O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti sharifzoda sardorbek o‘rozboy tabib o‘G‘li umumiy pedagogika


Download 0.7 Mb.
bet113/264
Sana19.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1604920
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   264
Bog'liq
ped. qo\'llanma

Mehnat tarbiyasini tashkil etish jarayonida o‘quvchilar dastlab ishlab chiqarish jarayonlarining ilmiy asoslari bilan tanishadilar.
Mehnat tarbiyasi maqsadga muvofiq, tizimli, izchil tashkil etiladi. Mehnat ta’limi sinf xonalari, o‘quv-tajriba maydoni, mashina-traktor saroyi, o‘quv-tarbiyaviy tadbirlar jarayoni, ishlab chiqarish korxonalari va xo‘jaliklarning dalalarda olib boriladi.
Natijada ma’lum qiymatga ega bo‘lgan ijtimoiy-foydali mahsulotlar yaratiladi hamda ilg‘or kasb sohiblariga xos bo‘lgan shaxslik fazilatlari shakllanadi.
Shu jihatdan olib qaraganda, bugungi kunda mehnat ta’limining mazmuni, maqsad va vazifalari o‘zgardi, texnologik ta’lim ustuvorlik kasb etdi, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish tizimi yangilandi. Mehnatni ilmiy tashkil etishning birinchi darsini ham o‘quvchi ta’lim jarayonida oladi.
Ta’lim jarayonida olgan bilimlarini amaliyotda sinab ko‘radilar. Umumiy mehnat jarayonida o‘quvchilarning kombinatlar, jamoa hamda fermer xo‘jaliklari, korxona, zavod va fabrikalarda texnik va texnologik bilimlari mustahkamlanadi, shuningdek, ular tashkilotchilik malakalariga ham ega bo‘ladilar.
Sinfdan tashqari ishlar jarayonida mehnat tarbiyasi, ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi.
Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning turli shakllari o‘quvchining texnik ijodkorligini rivojlantiradi, u yoki bu bilim sohasida bilimga bo‘lgan qiziqishini shakllantiradi. To‘garaklarda o‘quvchining qiziqish va qobiliyatlari namoyon bo‘ladi.
O‘quvchilarning to‘garaklardagi faoliyati ma’lum pedagogik talablarga rioya qilganda samarali bo‘ladi. Chunonchi:

  • to‘garak faoliyati ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lishi lozim, ya’ni, o‘quvchilar tayyorlagan buyumlar kishilar uchun amaliy qiymatga ega bo‘lishi zarur;

  • texnik ijodkorlik o‘quv muassasasidagi o‘quv-mehnat jarayoni bilan uzviy alohida bo‘lishi kerak (maktab, kollej, oliy ta’lim va boshqalar);

  • ijtimoiy-foydali, unumli mehnat jarayonida o‘quvchining texnik ijodkorligini tashkil etishda faoliyatni ijtimoiy buyurtmadan ijodkorlikka aylantirish kerak bo‘ladi.

Ayni vaqtda juda ko‘plab maktablarda yordamchi xo‘jalik mavjud. Korxona va xo‘jaliklar ta’lim muassasasiga majmuaviy yondashuv asosida mehnat tarbiyasini tashkil etishga ko‘maklashmoqdalar. O‘quvchilar ishlab chiqarish subyektlarining iqtisodiy rivojlanishi bilan tanishadilar. Bu jarayon ularni turli kasblarni egallash shartlari va sharoitlari bilan tanishtirishga yordam beradi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling