O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi urganch davlat universiteti


Murabbiyning darvozabon bilan yakka  mashg‘ulotlari


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/45
Sana05.01.2022
Hajmi0.67 Mb.
#228459
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   45
Bog'liq
12-13 yoshdagi darvozabonlarni texnik-taktik jixatdan tayyorlashda maxsus mashqlarning ahamiyati

 

Murabbiyning darvozabon bilan yakka  mashg‘ulotlari 

1. To‘p darvozaning o‘ng burchagida darvoza chizig‘idan 0,5 metr masofada 

turibdi.  Darvozabon  darvoza  markazida  turibdi.  O‘ng  tomonga  bir  qadam  qo‘yib  

sakragan  holda  tashlanib  to‘pni  egallab  oladi.  Uni  joyida  qoldirib  tezda  o‘rnidan 

turadi.  Shu  zahotiyoq  darvozadan  10  metr  narida  turgan  murabbiy  tomonidan 

yuqorilatib yo‘naltirilgan to‘pni sakragan holda ilib olish kerak. 




 

59 


Mashq  10  marotaba  takrorlanadi.  So‘ngra  darvozabon  qisqa  vaqt  dam  oladi 

bu  davrda  to‘p  o‘ng  burchakdan  chap  burchakka  o‘tkaziladi  va  mashq  qaytadan 

yana boshlanadi. 

2. Topshiriq avvalgi mashqdagidek holatda bo‘lib, darvozabonga burchakdan  

to‘p  tashlanganidan  so‘ng  tezda  urnidan  turib,  tezda  qarama-  qarshi  burchakka 

murabbiy tomonidan 1,2 metr yuqoridan yo‘naltirilgan to‘pga tashlanadi. 

3. Avvalgi  mashqdagidek:  darvozabon  sakrab  to‘pni  iladi,  darvoza 

burchagida  turgan  to‘pni  egallash  uchun  tashlanadi  va  tezda  turib  qarama  qarshi 

burchakka  yo‘naltirilgan  to‘pni  egallash  uchun  tashlanadi.  To‘p  murabbiy 

tomonidan qarama qarshi ustunga pastdan yo‘naltiriladi. 

4. Darvozabon  chap  ustun  yonida  turadi.  Murabbiy  darvozadan  10  metr 

masofada  turgan  holda  dioganal  bo‘ylab  to‘pni  o‘ng  burchakka  yo‘naltiradi. 

Darvozabon to‘pni darvozaga kirmasdan avval egallashga harakat kiladi. Har  10 

ta mashqdan so‘ng dam olish uchun tanaffus beriladi. 

5. Darvozabon  chap  ustun  yonida  turadi,  murabbiy  esa  to‘p  bilan  undan  6 

metr  oldinda  turadi.  Darvozabon  darvoza  markaziga  yuguradi.  U  markazga  etib 

kelmasdan  avval  murabbiy  to‘pni  darvozaning  burchagiga  yo‘naltiradi. 

Darvozabon  180°  ga  burilgan  holda  darvozaga  kirib  ketayotgan  to‘pni  sakragan 

holda ilib olishga harakat qiladi. 

6. UbShu  mashqda    murabbiy  to‘pni  er  yuzidan  emas,  1,2  metr  balandlikda 

yo‘naltiradi. Maqsad darvozabonning uzoqroq masofaga sakrashni mashq qilish. 

7. Uchta  to‘p  taxminan  darvozadan  5  metr  masofada  1,5  metr  oraliqda 

joylashtirilgan,  ular  tartib  nomeri  bilan  belgilangan.  Darvozabon  darvoza 

markazida  turgan  holda  murabbiy  buyrug‘iga  ko‘ra  aytilgan  tartib  raqamidagi 

to‘pga tashlanadi.  Uni  egallab olib  joyida  qoldiradi.  Ular  10—15  ta o‘ng  yoniga 

sakrab  tashlanishdan  so‘ng  darvozabonga  dam  olish  uchun  qisqa  tanaffus  e’lon 

qilinadi.  Keyingi  gurux  sakrashlar  faqat  chap  yoniga  sakrab  tashlanishdan  iborat 

bo‘ladi. 



 


 

60 



Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling