O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti sharifzoda sardorbek o‘rozboy tabib o‘G‘li umumiy pedagogika


Download 0.7 Mb.
bet219/264
Sana19.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1604920
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   264
Bog'liq
ped. qo\'llanma

Behbudiy Turkistonning kelajagini o‘ylar ekan, millatimizning taraqqiyoti borasida turli yo‘llarni qidirdi. Boylarga ham murojaat etdi: «Boshqa millatlarning boylari faqir va etimlar uchun maktab va dorilfununlar soldururlar, faqir va etimlarning o‘qimog‘i uchun voqif (stipendiyalar) tayin qilur. Butun Turkiston o‘n boy elinda ming so‘mdan bersa, 25 bola uchun Toshkentda (diniy va zamonaviy) bir pansiunli va nahorli mukammal maktab bino bo‘lur, har yil hukumat maktabinda 50 bola tayyorlaydur». Agar shunday bo‘lsaki, o‘n yillar orasida bizda yaxshi- yaxshi o‘qimishli muhandis, shifokor, huquqshunos, iqtisodchi kabi mutaxassislar etishib chiqardi, deb umid qiladi.
Dramaturgiya sohasida ham muvaffaqiyatli ijod qilgan Behbudiyning 1913 yilda bosilgan. «Padarqush» dramasi unga juda katta shuhrat keltirdi. Bu drama qisqa vaqt mobaynida Buxoro, Samarqand, Toshkent, Qo‘qon, Andijon, Namangan, Kattaqo‘rg‘on va boshqa shaharlarda ilk teatr Truppalarida ommaviy sur’atda sahnalashtirildi. Bu sohada ham Behbudiy Karvonboshi bo‘ldi.
Behbudiy "Padarqush" dramasida boyning uydirma gaplariga ishongan o‘g‘li otasini o‘ldirganini ilmsizlik va tarbyasizlik oqibatidan deb ko‘rsatadi. Otasi o‘ladi, o‘g‘li qamaladi, uyda yolg‘iz qolgan onaga yangi fikrli domla tasalli berib aytadi:
"Onajon, sizga sabrdan boshqa chora yo‘q, bu badbaxtlik va musibatga sabab, jaholat va nodonlikdir, beilmlik va tarbiyasizlikdir. Uyingizni nodonlik buzdi. Sizni beilmlik xonavayron qildi. O‘g‘lingizni beilmlilik Sibirga yuboradi. Joningizdan aziz farzandingizni tarbiyasizlik balosi sizdan umri ayritadur. Bolangizni otasi tarbiya etmadi, o‘qitmadi. Oxiri baloga uchradi, yomon rafiqlar (odamlar) yo‘ldan chiqardilarki, qurboni jaholat bo‘ldingiz.
Nomaqul o‘g‘il ota-onaning erkalatishlaridan taltayib, bekorchilikdan yomon kishilarga qo‘shilib, yomon yo‘llarga yurib, oxir- oqibatda o‘zining va qolgan oila - aʼzolari umrini xazon qiladi. "Bizlarni – deb yozadi Behbudiy, - xonavayron, bevatan va bandi qilgan tarbiyasizlik va jaxolatdir, bevatanlik, darbadarlik, asorat, faqirlik, zarurat va xorliklar- hammasi ilmsizlik va betarbiyalikning mevasi va natijasidir... Madomiki, bizlar tarbiyasiz bolalarimizni o‘qitmaymiz, bu tariqa yomon hodisalar va badbaxtliklar oramizda doimo hukmron bo‘lsa kerak. Bu ishlarni yo‘q bo‘lmog‘iga o‘qimoq va o‘qitmoqdan boshqa iloj yo‘qdir".

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling