O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti sharifzoda sardorbek o‘rozboy tabib o‘G‘li umumiy pedagogika
Download 0.7 Mb.
|
ped. qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- UO‘K: ISBN UMUMIY PEDAGOGIKA (o‘quv qo‘llanma) SHARIFZODA SARDORBEK O‘ROZBOY TABIB O‘G‘LI
- S.O‘. Sharifzoda
- Sh.Q. Ismailova
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI SHARIFZODA SARDORBEK O‘ROZBOY TABIB O‘G‘LI UMUMIY PEDAGOGIKA (O‘QUV QO‘LLANMA) 60110500 – BOSHLANG‘ICH TA’LIM Toshkent- 2022 KBK: Sh UO‘K: ISBN UMUMIY PEDAGOGIKA (o‘quv qo‘llanma) SHARIFZODA SARDORBEK O‘ROZBOY TABIB O‘G‘LI Mazkur o‘quv qo‘llanma universitetlar va pedagogika institutlarining bakalavr: 60110500 – “Boshlang‘ich ta’lim” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Umumiy Pedagogika” fani va barcha pedagogika ta’lim yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, foydalanishga tavsiya etiladi.
Taqrizchilar: Sh.Q. Ismailova - p.f.n. dotsent A.Ch.Sobirova- p.f.f.n.(PhD) dotsent SO‘Z BOSHI Ushbu umumiy pedagogika fanidan tuzilgan o‘quv qo‘llanma pedagogika fanining tuzilishi, ilmiy tadqiqot metodlarini, didaktika-ta’lim nazariyasi, tarbiya nazariyasi, maktabshunoslik, pedagogika tarixi va ijtimoiy pedagogikaga doir masalalarni o‘z ichiga qamrab olgan. Ta’lim va tarbiya jarayonida milliy g‘oya va ma’naviyatimizning boy meroslaridan foydalanish, o‘z pedagogik faoliyatini rejalashtirish,ta’lim muassasalarida o‘qitish va tarbiyalashning zamonaviy metod va texnologiyalarini qo‘llash, o‘quvchini rag‘batlantirish, uning faoliyatini nazorat qilish, iste’dodi, iqtidorini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish, ayni zamonda jazolashning zamonaviy shakllaridan foydalanish,o‘quvchilar bilimini baholash, ota-onalar, jamoa, o‘quvchilar bilan yakka va guruh bo‘lib ishlash, o‘quvchilar guruhlarini boshqarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim. Umumiy pedagogika o‘quv kursi talabalarning psixologiya, yosh fiziologiyasi va maktab gigiyenasi bo‘yicha oldingi tayyorgarlik darajasini hisobga oladi va pedagogik bilim hamda ko‘nikmalarni puxta egallash uchun asos yaratadi. Shu nuqtai nazardan, talabalarga umumiy pedagogika nazariyasi va tarixi, ijtimoiy pedagogika fanini nazariy jihatdan ma’ruza, seminar, amaliy va mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari jarayonida chuqur o‘rgatish asosida olingan bilim, ko‘nikma va malakalarni amaliyotda qo‘llay olishga o‘rgatishdan iborat. Ushbu qo‘llanmaning yaratilishida olimlardan K. Hoshimov, R.G‘.Safarova., B.Xodjayev, S. Nishonova, M. Inomova, R. Hasanov, O‘.M. Asqarova, M. Xayitboev, M.S. Nishonov, M.X. Toxtaxodjaeva, J. Hasanboev va boshqalarning ishlari qo‘llanma vazifasini o‘tadi. Ushbu o‘quv qo‘llanmani o‘qib, o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirgan “Texnologik ta’lim” kafedrasi mudiri p.f.d.,professor E.I. Ruziyev, “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi J.K.Matnazarovlarga mualliflar o‘zlarining chuqur minnatdorchiligini bildiradi. O‘quv qo‘llanma haqida fikr va mulohazalaringizni sharifzoda1978@mail.ru manzilida qoldirishingiz mumkin. Mualliflar Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling