O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus talim vazirligi urganch Davlat universiteti “Psixologiya kafedrasi
Download 1.04 Mb.
|
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta lim vazirligi u
2.Tafakkur operatsiyalari.
Analiz va sintez. Taqqoslash. Abstraktsiyalash. Umumlashtirish. Konkretlashtirish. Klassifikatsiyalash. Sistemalashtirish. ANALIZ shunday bir tafakkur jarayoniki, uning yordami bilan biz narsa va xodisalarni fikran yoki seminar ravishda bo`lib /ajratib/, ularning ayrim qismlari va xususiyatlarini taxlil qilamiz. SINTEZ shunday bir tafakkur jarayonidirki, biz narsa va xodisalarning analizda bo`lingan ayrim qismlari, bo`laqlarini sintez yordami bilan fikran yoki amaliy ravishda birlashtirib, butun xolga keltiramiz. Analiz va sintez o`zaro bevosita mustaxkam bog`langan yagona jarayonning ikki tomonidir. Agar narsa va xodisalar analiz qilinmagan bo`lsa, uni sintez qilib bo`lmaydi, xar qanday analiz predmetlarni, narsalarni bir butun xolda bilish asosida amalga oshirilishi lozim. TAQQOSLASH shunday bir tafakkur jarayoniki, bu jarayon vositasi bilan obektiv dunyodagi narsa va xodisalarning bir biriga o`xshashligi yoki bir biridan farqi aniqlanadi. Abstraktsiyalash shunday bir tafakkur jarayoniki, bu jarayon yordami bilan moddiy dunyodagi narsa va xodisalarning muxim xususiyatlarini farqlab olib, ana shu xususiyatlardan narsa va xodisalarning muxim bo`lmagan ikkinchi darajali xususityalarini fikran ajratib tashlaymiz. UMUMLASHTIRISH deganda psixologiyada narsa va xodisalardagi xossa, belgi, xususiyat, alomatlarni topish va shu umumiylik asosida ularni birlashtirish tushuniladi. Umumiy, mavxum belgi va xususiyatlarni yakka, yolg`iz obektlarga tadbiq qilish konkretlashtirish deyiladi. Bundan tashqari, mavxum tushunchalarni konkret predmetlarga boglash ham konkretlashtirish bo`lib xisoblanadi. Fanda narsa va xodisalarning tabiatini ifodalovchi muayyan belgi asosida qilingan fikr yuritishni KLASSIFIKATSIYA deb atash qabul qilingan. Klassifikatsiya qilishning yakuni sistemalashtirish bo`lib xisoblanadi. Sistemalashtirishga kutubxonadagi kitoblarning joylanishi misol bo`la oladi. Masalan, kutubxonada pedagogikaga oid adabiyotlar bir tomonda, psixologiyaga oidlari yana bir tomonda joylashgan bo`ladi. Sistemalashtirish inson ishini osonlashtiradi. Natijada kishi nimani qayerdan izlashni biladi. Turmushda xar qadamda sistemalashtirishni ko`rishimiz mumkin. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling