O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi urganch davlat universiteti


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/45
Sana05.01.2022
Hajmi0.67 Mb.
#228459
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   45
Bog'liq
12-13 yoshdagi darvozabonlarni texnik-taktik jixatdan tayyorlashda maxsus mashqlarning ahamiyati

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 



I-BOB. MAVZUNING ADABIY MANBALAR BO‘YICHA O‘RGANISH 



XOLATI. 

1.1. O‘yin davomida darvozabonlarga qo‘yiladigan vazifalar. 

Hozirgi  futbol  darvozabondan  ustalik  bilan  darvozani  himoya  qilishnigina 

emas, balki jarima maydoni ichida faol harakat olib borishni, Shuningdek, hamma 

himoyachilarni  boshqarib  turishni  ham  talab  qiladi.  U  komandasining  hamma 

mudofaa harakatlarini muvofiqlash-tirib turadi. Darvozabon turadigan (hammadan 

orqada)  joyning  o‘zi  unga  hujumchilar  qanday  tizilib  kelayotgani  va  ular  nima 

maqsadda  ekanini  ko‘rib  turish  imkonini  beradi.  Buning  ustiga,  darvozabon  o‘z 

komandasining  ko‘pgina  hujumlarini boshlab  beradigan  (to‘pni qo‘lga  kiritganida 

yoki  darvozadan  to‘p  tepib  berganida)  futbolchi,  Shu  sababli  ham  hujum 

qatorlarida taShabbus va izchillik saqlanib turishi uchun uning mahorati juda zarur. 

Arpad Chanadi, M.Akimovlarning e’tiroficha, darvozabonning darvozadagi 

ishonchli  o‘yini,  maydon  o‘yinchilarini  g‘alaba  qozonishidagi  imkoniyatlari 

oshishidan iboratdir.  

Bundan  tashqari  ko‘pgina  murabbiy  va  mutaxassislar  P.N.  Kazakov, 

R.I.Nurimov,    V.I.Kozlovskoy,  Y.N.  Lopachev,  S.N.Andreev    va  boshqalarning 

fikricha,  eng  murakkab  va  og‘ri  vazifa  ham  darvozabonlar  oldida  turadi.  Chunki 

darvozabon  maydonda  hamma  o‘yinchilarni  ko‘rishi,    ularni  ko‘zatib  turishidan 

tashqari  darvozani  behato  himoya  qilish  mas’uliyati  turganini  xis  qilib  o‘ynashi 

lozim.(12,24,25,26,28) 

A.Akimovning  fikricha,  maydondagi  10ta  bir  xil  kiyimdagi  o‘yinchilardan 

11chi  o‘yinchi,  ya’ni  darvozabonning  vazifasi  qiyin  bo‘lib,  darvozabon  o‘yindagi 

oxirgi  himoya  chizig‘i  hisoblanadi.  O‘yin  davomida    hujumchilar  o‘yinning 

himoya  chizig‘ida  qolib  ketishsa,  hujum  uyushtira  olmasa,  o‘yin  qo‘ldan  ketgan 

paytda,  hamma  imkoniyatlar  darvozabonlarning  harakatlariga  bog‘liq  bo‘lib 

qoladi. 


Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling