O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi urganch davlat universiteti
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
12-13 yoshdagi darvozabonlarni texnik-taktik jixatdan tayyorlashda maxsus mashqlarning ahamiyati
13
1.3 Yosh darvozabonlarning maydondagi texnik harakatlari. P.N.Kazakov, R.I.Nurimovlarning bildirishlaricha, o‘yinda sheriklar va raqib jamoada o‘yinchilarning qaerda turganiga, shuningdek to‘p harakatining yo‘nalishi, trektoriyasi va tezligiga qarab darvozabon harakatning xilma-xil priyomlar, usul va turlarni qullaydi. Bundan tashqari o‘yin jaryonida darvozabon maydon o‘yinchisi ixtiyoridagi kerakli texnik piryomlardan foydalanaveradi. Darvozabonlar o‘yin davomida o‘yinni boshlashlari mumkin. Shuning uchun darvozabonlar mashg‘ulotlarda darvozabon texnikasidan tashqari maydon o‘yinchisi texnikasini egallashlari lozim. Quyidagi usullar guruhi darvozabonning o‘yin texnikasiga kiradi: to‘pni ilib olish, qaytarish, o‘tkazib yuborish va tashlash. O‘yinda sheriklar va raqib komandasi o‘yinchilarning qaerda turganiga, shuningdek, to‘p harakati-ning yo‘nalishi, traektoriyasi va tezligiga qarab darvozabon harakatining xilma-xil usullari, usul va turlari qo‘llaniladi. Ularning tasnifi berilgan. O‘yin jarayonida darvozabon maydon
o‘yinchisi ixtiyoridagi kerakli texnik usullardan foydalanaveradi.(12,24) Maydondagi 10 o‘ynovchi futbolchilar to‘pni olib yurishni, to‘pni uzatish, to‘pga zarba berish, to‘pni to‘xtatish, bosh bilan o‘ynash kabi texnik xarakatlarni bajariShadi. Darvozabon xam maydonda ana shunday texnik xarakatlarni bajaribgina qolmay, qo‘l bilan xam texnik xarakatlana oladi. Darvozabonning qo‘ldagi texnik xarakatlari quyidagicha bajariladi. To‘pni erdan, xavodan ilib olish, ushlash, zarbalarni xavodan, erdan kaytarish, tupni jamoadoshiga xavodan, erdan uzatish, uloktirish. Xar bir darvozabonda kul bilan bajarilgan texnik xarakatlar yukori darajada takomillashgan bulishi kerakligini kupgina futbol murabbiylari izoxlashgan. P.N. Kazakov, A.Akimov, R.I.Nurimov, Arpad Chanadi va boshqa mutaxassis va murabbiylarning fikricha, darvozabonlarning maydondagi texnik harakatlari maydondagi o‘yinchining texnikasidan tubdan farq qiladi. Bu darvozabon qoidaga 14
binoan jarima maydonni ichida qo‘l bilan to‘pni o‘ynashga ruxsat etilgani bilan bog‘liqdir. Darvozabon joyida turib, harakatlanib va sakrab o‘ynashning barcha texnik usullarini a’lo darajada bilishi zarur. Darvozabonning mahorat darajasi ana shu usullarning nechog‘lik to‘g‘ri, aniq va ishonchli bajarilishiga bog‘liq. Darvoza oldidagi o‘yin bilan darvozadan chiqib harakat qilishni muvaffaqiyatli qo‘shib olib borish, o‘z darvozasini himoyalash va hujum uyushtirishda sheriklar bilan bahamjihat harakat qilish ham darvozabonning yuksak mahoratini ko‘rsatadi. P.N.Kazakov, M.P.Sushkov, B.A.Arkadev, R.I.Nurimov, V.I.Kozlovsiy, Yu.N.Lopachev va boshqalarning yozishicha, darvozabonlar o‘yin davomida, ilib olish, qaytarish, va tashlash harakatlarini bojariShar ekan. Darvozabonlarning o‘yin texnikasi to‘pni ilib olish, tashlash, to‘p uchun yiqilish, musht bilan yoki oyoqda to‘pni qaytarish, qo‘l bilan tashlab berish. oyoqda tepib berish, qo‘l bilan uzoqqa tashlab berish, qo‘l bilan o‘yinga kirg‘azish kabi harakatlarni tashkil topar ekan.(12,24,25,26) S.N.Andreev, B.YA.Sirik, Yu.S.Lukashinlarning fikricha darvozabonlarning o‘yin texnikasi maydon o‘yinchisining o‘yin texnikasidan farq qilib o‘z ichiga quyidagi harakatlarni oladi. Asosiy turish, ilib olish, qaytarish, tashlanish va urib yuborish, o‘yinga kirg‘azish kabilardir. K.M.Maxkamjonov, R.S.Solomov, R.S.Sarkisyan, X.M.Magametova., R.I.Nurimovlarning ta’kidlashlaricha texnik usullarni samarali bajaralishi ko‘pincha davozabonlarning harakatidan, tayyorgarligidan aniqlanadi. Buning uchun darvozabonlarning har xil harakatlarning bajarilishidan oldingi, dastlabki xolat asos bo‘ladi. A.A.Suchilin, M.P.Sushkov, M.B.Rozin, Y.S.Lukashin, S.N.Andreevlarning takidlashlaricha, darvozabonlar mashg‘ulotlarni darvozada boshlashlaridan oldin, darvozada harakatlanishlarni o‘rganishlari lozim. Bundan tashqari darvozada turganlarda oyoq elka kengligida, tizzalar salgina bukilgan, qullar ham panjalarini bel qismiga ko‘tarilgan joygacha bukilgan, kaft ichkariga qaragan, barmoqlar 15
bukilgan, elkalar oldinga bukilgan holda darvozabon darvoza chizig‘ida chalishtirma va juftlama qadamlar tashlab yugushish kerak deb hisoblaydi. Texnik usullarning muvaffaqiyatli bajarilishi ko‘p jihatdan darvozabonning harakatga qanchalik tayyor turganligi bilan belgilanadi. Darvozabonning to‘g‘ri dastlabki holatda bo‘lishi uning harakatga tayyor ekanligi omillaridandir. Bunday dastlabki holat oyoqlarni elka kengligida kerib, sal bukib turish bilan ifodalanadi. Yarim bukik qo‘llar ko‘krak balandligida oldinga uzatilgan. Kaftlar olg‘a tomon ichkariga qaragan. Barmoqlar sal bo‘shashtirilgan. Dastlabki holatning to‘g‘ri bo‘lishi darvozabonga og‘irlik markazi o‘qini tezlik bilan tayanch sathidan tashqari chiqarib olib, lozim bo‘lgan harakatlarni oddiy, juftlama yoki chalishtirma qadam tashlab, sakrab va yiqilib bajarish imkonini beradi (18,28,30). Texnik usullarni samarali bajarishda asosi dastlabki xolatdan muvaffakiyatli bajarilgan. Darvozabonning tugri dastlabki xolati kursatilgan. Bunda dastlabki xolat oyoklarni elka kengligida kerib, sal bukib turish bilan xarakterlanadi. Yarim bukuk kullar kukrak balandligida oldinga uzatiladi. Kaftlar olgan tomon ichkariga karagan barmoklar sal buShashtirilgan. Dastlabki xatoning to‘g‘ri bo‘lishi darvozabonga og‘irlik markazi o‘qni tezlik bilan tayanch satxidan tashkari chikarib olish lozim.
Xarakatlarni oddiy juftlama yoki chalishtirma qadam tashlab, sakrab va yiqilib bajarish imkonini yaratadi.
Darvozabonning asosiy texnik xarakatlari to‘pni ilib olishdir. Darvozabonlar to‘pni yo‘nalishi, traektoriyasi va tezligiga qarab quyidagicha ilib oliShadi. To‘pni pastdan ilib olish-darvozabon tomon yumalab kelayotgan, yuqoridan tushib kelayotgan va past uchib kelayotgan to‘plarni egallab olish. To‘pni yuqoridan ilib olish o‘rtacha traektoriyada (ko‘krak va bo‘y barobar) uchib kelayotgan va pastga tushib kelayotgan to‘plarni egallab olish uchun qo‘llaniladi. To‘pni yondan ilib olish –darvozabonning yon tomoniga o‘rtacha traektoriyada uchib kelayotgan to‘plarni qo‘lga kiritish uchun qo‘llaniladi.
16
To‘pni yiqila turib ilib olish darvozabondan chetga qo‘qisdan, aniq goxo esa juda qattik yo‘naltirilgan to‘plarni qo‘lga kiritishning samarali vositasidir. To‘p uzatilgan ushlab qolish va rakib oyog‘idan to‘pni olib qo‘yishda qo‘llaniladi. M.P.Sushkovning ta’kidlashicha darvozabonlar darsning kirish (I) va oxirgi (III) qismlarida darvozabon boshqalar bilan birga Shug‘illanadi. gimnastika va engil atletika mashqlari hamda estafetalarga ham u hamma o‘yinchilar bilan birga qatnaShadi. Biroq, u to‘pni bosh bilan to‘pga musht urish uchun qo‘l muskullarining kuchini oshirish maqsadida qo‘llar bilan ham tegishli mashqlarni bajaradi. To‘p bilan mashq qilganda uning mashqi boshqa o‘yinchilarnikidan o‘zgacha bo‘ladi. Ba’zan jamoada faqat bitta yoki ko‘pi deganda uchta to‘p bo‘lgani uchun darvozabon umumiy mashg‘ulotlarda alohida mashq qila olmaydi. Shuning uchun darvozabon dars bayonlarida ko‘rsatilgan har xil usulda to‘p tepishni boshqa o‘yinchilar bilan birga mashq qilishi kerak. O‘z o‘yin texnikasini puxta o‘rganib olish uchun asosiy mavsumda darvozabonga maxsus holi joy va vaqt ajratilishi lozim. Agar instruktor mashg‘ulot o‘tkaziladigan umumiy ikki kundan tashqari darvozabon uchun qo‘shimcha bir kun ajratsa yanada yaxshiroq bo‘ladi. Lekin bu butun jamoa bilan birga o‘tkaziladigan mashg‘ulotlardan darvozabonni mutloqo ozod qilmaydi. Darvozabonlarni mashg‘ulotlarga qatnashtirish kerak. Darvozabon texnikasi xaqida Shunday fikr yuritdi. Darvozabonning o‘z jarima maydonida qo‘l bilan xarakatlanishi uning yutug‘idir. Raqib xujumlarini bartaraf etishda, asosan burchak to‘plaridan juda sergak bo‘lish, burchak to‘piga birinchi bo‘lib tepish, to‘pni jarima maydonidan uzoqlashtirish, darvozabonning asosiy burchlaridan biridir.
M.Akimov darvozabonning texnik xarakatlari mukammal bo‘lishi uchun xar bir mashg‘ulotda texnik xarakatlarga doir mashklarni bajarish kerakligini ta’kidlaydi. Darvozabonning to‘g‘ri dastlabki xolati xam darvozada ishonchli o‘ynashda katta axamiyat kasb etadi. To‘pni ilib olish–darvozabon o‘yin texnikasining asosiy vositasi hisoblanadi. To‘pni ilib olish mumkin bo‘lmagan xollarda to‘p qaytarib yuboriladi.
17
Darvozabonga deyarli to‘pni to‘xtatib qolish zaruriyatiga duch kelmaydi. U to‘pni ko‘pincha qo‘l bilan ilib oladi. Mashg‘ulot jarayonida darvozabonlar alohida mashqlarni bajariShadi. Ular ko‘pincha darvozada turib mashqlarni bjarishi, har qanday xolatda darvozani qo‘riqlay olishlari kerakdir. Harakat usulini tanlab olish darvozabonga berilgan zarbani qaytaruvchi texnik usulni to‘g‘ri ijro etish imkonini beradi. Bunda darvozabon: darvozadagi o‘z pozitsiyasini, to‘pning uchish traektoriyasini (to‘p yuqoridan, pastdan, yon tomonga yaqinroqdan, uzoqroqdan va hokazo kelayotganini); zarba kuchini, ya’ni to‘pning uchish tezligini (to‘pni ilib olish tomoniga surilish yoki uni yiqila turib ilish kerakligi Shunga bog‘liq); o‘z o‘yinchilari va raqib o‘yinchilari qanday joylashganligini (Shunga qarab to‘pni ilib olish, qaytarib yuborish yoki tashqariga o‘tkazib yuborish kerakligi hal qilinadi); maydon va to‘pning ahvolini (to‘pning sirti va er ho‘lmi yoki quruq ekani va hokazo) e’tiborga oladi. Harakat usulini aniqlab olgandan keyin darvozabon tegishli texnik usul yordamida uni amalga oshiradi.
Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling