2. To‘p faqat qo‘l bilan oldinga yo‘naltiriladi, so‘ngra darvozabon unga
o‘ng burchagiga yoki undan uzoqroqqa yo‘naltiradi. So‘ngra yugurib chiqqan
holda uni egallab oladi (yoki musht bilan qaytaradi). O‘rinni o‘ng ustunga
holda etib olib, to‘pni darvoza ustuni ustidan chiqarib yuborishga harakat qiladi;
57
6. Darvozabon to‘p bilan darvoza chizig‘ida turadi. U kuch bilan to‘pni
jarima maydoni chizig‘iga yo‘naltiradi va to‘p darvoza maydoni chizig‘ini kesishi
bilan darvozabon harakatlanib to‘p 11 metrli belgiga etmasdan uni egallab olishga
harakat qiladi;
7. To‘p 11 metrli belgidan darvoza tomonga yo‘naltiriladi, darvozabon
to‘pni darvoza chizig‘ini kesib o‘tishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak;
8. Darvozabon to‘pni ancha yuqoriga irg‘itadi va 36 darajaga aylanib to‘p
erga tegmasdan avval uni egallab olishga harakat qiladi;
9. To‘pni yuqoriga irg‘itgandan so‘ng o‘tirgan holda ilish;
10. Darvozabon darvozada turgan holda. Bir to‘p o‘ng burchakda ikkinchisi
chap burchakda turibdi. Darvozabon avval chap burchakdagi to‘pni, so‘ngra
orqaga qaytib, sakrab tashlangan holda o‘ng burchakdagi to‘pni egallashga harakat
qiladi. Tomonlarni almashtirgan holda mashqni qaytaradi
Do'stlaringiz bilan baham: