O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi urganch davlat universiteti
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
12-13 yoshdagi darvozabonlarni texnik-taktik jixatdan tayyorlashda maxsus mashqlarning ahamiyati
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning tashabbusi va bevosita raxbarligi ostida jismoniy tarbiya va sport barkamol avlodni tarbiyalash vositasi sifatida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari qatoridan joy oldi. Jumladan, «O‘zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida»gi farmoni va uni hayotga tadbiq etish bo‘yicha qabul qilingan Hukumat Qarori ushbu masalaning «bugungi» va «ertangi» istiqbolini belgilab, me’yoriy-huquqiy va moddiy ta’minotiga fundamental asos soldi. Darhaqiqat, so‘nggi yillar mobaynida mamlakatimizda bolalar sportini rivojlantirish va yosh iste’dodli sport zaxiralarini tayyorlash borasida juda katta islohatlar joriy etildi. Yurtimizda, qishloq va maxalalarda ko‘plab zamonaviy sport inshootlari barpo etilib ularda farzandlarimiz o‘zlari sevgan sport turlari bilan Shug‘ullanib kelmoqdalar. Natijada jismoniy tarbiya va sport o‘quvchi yoshlarning kundalik xayotiy extiyojiga aylanib bormoqda. Jismoniy tarbiya va ommaviy sport turlarini rivojlantirish bilan bir qatorda katta sport mavkeini ko‘tarishga xam ustuvor axamiyat qaratilmoqda. Respublikamizda xalqaro va jaxon miqyosidagi nufuzli musobaqalar o‘tkazilmoqda xamda sportchilarimiz xalqaro miqyosidagi nufuzli musobaqalarda ishtirok etmoqdalar. Jumladan, “Umid nixollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” kabi uch bosqichli ommaviy sport musobaqalari joriy etildi va borgan sari nufuzli mavkega ega bo‘lib, iste’dodli sportchilarni xalqaro va Olimpiya musobaqalariga olib chiqishda ko‘prik vazifasini o‘tab kelmoqda. Bu borada barcha ustuvor sport turlari kabi qayd etilgan ommaviy sport musobaqalari va Olimpiya o‘yinlari dasturidan joy olgan eng ommaviy sport turi futbolga xam aloxida e’tibor qaratilmoqda.(1,2,3,4,5) Futbol - o‘quv fani sifatida barcha ta’lim muasassalari o‘quv rejasiga kiritilgan, dars va darsdan tashqari paytlarda faoliyat ko‘rsatadigan sport to‘garaklari, BO‘SMlar, sport klublarida maxsus rejalashtiruv xujjatlarida asoslangan o‘quv - trenirovka jarayoniga joriy etilgan. Yosh futbolchilarni 4 tayyorlash va mamlakat terma jamoasi uzviyligini ta’minlash xamda xalqaro maydonlarda yuqori natijalarga erishish o‘quv- trenirovka mashg‘ulotlarini ilmiy asosda olib borish zaruratini tug‘diradi. Bu borada barcha shart– sharoitlar yaratilmoqda. Zamonaviy futbolda samarali o‘yin ko‘rsatish va yuqori natijaga erishish nafaqat jismoniy tayyorgarlikga balki yuqori saviyada Shakllangan texnik – taktik maxoratga juda xam bog‘liqdir. Buning uchun tajribali murabbiylarning ish faoliyatini xamda vatanimiz va chet el olimlarining ilmiy tadqiqot ishlarini o‘rganish assida sport mashg‘ulotlarini xalqaro andozalar asosida tashkil qilish va olib borishni o‘rganish va ommalashtirish zarur. Bunda mashg‘ulotlar oxirgi fan yutuqlari asosida tashkil eitlishi lozim. Jamiyat rivojlanishing xozirgi bosqichida yosh sportchilarni tayyorlash masalalari aloxida axamiyat kasb etib bormoqda. Mamlakatimiz xamda chet el mutaxassislarining qator tadqiqotlari jismoniy tayyorgarlik muammolariga bag‘ishlangan. Zamonaviy sportda yuqori sport natijalariga erishish omili texnik-taktik usullarning samaradorligi bilan bevosita bog‘liq. Binobarin yuqori maxoratli sportchilarni tayyorlashda mashg‘ulot jarayonida texnik-taktik usullarni o‘rgatishga aloxida e’tibor qaratish muxim axamiyat kasb etadi. Demak, sport malakalarini ko‘p marotaba ijro etilishi usullarni takomillashtirishga olib keladi. O‘yin usullarini o‘rgatishda sportchilarni malakalarini uzluksiz Shakllantirib borish maqsadga muvofiqdir.(3,4,5,) Dastlabki o‘rgatish bosqichida texnik va taktik tayyorgarlikni rivojlantiruvchi mashqlarni o‘rnida qo‘llash pedagogik jarayonning eng asosiy tomonlaridan biridir. Chunki, xar bir o‘yin texnikasi va taktikasini o‘rgatuvchi mashqlarni tanlab qo‘llanilmasa nufuzli musobaqalar jarayonida kutilgan natijani bermasligi mumkin. Aksincha noo‘rin yoki me’yoridan kam darajada qo‘llaniladigan mashqlar texnik malakalarni rivojlanmasligiga olib kelishi Shubxasisdir. Ushbu muammoning echimini nufuzli o‘yinlarni taxlil qilish va o‘yin texnikasini rivojlantiruvchi vosita va uslublarni joriy qilish evaziga amalga oshirish mumkin. Ana Shundagina futbolchilarning texnik-taktik imkoniyatini
5 oshirish, ularning texnik tayyorgarliklarini oshirish ta’minlanadi. Qayd etilgan muammolar va ularning xayotiy echimi tanlangan magistrlik ishi dolzarbligini isbotlaydi. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling