Nazorat uchun savollar:
«Ma’naviyat», «axloq» tushunchalarining mohiyatini tushuntiring.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya nima? Uning mohiyati haqida so‘zlab bering.
Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning vazifalari nimalardan iborat ekanligini ayting.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya mazmuni nimalarni o‘z ichiga oladi? Uning asosiy talablari nimalardan iborat?
Nafosat tarbiyasining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat ekanligi haqida so‘zlab bering.
Nafosat tarbiyasining vositalarini ko‘rsating.
Go‘zallik va xunuklik tushunchalarining mohiyatini izohlang.
Badiiy jihatdan saviyasi past asarlarni qanday aniqlash mumkin?
Sizga manzur bo‘lgan she’rlardan namunalar aytib bering.
O‘zbek rassomlaridan kimlarni bilasiz?
O‘quvchi dunyoqarashining shakllanishiga ekologik tarbiya qanday ta’sir ko‘ratadi?
Jismoniy tarbiya deganda nimani tushunasiz?
Jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
Mamlakatda jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishiga berilayotgan e’tibor nimalarda ko‘zga tashlanadi?
O‘quvchilar gigiyenasi nima? Bu haqida buyuk pedagog Abdulla Avloniy qanday fikrlarni bildirgan?
«Jismoniy tarbiya – kashandalik va alkogolizmning dushmani» iborasining mazmunini izohlab bering.
15-mavzu: O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimi.
Reja:
1.O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni.
2. Uzluksiz ta’lim tizimi, uning tarkibiy qismlari va darajasi.
3. Ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy prinsiplari.
Tayanch tushunchalar.
Ta’lim – o‘quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan jarayon.
Do'stlaringiz bilan baham: |