O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch Davlat universiteti “Psixologiya” kafedrasi


Maqsad: Mavzu bo’yicha olingan bilimlarni mustahkamlash, talabalarda mavzuga oid amaliy ko`nikma va malakalarni shakllantirish. Dars tipi


Download 1.04 Mb.
bet59/81
Sana13.04.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1355005
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   81
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta lim vazirligi u

Maqsad: Mavzu bo’yicha olingan bilimlarni mustahkamlash, talabalarda mavzuga oid amaliy ko`nikma va malakalarni shakllantirish.
Dars tipi: Mustahkamlash tipidagi dars.
Dars metodi: Tezkor savol-javob, BBB, suhbat
Dars jihozi: Ko`rgazmali qurollar, vatman qog‘oz, marker.
Reja:
Xarakter haqida tushuncha, xarakter tuzilishi va xususiyatlari, xarakter tipologiyasi, xarakterning shakllanishi, xarakteming ifodali belgilari haqida tushuncha va ilmiy tasavvurlar hosil qilish. Xarakter shakllanishi. Xarakter akstentuastiyasi. Jinsiy dimorfizm va individning psixologik tavsifi. Jinsiy faridanishning psixologik muammolari.).
Tayanch tushunchalar-Xarakteri.Xarakter xislatlari. Ekstroversiya va
introversiya to`g’risida tushuncha. Xarakterda aksentuatsiya.
Xarakter va temperament. Xarakter xislatlari .
Xulq-atvor va xarakterning shakllanishi.
Milliy xarakterga etnopsixologik yondashuv.
1.Xarakter haqida tushuncha, xarakterning nerv-fiziologik asoslari.
Xarakter yunoncha so`z bo`lib «zarb qilish», «belgi kuyish» degan ma’noni bildiradi. Xaqiqatdan ham xarakter kishining jamiyatda yashab egallaydigan aloxida belgilaridir. SHaxsning individualligi temperament singari xarakterda ham namoyon bo`ladi. Xarakter – bu shaxsning faoliyat va Muloqoti jarayonida tarkib topadigan va namoyon bo`ladigan individual xususiyatlari bo`lib, individ uchun u tipik xulk-atvor xislatlari bo`lib xisoblanadi.
Kishining shaxsi u nima qilayotgani bilan emas, balki uni qanday bajarayotgani bilan xarakterlanadi.
Xarakter kishi shaxsining yo`nalishini belgilaydigan ijtimoiy munosabatlarga bog`liq bo`ladi. Masalan, kishining jamiyatdagi yuqori mavqei, amali unda takabburlik, kekkayganlik, riyokorlik, ta’magirlik, munofiqlik kabi salbiy xislatlarni shakllanishiga olib kelishi mumkin. Aksincha, oddiy mexnatkash kishida jamiyatdagi mavkeiga qarab fidokorlik, maqsadga intilganlik, jasurlik, kamtarlik, mexnatsevarlik kabi ijobiy xislatlarning shakllanishiga olib keladi.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling