O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi urganch davlat universiteti


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/45
Sana05.01.2022
Hajmi0.67 Mb.
#228459
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
12-13 yoshdagi darvozabonlarni texnik-taktik jixatdan tayyorlashda maxsus mashqlarning ahamiyati

 

KIRISH 

Mavzuning dolzarbligi.  O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti 

I.A.Karimovning tashabbusi va bevosita raxbarligi ostida jismoniy tarbiya va sport 

barkamol  avlodni  tarbiyalash  vositasi  sifatida  davlat  siyosatining  ustuvor 

yo‘nalishlari  qatoridan  joy  oldi.  Jumladan,    «O‘zbekistonda  bolalar  sportini 

rivojlantirish  jamg‘armasini  tuzish  to‘g‘risida»gi  farmoni  va  uni  hayotga  tadbiq 

etish  bo‘yicha  qabul  qilingan  Hukumat  Qarori  ushbu  masalaning  «bugungi»  va 

«ertangi»  istiqbolini  belgilab,  me’yoriy-huquqiy  va  moddiy  ta’minotiga 

fundamental asos soldi.  

Darhaqiqat,  so‘nggi  yillar  mobaynida  mamlakatimizda  bolalar  sportini 

rivojlantirish  va  yosh  iste’dodli  sport  zaxiralarini  tayyorlash  borasida  juda  katta 

islohatlar joriy etildi. Yurtimizda, qishloq va maxalalarda ko‘plab zamonaviy sport 

inshootlari  barpo  etilib  ularda  farzandlarimiz  o‘zlari  sevgan  sport  turlari  bilan 

Shug‘ullanib kelmoqdalar. Natijada jismoniy tarbiya va sport o‘quvchi yoshlarning 

kundalik xayotiy extiyojiga aylanib bormoqda. Jismoniy tarbiya va ommaviy sport 

turlarini  rivojlantirish  bilan  bir  qatorda  katta  sport  mavkeini  ko‘tarishga  xam 

ustuvor  axamiyat  qaratilmoqda.  Respublikamizda  xalqaro  va  jaxon  miqyosidagi 

nufuzli  musobaqalar  o‘tkazilmoqda  xamda  sportchilarimiz  xalqaro    miqyosidagi 

nufuzli  musobaqalarda  ishtirok  etmoqdalar.  Jumladan,  “Umid  nixollari”, 

“Barkamol avlod”, “Universiada” kabi uch bosqichli ommaviy sport musobaqalari 

joriy  etildi  va  borgan  sari  nufuzli  mavkega  ega  bo‘lib,  iste’dodli  sportchilarni 

xalqaro  va  Olimpiya  musobaqalariga  olib  chiqishda  ko‘prik  vazifasini  o‘tab 

kelmoqda. Bu borada barcha ustuvor sport turlari kabi qayd etilgan ommaviy sport 

musobaqalari  va  Olimpiya  o‘yinlari  dasturidan  joy  olgan  eng  ommaviy  sport  turi 

futbolga xam aloxida e’tibor qaratilmoqda.(1,2,3,4,5) 

Futbol  -  o‘quv  fani  sifatida  barcha  ta’lim  muasassalari  o‘quv  rejasiga 

kiritilgan,  dars  va  darsdan  tashqari  paytlarda  faoliyat  ko‘rsatadigan  sport 

to‘garaklari,  BO‘SMlar,  sport  klublarida  maxsus  rejalashtiruv  xujjatlarida 

asoslangan  o‘quv  -  trenirovka  jarayoniga  joriy  etilgan.  Yosh  futbolchilarni 




 

tayyorlash  va  mamlakat  terma  jamoasi    uzviyligini  ta’minlash  xamda  xalqaro 



maydonlarda  yuqori natijalarga  erishish  o‘quv- trenirovka    mashg‘ulotlarini ilmiy 

asosda  olib  borish  zaruratini  tug‘diradi.  Bu  borada  barcha  shart–  sharoitlar 

yaratilmoqda.   

Zamonaviy  futbolda  samarali  o‘yin  ko‘rsatish  va  yuqori  natijaga  erishish 

nafaqat jismoniy tayyorgarlikga balki yuqori saviyada Shakllangan texnik – taktik 

maxoratga  juda  xam  bog‘liqdir.  Buning  uchun  tajribali  murabbiylarning  ish 

faoliyatini  xamda  vatanimiz  va  chet  el  olimlarining  ilmiy  tadqiqot  ishlarini 

o‘rganish assida sport mashg‘ulotlarini xalqaro andozalar asosida tashkil qilish va 

olib  borishni  o‘rganish  va  ommalashtirish  zarur.  Bunda  mashg‘ulotlar  oxirgi  fan  

yutuqlari  asosida  tashkil  eitlishi  lozim.  Jamiyat  rivojlanishing  xozirgi  bosqichida 

yosh  sportchilarni  tayyorlash  masalalari  aloxida  axamiyat  kasb  etib  bormoqda. 

Mamlakatimiz  xamda  chet  el  mutaxassislarining  qator  tadqiqotlari  jismoniy  

tayyorgarlik muammolariga bag‘ishlangan.   

Zamonaviy  sportda  yuqori  sport  natijalariga  erishish  omili    texnik-taktik 

usullarning  samaradorligi  bilan  bevosita  bog‘liq.  Binobarin  yuqori  maxoratli 

sportchilarni 

tayyorlashda 

mashg‘ulot  jarayonida  texnik-taktik  usullarni 

o‘rgatishga  aloxida  e’tibor  qaratish  muxim  axamiyat  kasb  etadi.  Demak,  sport 

malakalarini  ko‘p  marotaba  ijro  etilishi  usullarni  takomillashtirishga  olib  keladi. 

O‘yin usullarini o‘rgatishda sportchilarni malakalarini uzluksiz Shakllantirib borish 

maqsadga muvofiqdir.(3,4,5,) 

Dastlabki  o‘rgatish  bosqichida    texnik  va  taktik  tayyorgarlikni 

rivojlantiruvchi  mashqlarni  o‘rnida  qo‘llash  pedagogik  jarayonning  eng  asosiy 

tomonlaridan  biridir.  Chunki,  xar  bir  o‘yin  texnikasi  va  taktikasini  o‘rgatuvchi 

mashqlarni  tanlab  qo‘llanilmasa  nufuzli  musobaqalar  jarayonida  kutilgan  natijani 

bermasligi  mumkin.  Aksincha  noo‘rin  yoki  me’yoridan  kam  darajada 

qo‘llaniladigan  mashqlar  texnik  malakalarni  rivojlanmasligiga  olib  kelishi 

Shubxasisdir.  Ushbu  muammoning  echimini  nufuzli  o‘yinlarni  taxlil  qilish  va 

o‘yin  texnikasini  rivojlantiruvchi vosita va  uslublarni  joriy  qilish evaziga  amalga 

oshirish  mumkin.  Ana  Shundagina  futbolchilarning  texnik-taktik  imkoniyatini 



 

oshirish,  ularning  texnik  tayyorgarliklarini  oshirish  ta’minlanadi.  Qayd  etilgan 



muammolar  va  ularning  xayotiy  echimi    tanlangan  magistrlik  ishi  dolzarbligini 

isbotlaydi.  




Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling