O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti sharifzoda sardorbek o‘rozboy tabib o‘G‘li umumiy pedagogika


Download 0.7 Mb.
bet103/264
Sana19.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1604920
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   264
Bog'liq
ped. qo\'llanma

Nazorat uchun savollar:



  1. Dunyoqarash nima?

  2. Ilmiy dunyoqarash tushunchasi qanday ma’noni anglatadi?

  3. Sharq mutafakkirlarining shaxs dunyoqarashini shakllantirish borasida qarashlardan namunalar keltiring.

  4. Aqliy tarbiya mohiyati nimalardan iborat?

  5. Iqtisodiy tarbiya o‘quvchi dunyoqarashini shakllantirishda qanday o‘rin tutadi?

  6. O‘quvchi dunyoqarashining shakllanishiga ekologik tarbiya qanday ta’sir ko‘ratadi?



13-Mavzu: Fuqarolik tarbiyasi. Huquqiy tarbiya. Mehnat tarbiyasi. Iqtisodiy tarbiya.
Reja: 1. Fuqarolik tarbiyasining maqsad va vazifalari, funksiyalari.
2.O‘quvchilarga fuqarolik tarbiyasini berish jarayonida davlat ramzlari (madhiya, gerb, bayroq)dan foydalanish.
3.Vatanparvarlik va baynalminallik – fuqarolik tarbiyasi asosi.
4.Huquqiy tarbiya. Yosh avlodning huquqiy madaniyati va ongini shakllantirish - fuqarolik tarbiyasining tarkibiy qismi.
5.Mehnat tarbiyasi maqsad va vazifalari, mazmuni va metodlari.
6.Iqtisodiy tarbiya mehnat tarbiyasining tarkibiy qismi sifatida.


Tayanch tushunchalar: Fuqarolik tarbiyasi - fuqarolik tushunchasining mohiyatini anglatish orqali o‘quvchilarda yuksak darajadagi fuqarolik madaniyatini shakllantirish, ularni xalq, Vatan, jamiyat manfaatlari yo‘lida kurashuvchi fuqarolar etib tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon. Fuqarolik tarbiyaning markaziy obyekti fuqaro sanaladi.
Fuqaro-fuqaroligi huquqiy jihatdan e’tirof etilgan hamda muayyan jamiyat (davlat) a’zosi bo‘lgan shaxsdir.
Fuqarolik esa huquqiy va axloqiy me’yorlarga ongli rioya etish, ma’lum huquqlardan foydalanish hamda burchlarni bajarishga mas’ullik bilan yondashuv, mehnat jarayoni va jamoadagi faollik, ma’naviy yetuklik asosida muayyan davlatga mansublik.
Baynalminallik («inter» – orasida, o‘rtasida, aro, «natio» – xalq)– o‘zga millat va elatlarning haq-huquqlari, erki, urf-odatlari, an’analari, turmush tarzi, tili hamda vijdon erkinligini hurmat qilish, ularning manfaatlariga ziyon yetkazmaslikni ifoda etuvchi shaxsga xos ma’naviy-axloqiy fazilat.
Vatanparvarlik (lotincha «patriotes» – vatandosh, «patris» – vatan, yurt) - shaxsning o‘zi mansub bo‘lgan millat, tug‘ilib o‘sgan vatani tarixidan g‘ururlanishi, buguni to‘g‘risida qayg‘urishi hamda uning porloq istiqboliga bo‘lgan ishonchini ifoda etuvchi yuksak insoniy fazilat.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling