N a m u n a : kitob – 12, 10, 20, 16, 2.
1. Injener Mingboev koridorning metall eshigini burab, g‘ildirak mustahkamlagichlarini bo‘shatib olgach, elektr chiroqlarni yoqdi.(Mirm.)
5-mashq. Quyidagi so‘zlarni lotin yozuvidagi o‘zbek alfaviti bo‘yicha namunadagidek raqamlab yozing.
N a m u n a : Bahodir – 2, 1, 7, 14, 3, 8, 17.
1. Qodirjon Haydar bilan bir institutda o‘qigan, hozir o‘z dadasi Jamol Bo‘riboyevning qo‘lida ishlayapti (O.Y.) 2. Mana, uning farzandi, to‘ng‘ich o‘g‘li shunday katta ilm dargohida fan sirlarini o‘rgandi…(O.Y.)
6 -mashq. O‘qing. Turkiy xalqlar amal qilgan yozuvlarni aniqlang.
Uyg‘ur, arab, mixxat, kelt, so‘g‘d, gruzin, kirill, lotin, runik, arman, oromiy, o‘rxun-enasoy, makedon, yunon, sanskrit, hind, xorazm, eftalit, pahlaviy, qo‘shan, suriya, ieroglif.
7-mashq. Quyidagi gaplardagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning qaysi yozuv (fonetik, morfologik, shakliy, tarixiy-an’anaviy, differen-tsiatsiya yozuvi) asosida yozilganini aniqlab ko‘chiring.
1. Qiz onaning, ona qizining diydoriga toza to‘yadi-da endi. (J.Abd.)
2. Xayrlashuv oldidan Shamsi To‘raevich, darvozaxonaning bir burchagiga terib qo‘yilgan pishiq g‘isht uyumini unga ko‘rsatdi.(N.A.) 3. Binoiyning e’tiqodicha, turkiyda she’r so‘ylamoq – behuda harakat. (O.) 4. Yangi tushgan yilim ro‘zada ramazon aytib kelib qolishdi. (Sh.) 5. O‘zlarini chohga urishga hozir mullavachchalar, boshimiz ketsa ham mavlono Ali Qushchini qutqaramiz, deydilar. (O.Yo.) 6. Zilziladan oldin kolxoz dalalari bo‘lgan pastu baland yerlarda shaharcha tig‘iz hovli-joylar paydo bo‘lgan edi. (P.Q.) 7. Holbuki, aholi soni misli ko‘rilmagan sur’atlar bilan o‘sib boryapti. (O.Yo.) 8. Unga tirkalib oldim: qachonki mashinasiga qarasa, darrov men hozir. (O.) 9. O‘rtoqlaringizdan bittasi hazilvon ekan, toza kuldirdi. (Mirm.) 10. Shu damgacha oshig‘i olchi bo‘lib kelgan puldorlar, boylarni endi jahannam qa’riga dumalatamiz. (O.) 11. Kuz iliq kelgani uchunmi, Hirot tojdorlari hali ham qal’a tashqarisidagi bog‘larda yashamoqda edilar. (P.Q.) Toju taxt davosidan voz kechdim!(P.Q.) 12. Oqsoqol shuncha yoshga kirib hali hech kimdan bunaqa ta’na eshitmagan edi. (S.Ahm.) 13. Xonzoda begim xonning shartini qabul qilgandan keyin Bobirni ta’qib etmaslik haqida butun qo‘shinga farmon berilgan edi. (P.Q.)
Do'stlaringiz bilan baham: |