Nazorat uchun savollar:
Ta’lim sohasidagi Davlat siyosatining asosiy tamoyillari mohiyatini izohlab bering.
Ta’lim tizimi deb nimaga aytiladi?
Uzluksiz ta’lim tizimi bosqichlarini sanab bering.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
Oliy ta’lim bosqichlari, ularning mohiyatini yoritib bering.
Rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim tizimi O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimidan farq qiladimi? Farqli jihatlarni ko‘rsating.
16-Mavzu. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar.
Reja:
1. Pedagogika tarixi fanining maqsad va vazifalari.
2.Eng qadimgi yozma manbaalarda ta’lim-tarbiya masalalari.
3.Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar.
Tayanch tushunchalar.
Komil inson tarbiyasi – bu ta’lim-tarbiya jarayoni orqali yo‘naltiriladi va pedagogika fani asosida unga ma’naviy-ma’rifiy asoslar yaratiladi.
Madaniy meros – ajdodlar tomonidan yaratilgan amaliy tajriba, axloqiy, ilmiy, tafakkuriy, diniy va ruhiy qarashlar, xalq madaniyati va ijodi kabi moddiy hamda ma’naviy boyliklar majmui.
Ma’naviyat – kishining ichki, ruhiy, axloqiy qiyofasi tushunchasi bo‘lib, ma’lum bir axloq me’yorlari, maromlari asosida yashash tarzi, umuman hayotdir.
Ma’rifat – (arabcha – bilmoq) ta’lim-tarbiya, iqtisodiy, siyosiy, falsafiy, diniy g‘oyalar majmui asosida kishilarning ong – bilimini, madaniyatini o‘stirishga qaratilgan faoliyat.
Qadriyat – bu qadr-qimmat ma’nosini anglatib, u inson uchun qadrli bo‘lgan barcha narsa va hodisalar (predmet va jarayonlar) majmuidir.
E’tiqod – bu shaxsning o‘z qarashlari, tamoyillari va dunyoqarashiga mos ravishda harakat qilishga undovchi anglanilgan ehtiyojlar sistemasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |