N a m u n a : Ishdan - lug‘aviy ma’nosi: mehnatdan; grammatik ma’nosi: ot, turdosh ot, birlikda, chiqish kelishikda, to‘ldiruvchi.
1. Ishdan, sovuqdan yorilgan qo‘llari qamchini bazo‘r tutardi.(O.) 2. Sul-tonov yemakxonada uni yana uchratdi. (T.Malik) 3. Tor ko‘cha chekinib, oldinda kichikroq bir guzar ko‘rindi.(O.)
1-mashq. Bir ma’nоli va ko`p ma’nоli so`zlarni ikki guruhga ajratib yozing.
Til, qush, оt, kir, tish, chumchuq, ko`z, lеksika, urg`u, bеl, kub, еr, affiks, mоrfоlоgiya, qalin, оlmоs, kar, dum, tоg`, tumshuq, mеn, tariq, yaprоq, o`q, tajang, оta, mоl, fоnеtika, bоsh, g`azal, turk, issiq, tоl, qaramоq, tеrak, оna, o`t, yo`l, tush, achchiq, jar, tеz, jahl, uyqu, sahar, cho`kmоq, daхl, to`g`ri, kоridоr, rus, etak, qanоt, bеz, dam, tirnоq, ikki, fоyda, tuyoq.
2-mashq. Quyidagi gaplardagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning o‘z yoki ko‘chma ma’noda kelganligini aniqlab yozing.
N a m u n a : 1) qanot - qush qanoti (o‘z ma’.); 2) qanot - samolyot qanoti (ko‘chma ma’.).
1. Salima opa xontaxtaga yangi dasturxon yozdi. 2. Qani, mehmonlar, dasturxonga qaranglar. 3. Uning qora ko‘zlari g‘azabdan chaqnar edi.
4. Buloqning ko‘zi yopilib qolibdi. 5. Men ellik birga chiqib, Beshyog‘ochga bordim. 6. Qirq oltiga beshni qo‘shsa, ellik bir bo‘ladi. 7. Uyimizning shundoq ostonasi yonidan ariq oqib o‘tar edi. 8. Gap shundaki, o‘lim ostonasida vijdoni sergaklashadi. 9. Uch yoshga kirganda, bulutga sakray-digan, tuyog‘idan o‘t chaqnaydigan ot bo‘ldi. 10. Jamoamiz fermada yil-dan-yilga tuyoqlar sonini ko‘paytirishga intilmoqda. 11. Tolibjonning ko‘nglida uxlagan xotiralar uyg‘onib ketdi.(S.Ahm.) 12. Sobir kech uxlagan bo‘lsa ham, sahar payti uyg‘onib ketdi.(O.) 9. Lekin bundan keyin Shamsi akam to‘g‘rilarida bema’ni gap aytma. Eshitgan quloqqa yaxshi emas. (N.A.)
Do'stlaringiz bilan baham: |