6-mavzu: maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqiy faoliyati. Reja


Download 54 Kb.
bet1/3
Sana24.04.2023
Hajmi54 Kb.
#1393504
  1   2   3
Bog'liq
6 Maruza


6-MAVZU: MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING MUSIQIY
FAOLIYATI.
Reja:
1.MTTdagi turli yosh guruhlarida musiqiy faoliyatining turlari.
2. Bolalarni musiqiy tarbiyalashda tarbiyachining roli.
Tayanch iboralar: hayot voqeligi, o’zini tuta bilish, oz - o’zini anglash, xalq ijodiy merosiga mehr- muhabbat, o’z - o’ziga baho berish, jismoniy , aqliy va ijtimoiy kamolotga erishuv, teatr tomoshalariga oshno qilish, musiqa faoliyatining turlari.


1.MTTdagi turli yosh guruhlarida musiqiy faoliyatining turlari.
O’zbekiston Respublikasida kechayotgan keng ko’lamli ijtimoiy – ma’naviy islohotlar fan – texnika va ishlab chiqarish keskin rivojlanib borayotganligi - jamiyat talablariga javob bera oluvchi shaxsni tarbiyalash masalasini kun tartibiga ko’ndalang qo’ymoqda. Darxaqiqat kelajak poydevori bo’lgan , har jihatdan mas’uliyatli , ma’naviy yetuk,axloqan pok,bir so’z bilan aytganda jamiyat taraqqiyoti uchun munosib hissa qo’sha oladigan,yoshlarni tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etmoqda.Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy – estetik tarbiyalashda qo’g’irchoq teatri vositasidan samarala foydalanish – bolalarning iqtidori , ob’ektiv borliq haqidagi tasavvuri,dunyoqarashini yanada rivojlantirish uchun qulay shart – sharoitni yaratishi bilan ahamiyatlidir.
Axloqiy – estetik sifatlar bolalarda go’zallik xaqidagi bilimlar , hayot voqeligi , buyumlar,ularning rang –barangligi , turlarini , o’zini tuta bilishni , muloqotga kirishuvchanlik , yaxshi – yomonni farqlash , o’z – o’ziga baho berish kabilarni tarbiyalash masalasini o’z ichiga oladi. Inson xayoti o’z – o’zini anglashdan boshlab , jismoniy , aqliy va ijtimoiy kamolotga erishuv jarayonini amalga oshishi bilan tugallanadi.Maktabgacha ta’lim muassasasida axloqiy tarbiya berishda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim;
Musiqiy faoliyati turlari xilma – xil bo’lib; musiqa mashg`ulotlari, barcha turlari bilan bolalarni qiziqtirib kelgan.Musiqiy faoliyati bolalarni badiiy tarbiyalash, estetik rivojlantirishga ko’maklashadi , ularni yangi ta`asurotlar bilan boyitadi, avval egallagan bilimlarini mustahkamlaydi, faollashtiradi,tashabbuskorligi , nutqi, badiiy didini rivojlantiradi.
Faoliyat tasavvur uchun boy ozuqa beradi. Bolalar atrof olamdan boy taasurot oladi va uni jonli o’yin xarakatlari va obrazlarda gavdalantirishga intiladi.
Endi har bir faoliyat turiga qisqacha to`xtalib o`tamiz;
-qo`shiq kuylash.Qo`shiq kuylash jarayonida bolalarning nutqi,musiqiy uquvi,musiqiy qobiliyati,xotirasi rivojlanadi.Jamoa bo`lib qo`shiq kuylashbolalarni do`stlikka chorlaydi,ularning o`zaro hurmat,tarbiyaga va Ona Vatanga muhabbat kabi tuyg`ularini tarbiyalaydi;

Download 54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling