O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi urganch davlat universiteti


To‘pni  ochilgan  sheriklardan  biriga  uzatib  berish


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/45
Sana05.01.2022
Hajmi0.67 Mb.
#228459
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   45
Bog'liq
12-13 yoshdagi darvozabonlarni texnik-taktik jixatdan tayyorlashda maxsus mashqlarning ahamiyati

To‘pni  ochilgan  sheriklardan  biriga  uzatib  berish.  Darvozabon  to‘pni 

qulay pozitsiyaga chiqib ochilgan sheriklaridan biriga oshiradi. To‘p qancha uzoq 

masofaga  uzatilsa,  hujum  Shunchalik  tez  rivoj  topa  oladi,  chunki  bu  xildagi 

birinchi  uzatishdayoq  raqibning  bir  qator  o‘yinchilari  mudofaada  faol 

qatnashishdan mahrum bo‘lib koladi. 



 

54 


Darvozabon  turli  masofalarga  to‘p  uzatishning  umumiy  qonunlarini  bilishi 

Shart:  to‘p  qanchalik  qisqa  masofaga  uzatilsa,  uni  oldirib  qo‘yish  ehtimoli 

Shunchalik  kam;  qanchalik  uzoq  masofaga  uzatilsa,  o‘yin  Shunchalik  keskinroq 

bo‘ladi.  Shuning  uchun  to‘pni  qanot  tomonda  ochilgan  o‘yinchiga  –  qisqa 

masofaga  uzatgan  ma’qul,  chunki  raqib  to‘pni  tutib  qolganda  ham,  darvozaga 

bevosita xavf sola olmaydi.  

O‘yin  vaqtida  to‘pni  qo‘lga  kiritganidan  keyin  darvozabon  uni  qo‘li  bilan 

uzatib,  javob  hujumi  harakatlarini  boshlab  beradi  yoki  oyoq  bilan  tepib  uzatadi. 

Bunda  qo‘l  bilan  tashlangan  to‘p  sherikka  juda  aniq  yo‘naltirilsa  ham,  qisqa 

masofaga  etib  borishini  (to‘g‘ri,  to‘pni  qo‘l  bilan 30-40  metrga  etkazib  beradigan 

darvoza-bonlar ham bor), tepilganda esa, masofa uzaysada, etkazib berish aniqligi 

kamayib ketishini hisobga olish kerak. 

Darvozabon  javob  hujumi  boshlanayotganda  muayyan  taktik  vazifani  hal 

qiladi,  chunki  bu  vaqtda  uning  sheriklari  komanda  harakatlarining  taktik  rejasini 

amalga  oshirish  uchun  eng  qulay  pozitsiyaga  chiqish  niyatida  manyovrlar 

qiliShayotgan  bo‘ladi.  Bu  vazifaning  to‘g‘ri  hal  etilishi  komandaga  taShabbusni 

qo‘lda  saqlash,  raqibni  o‘zi  uchun  qulay  Sharoitda  o‘ynashga  majbur  qilish 

imkonini  beradi.  Darvozabon  javob  hujumi  uyushtirayotganda,  undan  nima  talab 

qilinishini  yaxshi  bilishi  kerak.  Agar  komanda  qanot  hujumchilarining  tezkor 

harakatlaridan bot-bot foydalanayotgan bo‘lsa, to‘pni qanotdagi uzoq joyga uzatib 

bergani ma’qul.  

To‘pni  o‘yinga  kiritish  usulini  tanlash  yoki  javob  hu-jumini  boshlashda 

darvozabon quyidagilarga amal qiladi:  

–  darvozadan tepish yoki darvozabon boshlaydigan javob hujumida komanda 

harakatlarini uyushtirish rejasi; 

–  o‘yindagi  vaziyat  va  sheriklardan  har  birining  bu  vaziyatni  qanchalik  tez 

baholay bilishi; 

–  o‘z  hujumchilarining  «neytral  to‘p»  uchun  raqiblarga  qarshi,  ayniqsa 

havoda  yakkama-yakka  kurashi  natijalar  (agar  himoyachilar  osongina  yutib 

chiqiShayotgan  bo‘lsa,  to‘pni  yuqorilatib  maydon  markaziga  tepib  berish 




 

55 


maqsadga  muvofiq  emas  va,  aksincha,  raqib  to‘pni  yo‘lda  tutib  qolishga  intilib 

o‘ynayotgan  bo‘lsa,  unda  to‘pni  uzoq  joyga  –  himoyachilar  orqasiga  uzatib 

berishdan foydalanish mumkin va hokazo); 

–  o‘z  darvozasi  xavfsizligini  (ayniqsa,  qo‘l  bilan  to‘p  uzatayotganda) 

maksimal saqlab qolish vazifasi. 

Mashg‘ulotlarning  boshlang‘ich  qismida  darvozabon  ham  xamma  maydon 

o‘yinchilari  bajaradigan  mashqlarni  bajaradi.  Keskin,  mashg‘ulotlarning 

boshlang‘ich  qismini  yakunida  darvozabon  ular  uchun  xos  bo‘lgan  maxsus 

mashqlar  kompleksini  bajarishi  kerak.  Buni  jamoaning  umumiy  mashg‘ulotlar 

umumiy tarkibini buzmagan xolda bajarish mumkin. 

Masalan:  maydon  o‘yinchilari  darvozabon  ishtirok  etishi  Shart  bo‘lmagan 

juft —juft bo‘lib, yoki uch kishi ishtirokida oyoq va kalla bilan to‘p uzatish, turli 

kvadratlarni mashq qilish va boshqa mashqlar bilan band bo‘lgan vaqtda: 

1.Darvozabon  o‘z  oldidan  to‘pni  dumalatadi  va  unga  etib  olib  qo‘li  bilan  boshi 

uzra ko‘tarish; 

2.Darvozabon  to‘pni  yuqoriga  tepadi  va  chaqqonlik  bilan  uni  sakragan  holda  ilib 

oladi; 

3.Ikkinchi mashqdagidek xolat, lekin uni vertikal (tikka yuqoriga) tepadi; 

4.Ikkinchi  va  uchinchi  mashqdagidek  holat  bo‘ladi,  lekin  to‘pni  mushti  bilan 

qaytaradi; 

5.Darvozabon  o‘z  oldiga  to‘pni  dumalatadi,  to‘p  3  —  4  metr  undan  uzoqlikga 

etganda, unga sakrab tashlanadi; 

6.Beshinchi mashqdagidek xolat, lekin to‘pni yoy Shaklida otadi va to‘p erga tegib 

sakragandan keyin darvozabon unga sakragan holda tashlanib, uni iladi; 

7.Beshinchi  va  oltinchi  mashqdagidek  qolat,  lekin  to‘p  qo‘l  bilan  ilinmay  balki, 

(kuchsizroq) chekkaga qaytariladi; 

8. Bir necha to‘p bilan o‘ynash (janglirovka qilish); 

Bir joyda turgan xolda to‘pni bel satxida doira  shaklida quldan qulga uzatadi; 




 

56 


9.Oyoqlar  elka-  kengligida.  Darvozabon  oyoqlari  orasidan  to‘pni  oldinga  va 

orqaga bo‘ylab erda dumalatiladi va u maksimal masofaga etganda qo‘l bilan ilib 

olinadi; 

10.Darvozabon to‘pni er bo‘ylab chekkaga irg‘itib yuboradi va o‘zi unga tashlanib 

ilib oladi; 

11.O‘n birinchi mashqdagidek holat, lekin to‘p yuqorilatib irg‘itiladi; 

12.O‘n birinchi mashqdagidek holat, lekin tepaga yo‘naltiriladi; 

13.Darvozabon  to‘pni  elkasi  osha  orqa  tomondan  yo‘naltirib,  oldindan  ilib  olishi 

kerak; 

14.Turgan  holatda  oyoqlar  elka  kengligida  ochilgan.  Ung  qo‘li  bilan  to‘pni 

oyoqlari orasidan chap qo‘lga uzatiladi. So‘ngra u chap qo‘li bilan oldinga harakat 

qilib, to‘p o‘ng qo‘lga uzatiladi. (Mayatnik harakati kabi). 

 


Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling