N a m u n a : bosmа́ (sifat: bosmа́ qog‘oz) – bо́sma (fe’l: harakat)
Akademik, salom, etik, borgandir, terma, sholikor, to‘qima, fizik, ximik, hozir, yangi, aslicha, olma, tortma, almisoq, sizsiz, qishloqcha, jo‘rttaga, yigitcha, qizilcha, qo‘llar, gullar, bosma, olcha, tugma, bog‘lar, qizgina.
Grafika. Yozuv tarixidan. Imlo va to‘g‘ri talaffuz qoidalari
1-mashq. Tarkibida tovush va harflar soni teng bo‘lmagan so‘zlarni aniqlang.
Og‘zaki. 1. Adliya, bo‘ychan, ba’zan, rohatbaxsh, da’vat, inqilob, energiya, sarosima, fir’avn, gigiena, hadya, solnoma, aktyor, juz’iy, ma’raka, tirmizak, ayyom, kombayn, kenglik, qalamcha, buldozer, qaytariq, mo‘’jiza, sayyora, e’zoz, jamalak, osoyishta,
Yozma. 2. Afyun, mashmasha, taklifnoma, yeng, zumrasha, yung, ohang, mordvin, palto, asbobsozlik, ko‘ngil, xushtabiat, anglamoq, la’nat, kaltsiy, sumalak, Yahyo, raz’ezd, parishon, dunyo, elektrod, yalang, ittifoq, ingichka, podshoh, jaholat, bozorgir, meteorit.
2-mashq. Berilgan so‘zlarni kirill yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi bo‘yicha tartib bilan joylashtiring.
Og‘zaki. 1. Sersut, zakiy, yangroq, qiyomat, ajoyib, bahaybat, vulqon, bankir, uzlat, haykaltarosh, bo‘shliq, po‘stinbop, qopqoq, dakana, qulupnay, timsoh, abxaz, davomat, monolog, posongi, metraj, doshqozon, ehtiros, oymoma, xalqaro, taqozo.
Yozma. 2. Izg‘irin, emissiya, laylak, karnaygul, estakada, piyonista, semurg‘, farishta, loaqal, fusunkor, olachipor, flagman, kabinet, golland, sopqon, opponent, gulduros, makkor, afandi, giyoh, hajviya, qirg‘iz, ko‘chki, hudhud, internet, lashkargoh, inshoot, qanshar.
3-mashq. Berilgan so‘zlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi bo‘yicha tartib bilan joylashtirib yozing.
Og‘zaki. 1. Abzal, nutq, peshtaxta, nisholda, adash, daromad, mahorat, demokratiya, pirovard, otash, dorilamon, falokat, lochin, firdavs, gazanda, kamalak, gulxayri, affiks, koshin, gvardiya, oqizoq, halim, qadriyat, himmat, navnihol.
Yozma. 2. Nokim, vazir, jumboq, metropoliten, bahavo, leksika, hurriyat, ijobiy, kimyogar, intiqom, latofat, palyon, izquvar, bepoyon, maqom, jarroh, omonim, jiqqamusht, liliput, ravoq, sazovor, bukur, texnolog, xaloyiq, sharoit, chaqaloq, adolat, quvonch.
4-mashq. Quyidagi so‘zlarni kirill yozuvidagi o‘zbek alfaviti bo‘yicha namunadagidek raqamlab yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |