O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti sharifzoda sardorbek o‘rozboy tabib o‘G‘li umumiy pedagogika


Download 0.7 Mb.
bet110/264
Sana19.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1604920
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   264
Bog'liq
ped. qo\'llanma

Abdulla Avloniy o‘z asarlarida “Vatan” tushunchasiga ta’rif berib, uning ravnaqi uchun kurashish vatanparvar insonga xos xususiyat ekanligi quyidagicha qayd etadi: “Har bir kishining tug‘ulub o‘sgan shahar va mamlakatini shul kishining vatani deyilur. Har kim tug‘ilgan, o‘sg‘on yerini jonidan ortiq suyar. Hatto bu vatan hissi – tuyg‘usi hayvonlarda ham bor. Agar bir hayvon o‘z vatanidan – uyuridan ayrilsa, o‘z yeridagi kabi rohatda yashamas. ...
Biz turkustonliklar vz vatanimizni jonimizdan ortiq suydig‘imiz kabi. Arablar Arabistonlarini, qumlik, issiq cho‘llarini, eskumular shamol taraflarini, eng sovuq va muzlik yerlarini boshqa yerdlardan ziyod suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi yaxshi, tiriklik oson yerlarga o‘z vatanlarini tashlab hijrat qilur edi”.62
Inson o‘zi tug‘ilib o‘sgan vatanda orzu-umidlari, niyatlari, hayotiy intilishlari bilan o‘ziga yaqin bo‘lgan kishilar davrasida bo‘ladi, o‘zi ko‘nikkan turmush tarzi bo‘yicha kun kechiradi, bolalikdan o‘zi ko‘nikkan ijtimoiy munosabatlar jarayonida ishtirok etadi, hayotining bir qismiga aylangan tilda so‘zlashadi va u shu muhitdagina o‘zini erkin his qiladi. Begona yurtlarda u o‘ziga tanish bo‘lgan, o‘zi ko‘nikkan muhitni topa olmaydi. SHu bois garchi iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatga safar uyushtirgan bo‘lsa-da, o‘z yurtini tezda sog‘inadi.
Baynalminallik (“inter” – orasida, o‘rtasida, aro, “natio” – xalq) o‘zga millat va elatlarning haq-huquqlari, erki, urf-odatlari, an’analari, turmush tarzi, tili hamda vijdon erkinligini hurmat qilish, ularning manfaatlariga ziyon yetkazmaslikni ifoda etuvchi shaxsga xos ma’naviy-axloqiy fazilatlardan biridir.

O‘quvchilar o‘rtasida vatanparvarlik va baynalminallik tarbiya ularga oid mavzularda suhbat, davra suhbati, matbuot konferansiyasi, viktorina, uchrashuv, ko‘rik-tanlov, bahs-munozaralar tashkil etish kabi shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Shuningdek, muzeylarga ekskursiyalar uyushtirish, vatanparvarlik va baynalminallik mavzularida yaratilgan asarlar mazmunini birgalikda o‘rganish, kinofilmlar tomosha qilish ham o‘zining ijobiy natijasini beradi.
O‘quvchilarda baynalminallik tuyg‘usini shakllantirishda ta’lim muassasalari qoshida faoliyat yurituvchi “Do‘stlik klubi”ning ta’siri kattadir. Binobarin, turli millatlarga mansub bolalar o‘rtasida do‘stlik aloqalarining bog‘lanishi ularda bir-birlariga nisbatan hurmatni qaror toptiribgina qolmay, o‘zga millat yoki elatlarning urf-odatlari, an’analari, tili, madaniyati va qadriyatlarini puxta o‘rganishga ko‘maklashadi. Bu boradagi bilimlar esa ularda shovinistik (millatchilik) kayfiyatining shakllanishiga to‘sqinlik qiladi. Shuningdek, o‘quvchilarni Respublika Baynalminal markazi yoki joylardagi Milliy-madaniy Markazlarning faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, ayni vaqtda respublika hududida turli millat va elat vakillarini birlashtiruvchi 138 ta Milliy-madaniy markazlar faoliyat yuritayotgani to‘g‘risida ma’lumotlar berib, ular tomonidan uyushtirilayotgan tadbirlarga o‘quvchilarni faol jalb etish ham ijobiy natijalarni beradi.
Yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishda harbiy vatanparvarlik tarbiyasining ham ahamiyati beqiyosdir. Respublika “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati rahbarligida harbiy vatanparvarlik g‘oyasini targ‘ib etuvchi “Vatanparvar” o‘yinlari, musobaqalarining o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir. O‘quvchilarni ijtimoiy-g‘oyaviy, ma’naviy-axloqiy, psixologik-irodaviy, jismoniy hamda harbiy-vatanparvarlik tarbiya ni tashkil etish ular tomonidan Vatanni himoya qilishdek muqaddas burchni anglashlariga yordam beradi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling