O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti sharifzoda sardorbek o‘rozboy tabib o‘G‘li umumiy pedagogika


Rag‘batlantirish metodlariga mukofotlash va ma’qullash kiritiladi


Download 0.7 Mb.
bet121/264
Sana19.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1604920
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   264
Bog'liq
ped. qo\'llanma

Rag‘batlantirish metodlariga mukofotlash va ma’qullash kiritiladi
Bugungi kunda shartnomalar tuzish, o‘z-o‘zini shakllantirishga doir shaxsiy dasturlarni loyihalash, o‘quvchilarni qiziqishlariga ko‘ra tabaqalashtirish monitoringi, testlar, jarimalar (ball hisobida) kabi tarbiyaning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish ham ijobiy ntijalarga olib kelmoqda.
Hozirgi davrda yoshlar o‘rtasida tobora ommaviylashib borayotgan «Zakovat», «Intellektual ring», «Qizlar davrasi», «O‘yla, izla, top!» kabi o‘yinlar ham mazmun, ham mohiyati, ham metodik jihatdan o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy jihatdan shakllantirishda samarali shakl, metod va vositalardan foydalanish boy milliy madaniy, tarixiy va pedagogik an’analar, urf-odatlar va umumbashariy qadriyatlarga asoslanadi.
Bu borada tarbiya jarayonida o‘quvchining axloqiy, ijodiy, ma’naviy, jismoniy jihatdan shakllantirishga qaratilgan innovatsion metodlar samarali natijalar beradi. Bunday tarbiya o‘quvchilarda voqealar rivojini oldindan ko‘ra bilish, o‘zini real voqelikda anglash, kelgusi hayot yo‘lini to‘g‘ri belgilash, axloq, e’tiqod, ishonch, axloqiy qadriyatlarni to‘g‘ri anglash, ijtimoiy hayotda turli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilishga yo‘llaydi.
Ayniqsa, bahslashish, ishontirish treninglarida o‘quvchi-yoshlarning faolligi, liderlik sifatlari, jamoada ishlash ko‘nikmalari shakllanadi. O‘zgalar fikrini hurmat qilish, ishontirish, o‘z fikrini asoslash, munozarada qatnashish mahorati paydo bo‘ladi. Shuningdek, muloqot madaniyati, his-tuyg‘ularini jilovlay olish, fikr yuritish mahorati shakllanadi. O‘z ishiga mas’uliyat hissini shakllantirib, ijodiy tasavvurini rivojlantiradi, ma’naviy-axloqiy tadbirlarni loyihalashtirish, ko‘ngilochar, tashhisli, ishchan va harakatli o‘yinlar, ziddiyatlarni hal etishning turli uslublari (tanqid usullari – ruhlantiruvchi, ta’nali, umidli, qiyosiy), rag‘batlantiruvchi (tanqid, vaziyatni yumshatuvchi, gina, tanbeh beruvchi tanqid - bularning barchasini insonparvarlik g‘oyalari asosida olib borish ijobiy natijalar beradi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling