O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti sharifzoda sardorbek o‘rozboy tabib o‘G‘li umumiy pedagogika


Download 0.7 Mb.
bet132/264
Sana19.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1604920
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   264
Bog'liq
ped. qo\'llanma

Tizim (mustakil tushuncha sifatida) - o‘zaro boglangan ko‘plab elementlar (tarkibiy kismlar) o‘rtasidagi mustahkam birlik va o‘zaro yaxlitlik.
Ta’lim tizimi – davlat siyosatining asosiy tamoyillari asosida yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish yo‘lida faoliyat yurituvchi barcha turdagi ta’lim muassasalari majmui.
Ta’lim va tarbiya mazmuni – shaxsning aqliy va jismoniy qobiliyatini har tomonlama rivojlantirish, dunyoqarashi, odobi, xulqi, ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlik darajasini shakllantirish jarayonining mohiyati.82
1.O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni
Amaldagi O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni,
2020-yil 23-sentabr kuni tasdiqlangan bo‘lib 11 bob ,75 moddadan iboratdir.
Unda uzluksiz ta’lim tizimining mohiyati, yo‘nalishlari, ta’lim mazmuni, ta’limning huquqiy asoslari batafsil ochib berilgan. Mazkur me’yoriy hujjat mazmuni quyidagilar ifodasini topgan:

  1. umumiy qoidalar;

  2. ta’lim tizimi, turlari va shakllari;

  3. ta’lim tizimini boshqarish;

  4. ta’lim faoliyatini tashkil etish va uning nazoratini amalga oshirish ;

  5. ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining huquqiy maqomi;

  6. ta’lim oluvchilarning, ular ota-onasining hamda boshqa qonuniy vakillarining huquq va majburiyatlari ;

  7. ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish;

  8. nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash, ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish. Xorijiy davlatda olingan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni tan olish, ta’lim sohasidagi hujjatlarga apostil qo‘yish;

  9. ta’limni moliyalashtirish va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash ;

  10. ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik;

  11. yakunlovchi qoidalar;83

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida alohida urg‘u berilganidek, ta’limni tashkil etishning asosiy maqsadi ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling