiopriyomnikni ham, kishilarni ham bir vaqtda ko‘ramiz. Biz narsa va hodisalarni makon va zamon sharoitida idrok qilamiz.
Makon va zamon moddiy bog‘liq shakli sifatida, barcha boshqa realliklar kabi idrok qilinadi. Buning ma’nosi shuki, biz narsalarni, ularga xos bo‘lgan fazodagi shakllari (kub, uchburchak, doira va hokazo shakllari)ga, fazodagi katta-kichikligi (katta, kichkina, mayda va hokazo)ga, fazodagi munosabatlari (bir-biriga va bizga nisbatan yaqin, uzoq, chap, o‘ng tomonda, yuqori va past turishlari)ga qarab idrok qilamiz, ular tinch yoki harakat holatlarida idrok qilinadi. Biz idrok qilib turgan narsa va hodisalarni ma’lum vaqt (zamon) davomida paydo bo‘lish va o‘zgarib
borishlarida idrok qilamiz.Idrokda idrok jarayonini, ya’ni ongimizning bevosita aks ettiruvchi
faoliyatini va narsalarni idrok qilish (aks ettirish)dan hosil bo‘ladigan subyektiv obrazni bir-biridan farq qilish lozim.
2. Idrokning murakkabligi
Idrok murakkab psixik jarayondir. Bu murakkablik, avvalo shundan iboratki, har bir idrok tarkibiga ayni vaqtda bir necha sezgi kiradi. Masalan, qovunni idrok qilish uning shaklini (uzunchoq va hokazo), rangini (ko‘k, oq va hokazolarni) sezish – bu ko‘rish sezgilar idrok, hidini sezish (hid sezgilari), shirin, chuchukligini sezish (maza sezgilari), og‘iryengilligini, qattiq-yumshoqligini sezish (muskul sezgilari) va boshqa sezgilardan tarkib topadi. Idrok qilishda analiz yordamida ajratilgan shu ayrim sezgilar (retsepsiyalar) idrokning retseptiv tomonini tashkil qiladilar.Shu xossalarning jamini sezishdan idrok qilayotgan narsaning dastlabki bevosita obrazi hosil bo‘ldi, bu idrokning perseptiv tomonini tashkil qiladi. Bunda shu xossalar narsaning o‘zida qanday bog‘langan bo‘lsa, ayni shu tarkibda seziladi. Shu sababli idrok qilinayotgan narsaning dastlabki obrazi ham sezgilarning mexanik jami (yig‘indisi)dan iborat bo‘lmay, balki yaxlit, bir butun bo‘ladi.Idrokning nerv-fiziologik mexanizmlari ham sezgilardagiga qaraganda ancha murakkabdir. Idrokning fiziologik asosi bosh miya po‘stining
analiz-sintez faoliyatidan iborat bo‘lib, bu faoliyat sezgi organlarimizga ta’sir qilib turadigan narsa yoki hodisaning bitta xossasi bilan emas, balki bu xossalarning jami, butun bir kompleksi bilan vujudga keladi.Idrokning nerv-fiziologik mexanizmi narsalar xossalari jamining ta’siri
bilan hosil bo‘ladigan muvaqqat bog‘lanishlar sistemasidan iboratdir.Har bir narsadagi xossalarning shu jamiga qarab, biz narsalarni birbiridan farq qilamiz.I. P. Pavlov qilgan tajribalardan ma’lum bo‘ldiki, agar analizatorga bironta yakka qo‘zg‘ovchi emas, balki qo‘zg‘ovchilarning jami muntazam ta’sir qilib tursa, bundan tug‘iladigan reaksiya har bir qo‘zg‘ovchining o‘z xususiyatiga qarab emas, balki bu qo‘zg‘ovchilarning o‘zaro qanday
bog‘lanishiga, o‘zaro munosabatiga qarab tug‘iladi. I. P. Pavlov bu hodisani munosabat refleksi deb atadi.



Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling