O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi urganch davlat universiteti


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/45
Sana05.01.2022
Hajmi0.67 Mb.
#228459
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   45
Bog'liq
12-13 yoshdagi darvozabonlarni texnik-taktik jixatdan tayyorlashda maxsus mashqlarning ahamiyati

 

 

 

 

 


 

42 


1.7. Yosh darvozabonlarni tarbiyalashda texnik tayyorgarlikning moxiyati, 

mazmuni va xususiyatlari. 

Texnik  tayyorgarlik  –  bu  ko‘p  yillik  ixtisoslashtirilgan  pedagogik  jarayon  

bo‘lib, musobaqa taqdirini xal qiluvchi o‘yin malakalari texnikasini  o‘zlashtirish 

va  uni    shakllantirishga  qaratilgan  tayyorgarlik  turidir.  Dastlabki  o‘rgatish  

bosqichida  texnik  tayyorgarlikni  maqsadga  muvofiq  tashkil  qilish  o‘rta  muxim 

axamiyat    kashf  etadi.  Texnik  tayyorgarlik  ko‘rsatgichlarining  samarali 

Shakllanishi  tayyorlov,  yondoshtiruv,  maxsus  va  o‘yin  mashqlaridan  qanchalik 

to‘g‘ri foydalanishga bog‘liq(27,29,31). 

Futbolda texnik tayyorgarlik o‘yin davomida amalga oshiriladigan xujum va 

ximoya  texnikasiga  oid  xarakat  malakalariga  o‘rgatish  xamda  sekin-asta  Shu 

malakalarni  shakllantira  borish  jarayonlarini  o‘z  ichiga  oladi.  Xujum  va  ximoya 

texnikasiga  o‘rgatishda  dastavval  futbolchiga  xos  xolatlar  va  maydon  bo‘ylab 

xarakat  qilish,  so‘ng  to‘p  uzatish  -  qabul  qilish,  to‘p  kiritish  –  uni  qabul  qilish, 

zarba berish va ximoya malakalariga axamiyat qaratladi. Xolat va xarakatlanishlar 

quyidagilardan iborat: to‘pni uzatishdagi xolat: tizza, gavda, oyoqning ichki qismi, 

oyoqning  tashqi  qismlar  va  bosh  bilan  uzatishlar.  To‘pni  o‘yinga  kiritish,  to‘pga 

zarba berish, ximoyada o‘ynash  xolatlar. 

Maydon bo‘ylab xarakatlanishlar xam turlicha bo‘lib, har xil yo‘nalishlarda 

ijro  etiladi.  Masalan,  o‘nga,  chapga,  oldinga,  orqaga  yurish,  yugurish,  siljish, 

xatlash,  sakrash,  sirg‘anish  va  xokozo.  Ushbu  xarakat  malakalari  avval  aloxida 

o‘rganiladi, so‘ng o‘yin malakalariga qo‘shib ijro etiladi. 

Xozirgi  kunga  kelib  yosh  futbolchilarni  tayyorlashda  texnik  tayyorgarlik 

jarayonining  moxiyati,  mazmuni  va  xususiyatlari  talaygina  ilmiy  -  uslubiy 

adabiyotlarda o‘z ifodasini topgan va atroflicha yoritilgan . 

O‘yin  texnikasi-  bu  bir  vaktning  o‘zida  ketma  ket  va  muayyan  maqsadli 

tartibda ijro etiladigan ixtisoslashgan xarakat yoki xarakatlarning majmuasidir. 

O‘yin texnikasi – xarakat aniq, tez, engil, vaziyatga muvofik, kam kuch sarf 

qilinib yuqori samara bajarishga mo‘ljallangan bo‘lishi lozim. 




 

43 


«Texnika»  atamasi  yunoncha  (tennis)  so‘z  bo‘lib,  juda  keng  ma’noda 

foydalaniladi va o‘zbek tilida «Sa’nat» tushunchasini anglatadi. 

Zamonoviy  futbol  turli  o‘yin  malakalari  va  taktik  kombinatsiyalarga 

nixoyatda  boy  bo‘lib,  o‘ta  katta  shiddat  va  tezlikda  o‘tadi.  Binobarin,  futbolning 

yuqorida  zikr  etilgan  o‘ziga  xos  xususiyatlari  o‘yinchilardan  mukammal 

takomillashgan texnik maxorat talab kiladi. 

Musobaqa  o‘yinlarida  texnik  maxorat  qanchalik  keng  va  tashqi  ta’sirlarga 

nisbatan  mukammal  Shakllangan  bo‘lsa,  shunchalik  g‘alabani  qo‘lga  kirtish 

imkoni ko‘p bo‘ladi. 

Texnikaga oid barcha vositalar borki (samolyot, avtomobil, raketa, televizor 

va  xakoza)  ularning  texnik  pasportlari  mavjud  bo‘lib  mazkur  vositasining  texnik 

ko‘rsatkichlari  va  o‘lchamlari  berilgan  bo‘ladi.  Sportda  ham  muayyan  xarakat 

malakasining  o‘ziga  xos  texnik  ko‘rsatkichlari  va  o‘lchamlari  va  uni  ijro  etishda 

Shakllangan texnik tartibi mavjuddir. 

Futbol o‘yini texnikasi o‘ziga xos tasnifga ega bo‘lib, u bir necha turkumdan 

tarkib  topadi.  O‘yin  texnikasining  tasnifi  «Xujum  texnikasi»  va  «Ximoya 

texnikasi»  kabi  turkumlarga  bo‘linadi.  Ular  esa  o‘z  navbatida  yuqoridan  pastga 

qarab bir-biriga  bo‘ysundirilgan kichik turkumlardan tashkil topadi. 

«Xujum» - texnikasiga xolat va xarakatlanish, to‘pni o‘yinga kiritish, zarba 

berish  texnikasi kiradi. 

«Ximoya» - texnikasi esa o‘z navbatida xolat va xarakatlanish, to‘pni qabul 

qilish va ximoya  texnikasidan iborat. 

To‘p    uzatish  texnikasi.  To‘p  uzatish  futbolda  asosiy  o‘yin  malakalaridan 

biri  bo‘lib,  Shu  o‘yin  bilan  bog‘lik  bo‘lgan  barcha  texnik  –  taktik  faoliyatini 

yagona vositadir. 

Uzatish  –  xujum  texnikasiga  mansub  bulib,  uni  ma’lum  vaziyatda  taktik 

maxorat bilan tug‘ridan to‘g‘ri ijro etish gol urish imkonini berishi mumkin. 

To‘p  uzatish  –  nemis  mutaxasisi  M.Fidlerni  izoxiga  binoan  –  bir  vaqtni 

o‘ziga  bajariladigan  ikki  xarakat  malakasidan  iborat  bo‘ladi.  Bu  malaka  xujum 



 

44 


texnikasiga kiradi. Ikkinchisi – agar to‘p maqsadli o‘yinchiga aniq etkazib berilsa 

bu uzatish deb yuritiladi va xujum texnikasiga kiradi. 

Uzatish bir necha turlardan iborat bo‘ladi: 

1. 


Tayanch xolatda yuqoridan uzatish bosh bilan; 

2. 


Ikki qo‘llab to‘pni o‘yinga kiritish; 

3. 


Oyoqning ichki qismi bilan uzatish va xakozo; 

Uzatish  vertikal,  gorizontal  yoki  diagonal  ravishda  baland,  past  uzok  yoki 

yakin  yunalishlarda  ijro  etilishi  mumkin.  To‘p  uzatishni  bu  turlaridan  zarb  bilan 

yukoridan uzatish texikasini olsak, bunda  esa  «Jangovor» xolat deb yuritiladi. 

To‘pni o‘yinga kiritish texnikasi 

To‘pni  o‘yinga  kiritish  –  o‘yinni  boshlash  yoki  davom  ettirish  vositasi  bo‘lsada, 

ayniksa,  so‘nggi  yillarda,  xujum  texnikasi  tizimida  g‘alaba  keltiruvchi  asosiy 

malakaga aylanib bormokda. 

To‘pni o‘yinga kiritish bir necha turlardan iborat: 

1. 


To‘rga  nisbatan  to‘g‘ri  turib  pastdan  va  yukoridan  to‘pni  sherigiga 

aniq uzatish. 

2. 

To‘rga nisbatan yon tomondagi va bo‘sh turgan  o‘yinchi bilan to‘pni  



pastdan va  yukoridan to‘pni bir biriga aniq uzatish. 

Yukorida    qayd  etilgandek,  to‘p  kiritish  turlari  har  xil  bo‘lsada,  ularning  bir  xil 

xususiyatlari mavjud. Zarba berish texnikasi. 

ZARBA – kiska oralikda chopish 1 faza, yugurish 2 faza, zarba berish 3 faza to‘pni 

aniqlik bilan uzati  4 faza malakalari asosida amalga oshiriladi. 

Qiska oraliqda yugurish fazasi o‘z navbatida bir-biri bilan bog‘lik bo‘lgan 3 

qismga bo‘linadi; dastlabki (tayyorgarlik) o‘rta (yugurishning asosiy qadamlari) va 

to‘pga aniq zarba berish jarayonlari. 

Yugurishning  dastlabki  qismida  futbolchi  xali  uzatilgan  to‘pning 

yo‘nalishini  to‘liq  ilg‘amasdan  harakatlanish  maqsadida  bir  ikkita  tayyorgarlik 

qadamini qo‘yadi. 

Yugurishning  ikkinchi  (o‘rta)  qismida,  uzatilgan  to‘pi  yo‘nalishi  va  unga 

munosib  bo‘lgan  xarakat  yo‘nalishi  aniqlanib,  shiddat  bilan  yugurish  qadamlari 



 

45 


tashlanadi.  Bu  kismda  ijro  etiladigan  malakalar  xujumchini  jismoniy,  texnik  va 

taktik imkoniyatlariga qarab u yoki bu tomonga o‘zgarishi mumkin. 

Ximoyada o‘ynash texnikasi 

Ximoyada o‘ynash – bu raqib o‘yinchisi tomonidan qilinayotgan amallar va 

uzatilgan  yoki  zarba  berilgan  to‘p  yo‘nalishini  to‘sish,  unda  qarama  –qarshilikni 

tashkil  qilishdir.  Ximoyada  o‘ynash  asosiy  ximoya  vositasi  bo‘libgina  qolmay, 

balki  mazkur  ximoya  yordamida  xisobni  o‘zgartirish  imkoniyati  xam  mavjud 

bo‘lishi mumkin. Demak, o‘z navbatida ximoya xujum tizimiga ham mansubdir. 




Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling