7
I-BOB. MAVZUNING ADABIY MANBALAR BO‘YICHA O‘RGANISH
XOLATI.
1.1. O‘yin davomida darvozabonlarga qo‘yiladigan vazifalar.
Hozirgi futbol darvozabondan ustalik bilan darvozani himoya qilishnigina
emas, balki jarima maydoni ichida faol harakat olib borishni, Shuningdek, hamma
himoyachilarni boshqarib turishni ham talab qiladi. U komandasining hamma
mudofaa harakatlarini muvofiqlash-tirib turadi. Darvozabon turadigan (hammadan
orqada) joyning o‘zi unga hujumchilar qanday tizilib kelayotgani va ular nima
maqsadda ekanini ko‘rib turish imkonini beradi. Buning ustiga, darvozabon o‘z
komandasining ko‘pgina hujumlarini boshlab beradigan (to‘pni qo‘lga kiritganida
yoki darvozadan to‘p tepib berganida) futbolchi, Shu sababli ham hujum
qatorlarida taShabbus va izchillik saqlanib turishi uchun uning mahorati juda zarur.
Arpad Chanadi, M.Akimovlarning e’tiroficha, darvozabonning darvozadagi
ishonchli o‘yini, maydon o‘yinchilarini g‘alaba qozonishidagi imkoniyatlari
oshishidan iboratdir.
Bundan tashqari ko‘pgina murabbiy va mutaxassislar P.N. Kazakov,
R.I.Nurimov, V.I.Kozlovskoy, Y.N. Lopachev, S.N.Andreev va boshqalarning
fikricha, eng murakkab va og‘ri vazifa ham darvozabonlar oldida turadi. Chunki
darvozabon maydonda hamma o‘yinchilarni ko‘rishi, ularni ko‘zatib turishidan
tashqari darvozani behato himoya qilish mas’uliyati turganini xis qilib o‘ynashi
lozim.(12,24,25,26,28)
A.Akimovning fikricha, maydondagi 10ta bir xil kiyimdagi o‘yinchilardan
11chi o‘yinchi, ya’ni darvozabonning vazifasi qiyin bo‘lib, darvozabon o‘yindagi
oxirgi himoya chizig‘i hisoblanadi. O‘yin davomida hujumchilar o‘yinning
himoya chizig‘ida qolib ketishsa, hujum uyushtira olmasa, o‘yin qo‘ldan ketgan
paytda, hamma imkoniyatlar darvozabonlarning harakatlariga bog‘liq bo‘lib
qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: