2-amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Grafika haqida. Yozuvning turlari. Orfografiya va uning tamoyillari. Orfoepiya.
Reja:
Grafika haqida umumiy ma’lumot. O`zbek yozuvi tarixi.
Tovush va harf, yangi alifbo va uning o‘ziga xosliklari.
Оrfоgrafiya haqida umumiy ma’lumоt. Оrfоgrafiya tamоyillari:
Fоnеtik tamоyil. Mоrfоlоgik tamоyil. Etimоlоgik tamоyil.
Traditsiоn (tariхiy-an’anaviy) tamоyil. Diffеrеnsiatsiya tamоyili.
Fоnеtik va mоrfоlоgik tamоyillar o`zbеk оrfоgrafiyasining asоsiy (yеtakchi) tamоyillari sifatida.
O‘zbek imlosining asosiy qoidalari.
Orfoepiya.
MAVZU YUZASIDAN MASHQLAR
1-mashq. Gaplar tarkibidagi talaffuz paytida o‘zgarishga uchragan va uchraydigan tovushi bor so‘zlarni topib, izohlang.
1. Paytdan foydalangan Kozim shu zahotiyoq juftakni rostlab qoldi. (A.Q.) 2. Iloj qancha? Naryoqda uchastkaning tashvishi tinkani qurityapti. O‘zimiz uydan ayrilib, sig‘indi bo‘lib o‘tiribmiz. (P.Q.) 3. - Voy, savil-ey, zaril keptimi menga! Qo‘ying-e, gapingizning tuzi yo‘q.(J.Abd.) 4. O‘zim tallab qo‘yganimni oladi.(J.Abd.) 5. E, ha, Qudratvoy chuchvarani xom sanayaptilar.(J.Abd.) 6. To‘rtta qo‘shni xotin orasiga kirsa, boy tog‘am bor, eshigini yel ochib, yel yopadi, deb maxtansa kerak.(O.) 7. Bog‘ning to‘rt tomonini o‘ragan baland, yangi paxsa devor bo‘ylab shaftoliliar o‘sadi.(O.)
2-Mashq. Tarkibida tovush va harflar soni teng bo‘lmagan so‘zlarni aniqlang.
Og‘zaki. 1. Adliya, bo‘ychan, ba’zan, rohatbaxsh, da’vat, inqilob, energiya, sarosima, fir’avn, gigiena, hadya, solnoma, aktyor, juz’iy, ma’raka, tirmizak, ayyom, kombayn, kenglik, qalamcha, buldozer, qaytariq, mo‘’jiza, sayyora, e’zoz, jamalak, osoyishta,
Yozma. 2. Afyun, mashmasha, taklifnoma, yeng, zumrasha, yung, ohang, mordvin, palto, asbobsozlik, ko‘ngil, xushtabiat, anglamoq, la’nat, kaltsiy, sumalak, Yahyo, raz’ezd, parishon, dunyo, elektrod, yalang, ittifoq, ingichka, podshoh, jaholat, bozorgir, meteorit.
Do'stlaringiz bilan baham: |