5-mashq. Quyidagi so‘zlarni kirill yozuvidagi o‘zbek alfaviti bo‘yicha namunadagidek raqamlab yozing.
N a m u n a : kitob - 12, 10, 20, 16, 2.
1. Injener Mingboev koridorning metall eshigini burab, g‘ildirak mustahkamlagichlarini bo‘shatib olgach, elektr chiroqlarni yoqdi.(Mirm.)
MAVZU YUZASIDAN TARQATMA MATERIAL
1-Tarqatma material
“Klaster” metodi asosida o`zbek yozuvlari tarixini izohlash.
2-Tarqatma material
Berilgan so`zlarni kirill yozuvi asosida alifbo tartibida yozing.
Yurak, yanvar, ma’no, albom, jurnal, bodring, dengiz, zafar, sirk, budjet, litsey, konfet, cho‘tka, variant, muxlis, mehr, nikoh.
3-Tarqatma material
Berilgan so`zlarni lotin alifbosida alfavit bo`yicha yozing.
Сентябрь, режиссёр, январь, эълон, циркуль, журнал, тонг, жайрон, чойнак, шахмат, истеъмол, акция, сюжет.
4-tarqatma material. Talaffuzdagina undosh tovushlar almashadigan so‘zlarni topib, izohlab yozing.
N a m u n a : kirib - kirip.
1. Qudrat minnatdorchilik bildirib uch-to‘rt qadam bosgandi hamki, orqadan haligi qizning ovozi eshitildi.(J.Abd.) 2. Rizqingni ollo taolo qaerga sochgan, biz bilamizmi?(O.) 3. Maqsadi - yoshlarni yo‘ldan urish bo‘lgan emish.(Sh.) 4. Tabib qanday harakat qilsa polvonga yoqmas edi.(A.Q.) 5. -U dutor, tanburni qanday chertardi!? - kaftlarini bir-biriga urib, shavqlanib o‘rtog‘ini maqtadi.(O.)
5-tarqatma material. Quyidagi gaplar tarkibidan talaffuzda ham, yozuvda ham undosh tovush almashgan so‘zlarni topib, izohlab yozing.
Namuna: eshik + i = eshigi
1. - Qanday ajoyib qishlog‘imiz bor! - dedi. (O.Yoqubov) 2. Mezbon chiqqach, Manzura yumshoqqina kursiga omonatgina o‘tirdi.(T.Malik)
3. Ekkan sabzi-piyozimizni necha bor shudgor qilib ketgan tumshug‘ing qurg‘urlar. (S.Anorboev) 4. Qani endi men ham o‘richchani sharillatib o‘qiydigan bo‘lsam. (S.Ahm.) 5. Qoravoyning o‘zi arava minmay, nega siz mindingiz?(S.Ahm.) 6. -Iloyo, umring go‘rda chirisin, yetimcha - yetti kulcha... Sen tambalga bergan tomog‘im harom bo‘lsin, darbadar!- (J.Abd.) 7....bultur beshta student kelgan edi, bittasi ham turolmadi....(Mirm.)
8. - Kim biladi, shu quruqligu issiqlik ham sabab bo‘ldimi, mollarga yomon bir kasal yuqyapti. (P.Q.)
Do'stlaringiz bilan baham: |