O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti sharifzoda sardorbek o‘rozboy tabib o‘G‘li umumiy pedagogika


Download 0.7 Mb.
bet42/264
Sana19.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1604920
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   264
Bog'liq
ped. qo\'llanma

Motivatsion vazifa - bu vazifa o‘quvchilarni ushbu fanni o‘rganishga yo‘naltiradigan, ularda ishga pozitiv munosabati va qiziqishini shakllantiruvchi rag‘bat (sabab)larni hosil qilishdan iborat;

  • Axborot vazifasi o‘quvchilarga axborotlarni yetkazish, samarali usullar yordamida ularning bilimlari hajmini kengaytirishga imkon beradi;

  • Nazorat-tuzatish (mashq qilish) vazifasi – ta’lim jarayoni, uning natijalarini tekshirish, o‘quvchilarda o‘zini baholash va tuzatish layoqati hamda zarur bo‘lgan ko‘nikma, malakalarni shakllantirish uchun o‘rganish mashqlarini tavsiya etishni nazarda tutadi.

  • Muvofiqlashtirish vazifasi material ustida ishlash jarayonida ta’limning boshqa vositalari (xaritalar, ko‘rgazmali materiallar, diapozitiv va boshqalar)ni jalb etishni ifodalaydi;

  • Rivojlantiruvchi – tarbiyalovchi vazifasi darslik mazmunining o‘quvchilarga ma’naviy-axloqiy ta’sir ko‘rsatishi, kitoblar bilan ishlash jarayonida ulardan mehnatsevarlik, faol fikrlash, ijodiy qobiliyat kabi sifatlarni shakllantirishdan iborat;

  • O‘qitish vazifasi darslik bilan ishlashda mustaqil bilim olish uchun zarur bo‘lgan konpekt yozish, umumlashtirish, asosiysini ajratib ko‘rsatish, mantiqiy eslab qolish kabi malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam berishida ko‘zga tashlanadi.

    Ta’lim mazmuni o‘quv materiali darajasida darsliklar bilan bir qatorda turli xil o‘quv qo‘llanmalari: adabiyot va tarix xrestomatiyalari, spravochniklar, matematika, fizika, ximiya bo‘yicha masalalar to‘plamlari, georafiya, biologiya bo‘yicha atlaslar, til bo‘yicha mashqlar to‘plamlari va boshqalarda ochib beriladi. O‘quv qo‘llanmalari darslikning ba’zi tomonlarini kengaytiradi va aniq masalalarni hal etish maqsadiga ega bo‘ladi (axborot, mashq qilish, tekshirish).
    Darsliklar va ularga qo‘yiladigan zamonaviy talablar
    Darslik o‘quv jarayonining asosi. Darslik o‘quvchining uydagi muallimi, har bir fanning mazmuni, maqsadi, vazifasi darslikda yoritiladi, darslik, ya’ni fan obyektiv borliq o‘rtasidagi muhim qonuniyatli bog‘lanishlarini aks ettiradi, darslikdagi bilimlar tizimi o‘zaro ichki, mantiqiy bog‘lanishlarga ega bo‘lib, ular didaktika talabiga muvofiq ravishda bayon qilingan.Darslik quyidagi talablarga amal qilgan holda yaratiladi:
    1. Har bir o‘quv fani uchun yaratiladigan darslikda ilmiy bilimlar tizimi va uning hajmi dastur talablariga sinf o‘quvchilarining yosh hususiyatlariga mos kelishi kerak.
    2. Darslikda bayon qilingan ilmiy bilimlarning nazariy asoslari, g‘oyaviy yo‘nalishlari tizimli va izchil bo‘lishi talab qilinadi. Ular hayotdan olingan, ishonarli bo‘lishi lozim. Keltirilgan fakt va dalillarning ishonchli bo‘lishi, ular to‘g‘ri taxlil, aniq ta’rif etilishi tegishli xulosalar chiqarilishi lozim. SHu holdagina o‘quvchilardagi ilmiy dunyoqarash, eng yaxshi insoniy fazilatlar tarkib toptiriladi.
    3. Nazariy bilimlar ishlab chiqarish amaliyoti bilan bog‘langan bo‘lishi kerak.
    4. Darslikda mavzu sodda, ravon tilda yozilishi, hamda tegishli qoida va ta’riflari berilishi kerak. Darslik ichidagi va muqovasidagi chizilgan rasmlar va bezatilishi o‘quvchining yoshiga mos, fanning harakteriga monand bo‘lmog‘i zarur.
    5. Mavzulardagi fikrlar aniq va qisqa bo‘lishi, ilmiylikka asoslanishi kerak.
    Mamlakatimizda pedagogika ilmi ham, amaliyoti ham yangilanib bormoqda. Ma’lumki, har qanday millatning yangilanishi yoshlar tarbiyasidan boshlanadi.
    Pedagogika o‘quvchilarning ruhiy, jismoniy, genetik va mintaqaviy o‘ziga xosliklarini to‘liq hisobga olgandagina yuqori samaradorlikka erishishi mumkin.
    Hozirgi davrda yaratilayotgan darsliklarning asosiy kamchiligi millatimiz bolalarining psixologik o‘ziga xosliklarini, fikrlash tarzini to‘liq hisobga olishga erisha olinmayotganida, deb bilamiz. Bizning mutaxassislarimiz didaktik vositalar orqali o‘quvchilarga hamma gapni aytib berishga odatlanib qolishgan. Holbuki, o‘quvchini o‘qitish kerak emas, uni o‘zini o‘qiydigan holatga olib kelish lozim. Toki bolaning o‘zi izlanmas ekan, ta’limda yutuqa erishish mumkin emas. Demak, yaratilayotgan didaktik vositalar jumboqli harakterga ega bo‘lishi, o‘quvchilarni o‘ylanishga, izlanishga, sinab ko‘rishga da’vat qiladigan tarzda tuzilishi lozim.

    Download 0.7 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   264




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling