O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch innovatsion university nodavlat ta’lim muassasasi ona tili−O‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi fanidan


Tuzuvchi: _____________ f.f.n., dots.Jumaniyozova M.X


Download 1.49 Mb.
bet73/101
Sana18.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1596700
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   101
Bog'liq
1-k Ona tili -o\'qish savodxonligi MAJMUA

Tuzuvchi: _____________ f.f.n., dots.Jumaniyozova M.X.

TARQATMA MATERIALLAR
Tarqatma material
O‘qing. So‘z ma’nosini farqlash uchun xizmat qilgan fonemalarni aniqlab, shu so‘zlarning ma’nosini izohlang.
1. Juda–judo, xalos–xolos,maqom–muqom, yonilg‘i–yoqilg‘i,qimmat– qiymat, afzal – abzal.
2. Bu tuproq chehrasi – Vatan chehrasi
Ota – onamizning yuziday tanish
Biz uning milliarddan bir hujayrasi
Haromzodalikdir tuqqandan tonish
Tarqatma material
O‘qing. Undosh tovushlarni ifodalovchi harflarni ko‘chiring (takrorlangan harflar olinmaydi). Undan tovushlarning ovoz, tovush paychalarining ishtiroki va tarkibiga ko‘ra xususiyatlarini namunadagidek izohlang.
Namuna. Bahor – b – ovozning ishtirokiga ko‘ra shovqinli, tovush paychalarining ishtirokiga ko‘ra jarangli, tarkibiga ko‘ra sof undosh tovush.
Qayiqlar to‘xtaydigan joyda och yashil, tiniq moviy rang hoshiya chizilgan oppoq qayiqlar yengil to‘lqinda chayqalib turardi.
Tarqatma material
O‘qing. So‘zlarni bo‘g‘inlarga ajratib, har bir bo‘g‘in tarkibidagi unlilarni v, undoshlarni s belgisi bilan namunadagidek yozing.
Namuna. Hamroqul akani butun dunyo tanir edi.
Ham-ro-qul – cvc – cv-cvc, a-ka-ni – v-cv-cv...
Mamlakatga kelgan ajnabiy mehmon borki, Sho‘ralisoyni ziyorat qilmay, Hamroqul aka bilan hamsuhbat bo‘lmay ketmasdi. Hamroqul aka olimga ham, dehqonga ham ,yozuvchiga ham, vazirga ham, muhandisga ham, qirolichaga ham, kinochiga ham, rassomga ham gap topa olardi. U bilan suhbatda bo‘lgan odamlar uni xalq bilimdoni, xalq olimi, so‘z ustasi deb atar edilar.
Tarqatma material
Bo‘g‘inlarning tovush tarkibi, miqdori ko‘rsatilgan quyidagi sxema va shartlar asosida o‘zbekcha va ruscha – baynalmilal so‘zlardan misol yozing. Masalan: vcv-ona
vccv, vcc, cvc, cvcv, ccvcv, vc, cvcc, cccvc, ccvcc, ccvcccvcc, ccvcvcvcc, vccvcvccvc, cvccvccvcv, cvccvc, vcvcv, cvcvccv, vcccvcvcvc, ccvcvccvc

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling