O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti sharifzoda sardorbek o‘rozboy tabib o‘G‘li umumiy pedagogika


Download 0.7 Mb.
bet123/264
Sana19.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1604920
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   264
Bog'liq
ped. qo\'llanma

Estetik tarbiya vazifalari tarbiyaning umumiy maqsadlaridan kelib chiqqan holda, bolalarning yosh insoniyatlariga qarab belgilanadi. Estetik tarbiya oldida quyidagi vazifalar turadi:
1. Bolalar hayotidagi voqelikdagi go‘zallikni tushunishga, sevishga tabiatda va turmushdagi mehnatda ijtimoiy hayotdagi kishilar xatti-harakatida bolalarga tushunarli bo‘lgan go‘zallikni ko‘ra bilishga o‘rgatish, ularda estetik his, did, munosabatini tarbiyalash, kuchlari yetganicha hayotda go‘zallik yaratishda faol ishtirok etish.
2. Bolalarni badiiy ijodiyotning turli janrlarida yaratilgan san’at asarlarni ko‘rish, tushunish va sevishga o‘rgatish orqali o‘zlarida estetik ong asoslarini shakllantirish chiroylilikni xunuklikdan, g’amginlikni xursandchilikdan farqlay olish, ranglarni, shakl va tovushlarni bir-biridan ajratib bilish kabi sensor etalonlari bilan tanishtirish.
3. Bolani san’atning turli sohalari: o‘yin, ashula, she’r, o‘qish, qayta hikoya qilish, ijodiy faoliyat kabilardan yana ham faolroq harakat qilish va o‘zini ko‘rsata bilishga o‘rgatish. Bu orqali bolalarda badiiy ijobiy qobiliyatni, hayolni o‘stirish, ko‘rish xotirasini rivojlantirish.
Estetik tarbiyaning mazmuni o‘quvchilarda estetik bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishni hamda, estetik his-tuyg‘u, qiziqish, ehtiyoj, baho berish va didlarini tarbiyalashni o‘z ichiga oladi.
Estetik tarbiya bu san’at, tabiat va jamiyat hodisalaridagi nafosatlilikni idrok etish tushunish ijod qilish va hayotini estetik qonun qoidalar asosida tashkil qilishdir.
Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda estetik idrokining psixologik qonuniyatlarini hisobga olish lozim. Bu xususiyatlar ilk yoshdagi bolalarga xos hamda rivojlanish, estetik tajribasi, tasavvurlarning shakllanganlik darajasiga bog‘liq. Atrof-olam hodisalari dastlab estetik sifatida namoyon bo‘lmaydi. Bunday bo‘lishdan oldin ular idrok etiluvchan, mazmunli, tushunarli bo‘lishi lozim. Demak, tarbiyachi, o‘qituvchining birinchi navbatdagi vazifalaridan biri o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda, eng murakkab hodisalar hamda go‘zallik shakllari, estetik muammolarini anglab yetishi lozim. Nafosatni idrok etishning muhim unsuri – hissiyotlilik. San’at, borliqni yorqin aks ettiruvchi yuqori badiiy asar mazmunini idrok etishda o‘quvchilar quvonch yoki g‘azab, qo‘rqinch yoki ishonchni his etadilar. Bu tuyg‘u go‘zallik qonuniyatlari g‘oyasi bilan yashashga undaydi.
Estetik tarbiyaning vositalari o‘quvchilarning go‘zallikni sevish ruhida tarbiyalash maqsadida tevarak-atrofdan tanlab olingan turmush, tabiat, san’at go‘zalligi va bolalarning badiiy faoliyatini tashkil etishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonda qo‘llaniluvchi omillar sanaladi.
Oila go‘zallikning birinchi maktabidir. Oila a’zolarining o‘zaro munosabatlari, uy-jihozlari, ularning yagona birligi, uyg‘unligi, tartibli joylashtirilishi, saranjom-sarishtalik, maktabning bezatilishi, maktabdagi yodgorlik va a’lochilar burchagi kabilarning barchasi bevosita bolalarda go‘zallikni tarbiyalashda katta ta’sir ko‘rsatadi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling