O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch Davlat universiteti “Psixologiya” kafedrasi


Download 1.04 Mb.
bet43/81
Sana13.04.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1355005
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   81
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta lim vazirligi u

13-seminar mashg’uloti
Mavzu: Tafakkur bilish jarayonlari tizimida.Tafakkur va ong
Maqsad: Mavzu bo’yicha olingan bilimlarni mustahkamlash, talabalarda mavzuga oid amaliy ko`nikma va malakalarni shakllantirish.
Dars tipi: Mustahkamlash tipidagi dars.
Dars metodi: Tezkor savol-javob, BBB, suhbat
Dars jihozi: Ko`rgazmali qurollar, vatman qog‘oz, marker.
Reja:
Tafakkur haqida tushuncha. Tafakkur va hissiy bilish. Tafakkur operatsiyalari, tafakkur shakllari, turlari. Tafakkur borasidagi psixologik nazariyalar. Muammoli vaziyat va uni hal qilish metodlari. Tafakkuming psixologik asosi haqida qisqacha xulosa.-Amaliy tavsiyalar.
Tayanch tushunchalar-Tafakkur . Tafakkur va hissiy bilish.Fikrlash operatsiyalari.
Tafakkur motivatsiyasi. Muammoli vaziyat va masala echish.
Tafakkur turlari. Nazariy va empirik tafakkur xususiyatlari.
Amaliy va nazariy intellekt(aql). Tafakkurning individual xususiyatlari.
1.Tafakkur haqida tushuncha.
Tashqi olamdagi voqeilikni sezgi, idrok va tassavur jarayonlari orqali bilish muxim ahamiyat kasb etadi, lekin o`rganilayotgan narsa va xodisalarni atroflicha chuqur aks ettirish uchun bular xali etarli emas. CHunki ularning o`zaro munosabatlari, sifat va miqdor o`zgarishlari, murakkab ichki bog`lanishlari, o`zaro ta’sir etish xossalarini bevosita kuzatish yoki xissiy obrazlar yordamida aniqlash imkoniyati yo`q.
Madomiki shunday ekan, sub’ektning bilish /anglash/ lozim bo`lgan ob’ekt bilan o`zaro ta’sirini bevosita aks ettirish yo`li orqali bo`laqlarga ajratish imkoniyati cheklanganligi sababli xissiy bilish bosqichidan aqliy bosqichga, ya’ni tafakkurga o`tish zarurati tug`iladi.
Fikr yuritish yordamida atrof – muxitni chuqurroq bilish, narsalar, voqealar va xodisalar o`rtasida mavjud bo`lgan o`zaro ichki munosabatlar, bog`lanishlarni aniqlash muammoli tarzda namoyon bo`ladi. Inson oldida muammo vujudga kelmas ekan, u xolda tafakkur jarayoni xosil bo`lishi mumkin emas.
SHunday qilib, inson o`zining bilish faoliyatida voqeilikning murakkab jixatlarini xissiy bosqich yordami bilan aks ettira olmay qolganda tafakkurga, fikr yuritishga murojaat qiladi.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling