Limga kirish fanidan 1-Mus


Download 1.35 Mb.
Sana04.04.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1324403
Bog'liq
Fayoza U Sh ning Taa\'limga kirish fanidan 1 Mustaqil ishi compressed


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH
VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI
“TT va KT” fakulteti AKT-11-21
Guruh talabasi Fayoza Urolovaning
Ta’limga kirish fanidan
1-Mustaqil
Topshirdi:
Qabul qildi:
ish
Fayoza.U
Ilmurodova.D
Reja:
1. Antik davrdagi Yevropa va sharq mamlakatlari ta’lim tizimining qiyosiy tahlili
(Ven diagrammasi, T-sxema) grafik organayzerlari asosida.
2. O’zbekiston Respublikasi Uzluksiz ta’lim tizimini tahlili (“Nilufar guli”grafik
organayzeri asosida).
3. Ta’lim tizimida innovatsiyalar (Moodle, LMS, SMART ta’lim, E-learning).
Antik davr — (lotincha: antiquus — qadimiy)
qadimgi yunonlar va rimliklar madaniyatiga xos davr. Uygʻonish
davrida yuzaga kelgan atama.
Antik davr (lotincha: antiquus — qadimiy) — keng maʼnoda qadimgi
davrni anglatuvchi termin; isteʼmolda boʻlgan maʼnoda
esa Yunoniston va Qadimgi Rim tarixi va madaniyatining ellinizm davrini
anglatadi.[1]
Bolqon yarimorali va Oʻrtayer dengizi orollaridagi qadimgi yunon
davlatlarining umumiy nomi Qadimgi Yunoniston deb atalgan
Gʻarbiy Yevropadayuz bergan alohida madaniy va tafakkuriy taraqqiyot davri. „Renessans“ atamasi
dastlab Italiyadagi madaniy-maʼnaviy yuksalish (14—16-asrlar)ga nisbatan qoʻllanilgan, uni oʻrta
asrchilik turgʻunligidan yangi davrga oʻtish bosqichi deb baholaganlar. Renessansning asosiy
alomatlari: tafakkurda va ilmu ijodda dogmatizm, jaholat va mutaassiblikni yorib oʻtib, insonni
ulugʻlash (qarang Gumanizm), uning isteʼdodi, aqliyfikriy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish; antik
davr (yunonrum) madaniyatiga qaytib, uni tiklash, boyitish; cherkov sxolastikasidan qutulib, adabiyot
va sanʼatda dunyoviy goʻzallik, hayot taronalarini qizgʻin kuylash; inson erki, hurfikrlilik uchun
kurashish. Buning natijasi oʻlaroq, ijodiy qudrat va tafakkur kuchini namoyish etadigan ulugʻvor
badiiy asarlar, salobatli binolar yaratildi, ilmfan rivojlandi. Italiyada shoir Petrarka va Dante, rassom
Jotto, adib va mutafakkirlar Bokkachcho, Ariosto, Tasso, Byome Renessans gʻoyalarining jarchilari
boʻlib maydonga chiqsilar. Keyinchalik Michelangelo, Rafael, Shakespeare, Miguel de
Cervantes Yevropaning turli mamlakatlarida buni davom ettirdilar.
Michelangelo di Lodovico Buonarroti Simoni (6-mart, 1475 – 18-fevral, 1564) —
italiyalik haykaltarosh, rassom, arxitektor, shoir. Renessans davrining buyuk
namoyondalaridan biri.
Don Miguel de Cervantes Saavedra(miˈɣel ðe θerˈβantes saaˈβeðra; 29-
sentabr, 1547 – 23-aprel, 1616) ispan yozuvchisi, shoiri va dramaturgi boʻlgan.
Uning Don Kixot romani Gʻarb adabiyoti klassikasi hisoblanib, 65'dan ortiq tillarga
tarjima qilingan.
William Shakespeare (talaffuzi: Uilyam Shekspir; 26-aprel 1564-yil – 23-aprel
1616-yil) — ingliz dramaturgi, shoir va aktyor, dunyoning eng
mashhur dramaturglaridan biri,. Teatr aktyori va dramaturg sifatidagi faoliyati 1580-
yildan boshlangan.
Osiyo markazida joylashgan Movarounnaxr, Xuroson va Eronda Italiyaga qaraganda bir necha asr oldin (9—12-
asrlar) ulkan madaniy koʻtarilish yuz bergan, ilm-fan, falsafa, adabiyot kuchli rivojlanib, ilgʻor insonparvarlik
gʻoyalari jamiyat fikrini band etgan, aqliy va ijodiy faollik gurkiragan. Bu davr dunyo ilmida „Musulmon
Renessansi“ (A. Mets) yoki „Sharq Uygʻonishi“ (N. I. Konrad) nomi bilan atalib kelinmoqda. Sharq Uygʻonish
davrida Yevropa Uygʻonish davrining asosiy belgilari mujassam: joʻshqin ijodiy faoliyat, ulkan bunyodkorlik
ishlarining amalga oshirilgani, aqlni hayratga soluvchi bemisl asarlarning yaratilgani shundan dalolat beradi. Sharq
Uygʻonish davri ham ulugʻ allomalar, qomusiy bilim sohiblari, mashhur mutafakkirlarni yetishtirdi. Aniq fanlar
sohasida Muhammad al-Xorazmiy, Abu Bakr Roziy, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad al-Fargʻoniy, Umar Xayyom,
Mirzo Ulugʻbek jahonshumul kashfiyotlar qildilar. Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Ibn Rushd, Muhammad
Gʻazoliy, Nasafiy Aziziddinlarning falsafiy asarlari tafakkur xazinasini boyitdi, olam, odam va jamiyat yaxlitlikda
tadqiq etilib, yangi qonuniyatlar ochildi, aqliy bilim ufqlari kengaydi, fozil jamiyat va komil inson nazariyasi
chuqur ishlab chiqiddi. Sheʼriyatda Abu Abdullo Rudakiy, Abulalo alMaarriy, Abulqosim Firdavsiy, Jaloliddin
Rumiy, Hofiz Sheroziy, Nizomiy Ganjavip, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy kabi daho ijodkorlar yetishib,
oʻlmas asarlar yaratdilar, ishqmuhabbat, qahramonlik, ozodlik va ezgulikni kuyladilar.
Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Al-Beruniy (4-sentabr, 973, Kat, Xorazm, — 13-
dekabr, 1048,Gʻazna) — Islom oltin davrining zabardast Xorazmlik qomusiy allomalaridan
biri. Al-Beruniy nomi forscha „birun“ (“chet” degan maʼnoni anglatadi) soʻzidan olingan
boʻlib, u Afrigʻiy Xorazmshohlar poytaxti Kat shahrining chekka tumanida tugʻilgan.
Ahmad al-Fargʻoniy (toʻliq ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-
Fargʻoniy) (taxminan— astronomiya, matematika, geografiya va boshqa ilmiy yoʻnalishlarda
faoliyat koʻrsatgan oʻzbek qomusiy olimi. Sharqda Al-Fargʻoniy, Yevropada
Alfraganus taxalluslari bilan mashhur. Uning hayoti va ilmiy faoliyati toʻgʻrisida juda oz, u
ham boʻlsa, uzuq-yuluq maʼlumotlar yetib kelgan.
Umar Xayyom (taxallusi; asl ism-sharifi Gʻiyosiddin Abulfath Umar ibn Ibrohim Xayyom
Nishopuriy) (1048.18.5, Nishopur - 1131.4.12) —
matematik, astronom, faylasuf, hakim va mutafakkir shoir.
Afzalliklari
Kamchiliklari.
Antik davrida Yevropa va
Sharq mamalakatlarida
ko’plab olimlar ta’lim
tizimini rivojlanishiga katta
hissa qo’shgan.
Antik davrda ta’lim tizimi
rivojlanishi uchun bugungi
kundagidek shart-sharoitlar
bo’lmasligi.
Ta’lim – O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuniga muvofiq bu, inson, jamiyat, davlat
manfaatlari yo’lidagi aniq maqsadga yo’naltirilgan jarayondir. Ta’lim deganda o’quvni yuzaga keltiradigan tashkiliy
va barqaror aloqa jarayoni tushuniladi. Xullas ta’lim avvalo o’quvchilarda bilimlar, uquvlar va malakalar tizimlari
shakllanishida ifodalanadigan ta’lim jarayonining nisbiy natijasidir, shuningdek, tarbiya, o’z-o’zini tarbiya, ta’sir
jarayoni, ya’ni inson qiyofasini shakllantirish jarayoni: bunda bilimning hajmi emas, balki uni shaxsiy sifatlar, o’z
bilimlarini mustaqil tasarruf etish uquvi bilan birlashtirish asos hisoblanadi.
Ta’lim tizimi– ta’limning mazmuni, shakli va usullarini belgilovchi qoidalar (tamoyillar) asosiy ketma-ketlik,
oddiydan murakkabga qarab borish tizimi hisoblanadi. Uzluksiz ta’lim deganda inson butun hayoti mobaynida olishi
mumkin bo’lgan ta’lim hisoblanadi.
Uzluksiz ta’lim - bu uning rivojlanishi tugamasligi, tadrijiy bog’liq bo’lgan bir necha bosqichlarga bo’linishi, har bir
bosqich yangi, ancha yuqori darajadagi bosqichga o’tish uchun imkon yaratishi tushuniladi.
Uzluksiz ta’lim tizimi – yagona ta’lim tizimi, ta’limni shaxs ijodiy imkoniyatlarining muntazam
rivojlanishini ta’minlovchi bir umrlik jarayon sifatida talqin etiladi va uning ma’naviy dunyosini
har tomonlama boyitadi. Tizim shaxsning rivojlanish jarayonini, “pillapoya” tarzida uning qaror
topishining imkonini beradi, “pillapoya”ning har bir pog’anasi insonning o’z ta’lim jarayonida
yanada yuqori darajada erishishga tomon tadrijiy harakatini anglatadi. Uzluksiz ta’lim-tarbiya
tizimini insonparvarlashtirish keng dunyoqarashli va ma’rifatli, aql-idroki mukammal, ma’naviy-
axloqiy jihatdan barkamol, ruhan tetik, o’z mamlakati va uning jahon hamjamiyatida tutgan o’rni
va rolida o’zining fuqarolik mas’uliyatini to’g’ri va to’la anglab yetgan iymonli, komil inson
shaxsini tarbiyalash maqsadlaridan kelib chiqadi.
O'zbekiston Respublikasida uzluksiz ta'lim
kadrlar tayyorlash tizimining asosi, ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotni ta'minlovchi, shaxs,
jamiyat va davlatning, ilmiy-texnikaviy va
madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor soha
bo'lib, ijodkor, ijtimoiy faol, ma'naviy boy
shaxsning shakllanishi va yuqori malakali
raqobatbardosh kadrlarning jadal tayyorlanishi
uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.
Maktabgacha
ta’lim
Kadrlarni
qayta
tayyorlash va
malakasini
oshirish ta’lim.
Umumiy o’rta
ta’lim
Uzluksiz
ta’lim
O’rta maxsus,
kasb hunar
ta’limi.
Oliy ta’lim
INNOVATSIYA (inglizcha innavation)-yangilik
kiritish, yangilikdir.Innovotsion
texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qituvchi
va talaba faoliyatiga yangilik,
o’zgarishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda
asosan interaktiv metodlardan
to’liq foydalaniladi. Interaktiv metodlar-bu jamoa
bo’lib fikrlash deb yuritiladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat MirziyoyevOliy Majlisga
Murojaatnomasida 2018-yilga faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va
texnologiyalarni qo'llab quvvatlash yili deb nom berishni taklif etdi. Davlatimiz
rahbari innovatsiyaning ahamiyati tog'risida quyidagilarni ta'kidladi: «Innovatsiya
bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan
bo'lsak, uni aynan innovatsion g'oyalar, innovatsion yondashuv asosida
boshlashimiz kerak». 2018-yilda respublikamizda innovatsiyalarni rivojlantirishning
asosiy vazifalari qatorida quyidagilar belgilandi: «Kelgusi yilda ilmiy tadqiqot va
innovatsion faoliyatni rivojlantirish, buning uchun zarur moliyaviy resurslarni
safarbar etish, ushbu jarayonda iqtidorli yoshlar ishtirokini, ijodiy g'oya va
ishlanmalarni har tomonlama qo'llab quvvatlash vazifasi e'tiborimiz markazida
bo'ladi
Innovatsiya
Innovatsion faoliyat-pedagogning o’z kasbini
takomillashtirishdagi mavjud shakl va
vositalarni egallashga ijodiy yondashuvini
nazarda tutadi. Ta’limdagi innovatsiyalar
va innovatsion faoliyat haqida barqaror,
hammaga ma’qul bo’lgan ilmiy tasavvurlar
va innovatsion pedagogik faoliyat haqida
barqaror va hammaga ma’qul bo’lgan ilmiy
tasavvurlar tasniflar shu paytgacha mukammal
tarkib topgan emasligini ham e’tirof etish lozim
Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayonda o'qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik,
o'zgartirishlar kiritish bo'lib, uni amalga oshirishda interfaol metodlardan foydalanishni taqozo etadi.
Interfaol usullar ta'lim jarayonida qatnashayotgan har bir o'quvchining faolligiga, erkin va mustaqil
fikr yuritishga asoslanadi. Bu usullardan foydalanganda bilim olish o'quvchi uchun qiziqarli
mashg'ulotga aylanadi. Interfaol usullar qo'llanilganda o'quvchilar o'qituvchilar yordami va
hamkorligida mustaqil ishlash ko'nikma va malakalariga ega bo'ladilar. O'quvchilar yangi bilimlarni
ilmiy izlanish, tadqiqotchilik, tajriba sinovlar o'tkazish asosida o'zlashtiradilar. Ilm orqali bilim olish
tamoyiliga amal qilinadi. Ta'lim jarayoni qatnashchilari kichik guruhlarga bo'lingan holda ishlaydilar.
O'quv topshiriqlari alohida bir o'quvchiga emas, balki kichik guruhning barcha a'zolariga beriladi.
O'qitish jarayonini tashkil etishning asosiy shakli darsdir. Hozirgi paytda darsning xilma xil
noan'anaviy shakllari joriy etilmoqda. Bunday darslar o'quvchining ijodiy qobiliyatini o'stirish, aqliy
salohiyatini kuchaytirish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish va har bir yangilikni tez va to'la qabul qila
olish ko'nikma va malakalarining shakllanishiga xizmat qiladi.
Xulosa.
Xulosa qilib aytganda , innovatsion texnologiyalar-bu ilmiy
izlanishlar , izlashmalar yaratish,tajriba-sinov ishlari olib
borishyoki boshqa fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda
o’quvchilarga yani bilim berishdab iboratdir. Daraslarni tashkil
etishda interfaol metodlardan foydalanishga doir darslarni
samarali tashkil etish uchun foydalaniladigan metod va o’yinlar
haqida ushbu va o’quvchilar toliqqanda o;tkazilishi mumkin
bo’lgan dam olish daqaiqalariga doir ushbu taqdimot bilanham
tanishib ko’rishingiz mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. // «Xalq
so'zi» gazetasi, 2017 yil 23 dekabr
2. Ibragimova G.N. Interfaol o'qitish metodlari va
texnologiyalari talabalarning kreativlik qobiliyatlapini
rivojlantirish. I Monografiya. - T.: «Fan va texnologiyalar»,
2016. -77-b.
3. Mochalova N.M. Maktabning metodik ishini tashkil
etishning innovatsion yondashuvlari: O'quv qo'llanma. - Ufa,
2002. - 86 bet Slastenin V.A., Podimova L.S. Pedagogika:
innovatsion faoliyat. - M., 1997
E’tiboringiz
uchun rahmat!
Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling