O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi urganch davlat universiteti


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/45
Sana05.01.2022
Hajmi0.67 Mb.
#228459
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45
Bog'liq
12-13 yoshdagi darvozabonlarni texnik-taktik jixatdan tayyorlashda maxsus mashqlarning ahamiyati

 

 

 

 


 

13 


1.3 Yosh darvozabonlarning maydondagi  

texnik harakatlari. 

P.N.Kazakov,  R.I.Nurimovlarning  bildirishlaricha,  o‘yinda  sheriklar  va  raqib 

jamoada  o‘yinchilarning    qaerda  turganiga,  shuningdek  to‘p  harakatining 

yo‘nalishi,  trektoriyasi    va  tezligiga  qarab  darvozabon  harakatning  xilma-xil 

priyomlar,  usul va turlarni qullaydi. Bundan tashqari o‘yin jaryonida darvozabon 

maydon  o‘yinchisi  ixtiyoridagi  kerakli  texnik  piryomlardan    foydalanaveradi. 

Darvozabonlar  o‘yin  davomida  o‘yinni  boshlashlari  mumkin.  Shuning  uchun 

darvozabonlar  mashg‘ulotlarda  darvozabon  texnikasidan  tashqari  maydon 

o‘yinchisi texnikasini egallashlari lozim. 

Quyidagi  usullar  guruhi  darvozabonning  o‘yin  texnikasiga  kiradi:  to‘pni  ilib 

olish,  qaytarish,  o‘tkazib  yuborish  va  tashlash.  O‘yinda  sheriklar  va  raqib 

komandasi  o‘yinchilarning  qaerda  turganiga,  shuningdek,  to‘p  harakati-ning 

yo‘nalishi,  traektoriyasi  va  tezligiga  qarab  darvozabon  harakatining  xilma-xil 

usullari,  usul  va  turlari  qo‘llaniladi.  Ularning  tasnifi  berilgan.  O‘yin  jarayonida 

darvozabon 

maydon 


o‘yinchisi  ixtiyoridagi  kerakli  texnik  usullardan 

foydalanaveradi.(12,24) 

Maydondagi  10  o‘ynovchi  futbolchilar  to‘pni  olib  yurishni,  to‘pni  uzatish, 

to‘pga zarba berish, to‘pni to‘xtatish, bosh bilan o‘ynash kabi texnik xarakatlarni 

bajariShadi.  Darvozabon  xam  maydonda  ana  shunday  texnik  xarakatlarni 

bajaribgina qolmay, qo‘l bilan xam texnik xarakatlana oladi. 

  Darvozabonning  qo‘ldagi  texnik  xarakatlari  quyidagicha  bajariladi.  To‘pni 

erdan,  xavodan  ilib  olish,  ushlash,  zarbalarni  xavodan,  erdan  kaytarish,  tupni 

jamoadoshiga  xavodan,  erdan  uzatish,  uloktirish.  Xar  bir  darvozabonda  kul  bilan 

bajarilgan  texnik  xarakatlar  yukori  darajada  takomillashgan  bulishi  kerakligini 

kupgina futbol murabbiylari izoxlashgan. 

P.N. Kazakov, A.Akimov, R.I.Nurimov, Arpad Chanadi va boshqa mutaxassis 

va  murabbiylarning    fikricha,  darvozabonlarning  maydondagi  texnik  harakatlari 

maydondagi o‘yinchining texnikasidan tubdan farq qiladi. Bu darvozabon qoidaga 




 

14 


binoan  jarima  maydonni    ichida  qo‘l  bilan  to‘pni  o‘ynashga  ruxsat  etilgani  bilan 

bog‘liqdir.  

Darvozabon  joyida  turib,  harakatlanib  va  sakrab  o‘ynashning  barcha  texnik 

usullarini  a’lo  darajada  bilishi  zarur.  Darvozabonning  mahorat  darajasi  ana  shu 

usullarning  nechog‘lik  to‘g‘ri,  aniq  va  ishonchli  bajarilishiga  bog‘liq.  Darvoza 

oldidagi o‘yin bilan darvozadan chiqib harakat qilishni muvaffaqiyatli qo‘shib olib 

borish,  o‘z  darvozasini  himoyalash  va  hujum  uyushtirishda  sheriklar  bilan 

bahamjihat harakat qilish ham darvozabonning yuksak mahoratini ko‘rsatadi. 

P.N.Kazakov,  M.P.Sushkov,  B.A.Arkadev,  R.I.Nurimov,  V.I.Kozlovsiy, 

Yu.N.Lopachev  va  boshqalarning  yozishicha,  darvozabonlar  o‘yin  davomida,  ilib 

olish,  qaytarish,  va  tashlash  harakatlarini  bojariShar  ekan.  Darvozabonlarning 

o‘yin  texnikasi  to‘pni  ilib  olish,  tashlash,  to‘p  uchun  yiqilish,  musht  bilan    yoki 

oyoqda  to‘pni  qaytarish,  qo‘l  bilan tashlab  berish. oyoqda  tepib  berish, qo‘l  bilan 

uzoqqa tashlab berish, qo‘l bilan o‘yinga kirg‘azish kabi harakatlarni  tashkil topar 

ekan.(12,24,25,26) 

S.N.Andreev,  B.YA.Sirik,  Yu.S.Lukashinlarning  fikricha  darvozabonlarning 

o‘yin  texnikasi  maydon  o‘yinchisining  o‘yin  texnikasidan  farq  qilib  o‘z  ichiga 

quyidagi  harakatlarni  oladi.  Asosiy  turish,  ilib  olish,  qaytarish,  tashlanish  va  urib 

yuborish, o‘yinga kirg‘azish kabilardir. 

K.M.Maxkamjonov, 

R.S.Solomov, 

R.S.Sarkisyan, 

X.M.Magametova., 

R.I.Nurimovlarning  ta’kidlashlaricha  texnik  usullarni  samarali  bajaralishi 

ko‘pincha  davozabonlarning  harakatidan,  tayyorgarligidan  aniqlanadi.  Buning 

uchun  darvozabonlarning  har  xil  harakatlarning  bajarilishidan  oldingi,  dastlabki 

xolat asos bo‘ladi. 

A.A.Suchilin,  M.P.Sushkov,  M.B.Rozin,  Y.S.Lukashin,  S.N.Andreevlarning 

takidlashlaricha,  darvozabonlar  mashg‘ulotlarni  darvozada  boshlashlaridan  oldin, 

darvozada  harakatlanishlarni  o‘rganishlari  lozim.  Bundan  tashqari  darvozada 

turganlarda oyoq elka kengligida, tizzalar salgina bukilgan, qullar ham panjalarini 

bel  qismiga  ko‘tarilgan  joygacha  bukilgan,  kaft  ichkariga  qaragan,  barmoqlar 




 

15 


bukilgan,  elkalar  oldinga  bukilgan  holda  darvozabon    darvoza  chizig‘ida 

chalishtirma va juftlama qadamlar tashlab yugushish kerak deb hisoblaydi. 

Texnik  usullarning  muvaffaqiyatli  bajarilishi  ko‘p  jihatdan  darvozabonning 

harakatga  qanchalik  tayyor  turganligi  bilan  belgilanadi.  Darvozabonning  to‘g‘ri 

dastlabki  holatda  bo‘lishi  uning  harakatga  tayyor  ekanligi  omillaridandir.  Bunday 

dastlabki holat oyoqlarni elka kengligida kerib, sal bukib turish bilan ifodalanadi. 

Yarim  bukik  qo‘llar  ko‘krak  balandligida  oldinga  uzatilgan.  Kaftlar  olg‘a  tomon 

ichkariga  qaragan.  Barmoqlar  sal  bo‘shashtirilgan.  Dastlabki  holatning  to‘g‘ri 

bo‘lishi darvozabonga og‘irlik markazi o‘qini tezlik bilan tayanch sathidan tashqari 

chiqarib olib, lozim bo‘lgan harakatlarni oddiy, juftlama yoki chalishtirma qadam 

tashlab, sakrab va yiqilib bajarish imkonini beradi (18,28,30). 

Texnik  usullarni  samarali  bajarishda  asosi  dastlabki  xolatdan  muvaffakiyatli 

bajarilgan.  Darvozabonning    tugri  dastlabki  xolati  kursatilgan.  Bunda  dastlabki 

xolat oyoklarni elka kengligida kerib, sal bukib turish bilan xarakterlanadi. Yarim 

bukuk kullar kukrak balandligida oldinga uzatiladi. Kaftlar olgan tomon ichkariga 

karagan  barmoklar  sal  buShashtirilgan.  Dastlabki  xatoning  to‘g‘ri  bo‘lishi 

darvozabonga og‘irlik markazi o‘qni tezlik bilan tayanch satxidan tashkari chikarib 

olish lozim. 

 

Xarakatlarni  oddiy  juftlama  yoki  chalishtirma  qadam  tashlab,  sakrab  va 



yiqilib bajarish imkonini yaratadi. 

 

Darvozabonning asosiy texnik xarakatlari to‘pni ilib olishdir. Darvozabonlar 



to‘pni yo‘nalishi, traektoriyasi va tezligiga qarab quyidagicha ilib oliShadi. To‘pni 

pastdan  ilib  olish-darvozabon  tomon  yumalab  kelayotgan,  yuqoridan  tushib 

kelayotgan va past uchib kelayotgan to‘plarni egallab olish. To‘pni yuqoridan ilib 

olish o‘rtacha traektoriyada (ko‘krak va bo‘y barobar) uchib kelayotgan va pastga 

tushib  kelayotgan  to‘plarni  egallab  olish  uchun  qo‘llaniladi.  To‘pni  yondan  ilib 

olish  –darvozabonning  yon  tomoniga  o‘rtacha  traektoriyada  uchib  kelayotgan 

to‘plarni qo‘lga kiritish uchun qo‘llaniladi. 



 

16 


 

To‘pni yiqila turib ilib olish darvozabondan chetga qo‘qisdan, aniq goxo esa 

juda  qattik  yo‘naltirilgan  to‘plarni  qo‘lga  kiritishning  samarali  vositasidir.  To‘p 

uzatilgan ushlab qolish va rakib oyog‘idan to‘pni olib qo‘yishda qo‘llaniladi. 

M.P.Sushkovning  ta’kidlashicha  darvozabonlar  darsning  kirish  (I)  va  oxirgi 

(III)  qismlarida  darvozabon  boshqalar  bilan  birga  Shug‘illanadi.  gimnastika  va 

engil atletika mashqlari hamda estafetalarga ham u hamma o‘yinchilar bilan birga 

qatnaShadi.  Biroq,  u  to‘pni  bosh    bilan    to‘pga  musht  urish  uchun  qo‘l 

muskullarining  kuchini  oshirish  maqsadida  qo‘llar  bilan  ham  tegishli  mashqlarni 

bajaradi.  To‘p  bilan  mashq  qilganda  uning  mashqi  boshqa  o‘yinchilarnikidan 

o‘zgacha bo‘ladi. 

Ba’zan  jamoada  faqat  bitta  yoki  ko‘pi  deganda  uchta  to‘p  bo‘lgani  uchun 

darvozabon umumiy mashg‘ulotlarda alohida mashq qila olmaydi. Shuning uchun 

darvozabon  dars  bayonlarida  ko‘rsatilgan  har  xil  usulda    to‘p  tepishni  boshqa 

o‘yinchilar  bilan  birga  mashq  qilishi  kerak.  O‘z  o‘yin  texnikasini  puxta  o‘rganib 

olish  uchun  asosiy  mavsumda  darvozabonga  maxsus  holi  joy  va    vaqt  ajratilishi 

lozim.  Agar  instruktor  mashg‘ulot  o‘tkaziladigan  umumiy  ikki  kundan  tashqari 

darvozabon uchun qo‘shimcha bir kun ajratsa yanada yaxshiroq bo‘ladi. Lekin bu 

butun  jamoa  bilan  birga  o‘tkaziladigan  mashg‘ulotlardan  darvozabonni  mutloqo 

ozod qilmaydi. Darvozabonlarni mashg‘ulotlarga qatnashtirish kerak. Darvozabon  

texnikasi xaqida Shunday fikr yuritdi. Darvozabonning o‘z jarima maydonida qo‘l 

bilan xarakatlanishi uning yutug‘idir.  Raqib  xujumlarini  bartaraf  etishda,  asosan 

burchak  to‘plaridan  juda  sergak  bo‘lish,  burchak  to‘piga  birinchi  bo‘lib  tepish, 

to‘pni  jarima  maydonidan  uzoqlashtirish,  darvozabonning  asosiy  burchlaridan 

biridir. 

 

M.Akimov darvozabonning texnik xarakatlari mukammal bo‘lishi uchun xar 



bir  mashg‘ulotda  texnik  xarakatlarga  doir  mashklarni  bajarish  kerakligini 

ta’kidlaydi.  Darvozabonning  to‘g‘ri  dastlabki  xolati  xam  darvozada  ishonchli 

o‘ynashda katta axamiyat kasb etadi.  

To‘pni  ilib  olish–darvozabon  o‘yin  texnikasining  asosiy  vositasi 

hisoblanadi. To‘pni ilib olish mumkin bo‘lmagan xollarda to‘p qaytarib yuboriladi. 



 

17 


Darvozabonga deyarli to‘pni to‘xtatib qolish zaruriyatiga duch kelmaydi. U to‘pni 

ko‘pincha  qo‘l  bilan  ilib  oladi.  Mashg‘ulot  jarayonida  darvozabonlar  alohida 

mashqlarni  bajariShadi.  Ular  ko‘pincha  darvozada  turib  mashqlarni  bjarishi,  har 

qanday xolatda darvozani qo‘riqlay olishlari kerakdir. 

Harakat usulini tanlab olish darvozabonga berilgan zarbani qaytaruvchi texnik 

usulni  to‘g‘ri  ijro  etish  imkonini  beradi.  Bunda  darvozabon:  darvozadagi  o‘z 

pozitsiyasini,  to‘pning  uchish  traektoriyasini  (to‘p  yuqoridan,  pastdan,  yon 

tomonga yaqinroqdan, uzoqroqdan va hokazo kelayotganini); zarba kuchini, ya’ni 

to‘pning  uchish  tezligini  (to‘pni  ilib  olish  tomoniga  surilish  yoki  uni  yiqila  turib 

ilish  kerakligi  Shunga  bog‘liq);  o‘z  o‘yinchilari  va  raqib  o‘yinchilari  qanday 

joylashganligini (Shunga qarab to‘pni ilib olish, qaytarib yuborish yoki tashqariga 

o‘tkazib  yuborish  kerakligi  hal  qilinadi);  maydon  va  to‘pning  ahvolini  (to‘pning 

sirti va er ho‘lmi yoki quruq ekani va hokazo) e’tiborga oladi. 

Harakat  usulini  aniqlab  olgandan  keyin  darvozabon  tegishli  texnik  usul 

yordamida uni amalga oshiradi. 


Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling