O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus talim vazirligi urganch Davlat universiteti “Psixologiya kafedrasi
Hissiy holatlarning ifodalanishi, hislarni kechirish shakllari
Download 1.04 Mb.
|
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta lim vazirligi u
3.Hissiy holatlarning ifodalanishi, hislarni kechirish shakllari.
His-tuyg`ularning hissiyot (emotsiyalar), kayfiyatlar, kuchli hayajonlanish tarzida boshdan kechirilishi chog`ida malum darajada seziladigan tash qi belgilariga ham ega bo`ladi. Yuzning ifodali harakatlari (mimika), qo`l va gavdaning manoli harakatlari, turqi-tarovat, ohang, ko`z qorachigining kengayishi yoki torayishi kabilar shular jumlasiga kiradi. Kishi o`zining qahr-g`azabini tevarak atrofdagilarga qo`llarini musht qilishi, ko`zlarini chimirib qarash, do`q-po`pisali ohang bilan namoyish qiladi. Asosiy hissiy holatlar quyidagilar (K.Izard klassifikatsiyasi bo`yicha): Qiziqish malaka va ko`nikmalar rivojiga, bilim egallashiga moyillik tug`diradigan ijobiy hissiy holat. Quvonch- to`la qondirilishi mumkin bo`lmagan, har holda qondirilishi noaniq dolzarb bo`lgan ehtiyojni qondirilishi mumkinligi bilan bog`liq ijobiy hissiy holat. Hayratlanish- to`satdan ro`y bergan holatlardan hissiy jihatdan tasirlanishning ijobiy yoki salbiy jihatdan aniq-ravshan ifoda etilmagan belgisidir. Iztirob chekish. Hozirga qadar qondirilish ehtimoli ozmi-ko`pmi darajada mavjud deb tasavvur qilingan hayotiy muhim ehtiyojlarning qondirilishi mumkin emasligi haqida aniq yoki shunday tuyilgan axborot olinishi bilan bog`liq salbiy hissiy holatdir. G`azablanish- odatda affekt tarzida kechadigan va subekt uchun g`oyat muhim ehtiyojni qondirish borasida jiddiy to`siq paydo bo`lgani oqibatida kelib chiqadigan, ifodalanishiga ko`ra salbiy hissiy holat . Iztirob chekishdan farqi g`azablanish stenik tarzda, ko`rinishda bo`ladi. (Kuch g`ayratni oshirib yuboradi). Nafratlanish- Obektiv holatga subektning mafkuraviy, manaviy, estetik printsiplari va yo`l-yo`riqlariga keskin zid kelib qolishi oqibatida ro`y beradigan salbiy hissiy holatdir.Nafratlanish tajovuzkorlik xulq-atvoriga sabab bo`lishi mumkin. Jirkanish -shaxslararo munosabatlarda ro`y beradigan va subektning hayotiy nuqtai nazari, qarashlari va xulq-atvoriga nomutanosibligi oqibatida hosil bo`ladigan salbiy hissiy holatdir. Qo`rquv -subekt o`zining xotirjam hayot kechirishiga ziyon etishi mumkinligi haqida, unga real tarzda tahdid solayotgan yoki tahdid solishi mumkin bo`lgan xavf-xatar haqidagi xabarni olishi bilan paydo bo`ladigan salbiy hissiy holatdir. Qo`rquv hissiyoti stenik tusda ham, astenik tusda ham bo`lishi mumkin, yoxud hissiy zo`riqishlar tarzida, yoxud ruhan astoydil tushkunlikka berilgan va xavotirlangan tarzda, yoxud affektiv holatga tushgan tarzda (dahshatli qo`rquv hissiyotning eng so`nggi turidir) kechishi mumkin. Uyalish- o`zining niyat maqsadlari, hatti-harakatlari va tashqi qiyofasi faqat tevarak -atrofidagilar tomonidan kutilganiga mos kelmaganligini emas, balki o`ziga loyiq xulq-atvor va tashqi qiyofa haqidagi shaxsiy tasavvurlarga ham mos kelmayotganligini anglab etishida ifodalangan salbiy holatdir. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling