5-mavzu: Ta’lim mazmuni.
Reja:
Ta’lim mazmunini tashkil etish konsepsiyasi.
O‘quv reja, o‘quv dasturlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalar tavsifi.
Davlat ta’lim standartlari.
Tayanch tushunchalar: Ta’lim mazmuni – davlat ta’lim standartlari asosida belgilab berilgan hamda ma’lum sharoitda muayyan fanlar bo‘yicha o‘zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar mohiyati.
Davlat ta’lim standartlari Davlat ta’lim standarti O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritilgandan so‘ng yaratildi. DTS O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuni asosida yaratilgan.
Standart-ta’limda yaratilgan me’yoriy reja, dastur, darsliklarni o‘zlashtirish ekvivalenti, ya’ni ta’lim mazmunini o‘zlashtirish darajasidir. Standartni ishlab chiqishda o‘quvchini haddan tashqari zo‘riqtirib yubormaslik talablariga rioya qilish, ya’ni u o‘quvchi yoshiga mos, uni o‘zlashtirishga qurbi etadigan darajada bo‘lishi kerak.
O‘quv rejasi - davlat xujjatidir. Unga barcha umumta’lim maktablari so‘zsiz amal qiladi. Bu xujjatda sinflar bo‘yicha o‘rganilishi lozim bo‘lgan o‘quv fanlari va shu fanlar uchun ajratilgan o‘quv soatlari ko‘rsatiladi.
O‘quv fan dasturi - har bir alohida fan uchun o‘quv dasturi tuziladi. Dastur o‘quv rejasiga asoslanadi. Fanning maqsadidan, o‘quv rejasi bo‘yicha ajratilgan soat va bilim hajmi uning tizimi mavjud jamiyatning g‘oyaviy-siyosiy yo‘nalishini o‘zida aks ettiradigan davlat xujjatidir.
Darslik - o‘quv jarayonining asosi. Darslik o‘quvchining uydagi muallimi, har bir fanning mazmuni, maqsadi, vazifasi darslikda yoritiladi, darslik, ya’ni fan obyektiv borliq o‘rtasidagi muhim qonuniyatli bog‘lanishlarini aks ettiradi, darslikdagi bilimlar tizimi o‘zaro ichki, mantiqiy bog‘lanishlarga ega bo‘lib, ular didaktika talabiga muvofiq ravishda bayon qilingan.29
Do'stlaringiz bilan baham: |