O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti sharifzoda sardorbek o‘rozboy tabib o‘G‘li umumiy pedagogika


Estetik tarbiyaning maqsad va vazifalari, mazmuni, shakl va metodlari


Download 0.7 Mb.
bet122/264
Sana19.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1604920
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   264
Bog'liq
ped. qo\'llanma

3.Estetik tarbiyaning maqsad va vazifalari, mazmuni, shakl va metodlari.
Estetik tarbiya (estetikika - lotincha “estezio” go‘zallikni his qilaman) - o‘quvchilarni voqelik, tabiat, ijtimoiy va mehnat munosabatlari va turmush go‘zalliklarini anglash, idrok etish va to‘g‘ri tushunishga o‘rgatish, ularning badiiy didini o‘stirish, ularda go‘zallikka muhabbat uyg‘otish, ular tomonidan go‘zallikni yaratish qobiliyatlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.71
Estetik tarbiya insonda go‘zallikni his qilish tuyg‘usini shakllanishiga yordam beradi, uni rivojlantiradi. Inson doimo o‘z hayotini go‘zallik asosida qurishga intiladi. Estetik tarbiya axloqiy, aqliy, huquqiy, ekologik, jismoniy va mehnat tarbiyasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Tabiat, adabiyot, teatr, musiqa, she’riyat, tasviriy san’at va boshqalarga bo‘lgan muhabbat shaxsning har tomonlama rivojlanishiga xizmat qiladi. Estetik tarbiyaning mohiyati shundan iboratki, u go‘zallikka bo‘lgan munosabatni qaror toptiradi. Go‘zallikka bo‘lgan tuyg‘uni rivojlantirmay turib, yuqori mehnat madaniyatiga erishib bo‘lmaydi. Mehnat faoliyatida paydo bo‘lgan go‘zallik butun tarixiy taraqqiyot bosqichlarida rivojlanib bordi, u mehnat faoliyatining o‘ziga ham ta’sir ko‘rsata boshladi. Mehnat jarayonida tayyorlangan har bir buyum (tovar)ning ahamiyati, funksiyasi, zarurligi insonning tabiiy ehtiyojlarini qondirishi jihatidangina emas, balki uning qanchalik go‘zalligi bilan ham baholanadi. Go‘zallik bu hayotning o‘zi, tabiat hamda inson mehnati natijalari, insoniy munosabatlarning mukammalligidir.
Estetik tarbiyaning maqsadi o‘quvchilarda go‘zallik haqidagi bilimlar atrof, hayot voqeligi, buyumlar, ularning rang-barangligi, turlarini, hamda san’at asarlarini estetik o‘zlashtirishi jarayonida tarkib toptirish hisoblanadi.
Estetik bilimlar aniq tarbiyaviy ishlar – tanlov, viktorina, bayram, ko‘rgazma va hokazolarni tashkil etish asosida hosil qilinadi. O‘quvchilar o‘z qobiliyatlarini turli xil badiiy-ijodiy faoliyatlarda namoyon etadilar. Kichik yoshda “barcha bolalar istisnosiz rasm soluvchilardir” (K.D.Ushinskiy), “har bir bola – shoir” (V..Suxomlinskiy).
O‘smirlarda go‘zallik ijodkorligiga bo‘lgan ehtiyoj ortib boradi. Bunday holat ilk yoshlik davrida ham saqlanib qoladi. Biroq, bu davrda badiiy qobiliyat, aksariyat o‘quvchilarda o‘zgacha bo‘ladi. Ular ko‘pincha musiqa va raqsga qiziqa boshlaydilar. Demak, o‘quvchilarning estetika bilan oshnoligi turli yosh davrlarida o‘g‘il va qiz bolalarda o‘ziga xos xususiyat kasb etadi.
Estetik tarbiyashaxsning estetik ongi, munosabatlari hamda estetik faoliyatining vujudga kelishi va takomillashuvidan iborat uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib, bu jarayon yosh va ijtimoiy omillar bilan belgilanadigan turli bosqich hamda darajalarga ega. Estetik tarbiya shaxsning estetik madaniyatini egallashiga yo‘naltirilgan bo‘lib, turli shakl va metodlar yordamida amalga oshiriladi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling