O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti sharifzoda sardorbek o‘rozboy tabib o‘G‘li umumiy pedagogika


Ekologik tarbiyaning mohiyati va mazmuni, shakl va metodlari


Download 0.7 Mb.
bet126/264
Sana19.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1604920
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   264
Bog'liq
ped. qo\'llanma

4.Ekologik tarbiyaning mohiyati va mazmuni, shakl va metodlari.
Ekologiya” tushunchasi ilk bor nemis zoologi E.Gekkel tomonidan qo‘llanilgan. Ekologik tarbiya ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Ekologik tarbiya (grekcha “oikos” - turar joy, makon, “logos” - fan) o‘quvchilarga dastlabki ekologik bilimlarni berish, mavjud ekologik bilimlarini boyitish, ularda tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etish, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan pedagogik jarayondir.
O‘zbekiston Respublikasida tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu yo‘lda amalga oshiriluvchi ijtimoiy-ekologik harakat mazmuni “O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish Milliy harakat rejasi”da o‘z ifodasini topgan.
Tabiat va atrof-muhitni muhofaza qilish, shuningdek, ekologik muammolarning ijtimoiy xavfi xususida to‘xtalib, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov quyidagi fikrni qayd etadi: “Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachon milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan. Ekologiya hozirgi zamonning keng miqyosidagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir. Uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo‘lib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko‘p jihatdan ana shu muammoning hal qilinishiga bog‘liqdir”75.
Ekologik tarbiyaning mohiyati o‘quvchilarda tabiatga nisbatan to‘g‘ri munosabatni qaror toptirish, mehr-muhabbatni uyg‘otish, atrof-muhit musaffoligiga erishish ekologik muammolarni hal etish sanaladi.
Ekologik tarbiya atrof-muhitga nisbatan munosabat tarbiyasidir. Ekologik ta’lim-tarbiya umumiy ta’lim-tarbiyaning yangi shakli va tarkibiy qismi bo‘lib, maktabda barcha fanlar qatori o‘qitiladi. Ekologik tarbiyaning bosh maqsadi yosh avlodda atrof - muhitga ongli munosabatni shakllantirishdan iborat.
Ekologik ta’lim o‘quvchiga aniq maqsadga muvofiq, izchil, tizimli va uzluksiz ravishda nazariy ekologik bilimlarni berishga yo‘naltirilgan ta’limiy jarayonidir.
Nazariy ekologik bilimlar (ekologik ong) hamda atrof-muhit va tabiat muhofazasi yo‘lida olib borilayotgan faoliyat birligi ekologik madaniyatni shakllantirishga xizmat qiladi. Ekologik ong tabiat va atrof-muhitning mavjud holati, ularni muhofaza etish borasidagi tushunchalarning ongdagi ifodasi bo‘lib, u murakkab ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida namoyon bo‘ladi. Ekologik faoliyat esa ekologik bilimlarga tayanilgan holda tabiat va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan xatti-harakatlar majmui demakdir.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling