O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi urganch davlat universiteti


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/45
Sana05.01.2022
Hajmi0.67 Mb.
#228459
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45
Bog'liq
12-13 yoshdagi darvozabonlarni texnik-taktik jixatdan tayyorlashda maxsus mashqlarning ahamiyati

I-bobning qisqacha xulosasi 

     Futbol  o‘quv  fani  sifatida  barcha  ta’lim  muassasalari  o‘quv  rejasiga  kiritilgan, 

darsdan  va  ishdan  tashqari  faoliyat  ko‘rsatadigan  sport  to‘garaklari,  BO‘SMlar, 

sport  klublarida  maxsus  rejalashtiruv  xujjatlarida  asoslangan  o‘quv-trenirovka 

jarayoniga joriy etilgan. 

      Shunday  ekan  yosh  futbolchilarni  tayyorlash  va  mamlakat  terma  jamoasi 

uzviyligini  ta’minlash  xamda  xalqaro  maydonlarda  yuqori  natijalarga  erishish 

o‘quv  mashg‘ulotlarini  ilmiy  asosda  olib  borish  zaruratini  tug‘diradi.  Bu  borada 

barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. 

    Zamonaviy  futbolda  samarali  o‘yin  ko‘rsatish  va  yuqori  natijalarga  erishish 

nafaqat  jismoniy  tayyorgarlikga  balki  yuqori  saviyada  Shakllangan  texnik-taktik 

maxoratga  juda  xam  bog‘liqdir.  Buning  uchun  tajribali  murabbiylarning  ish 

faoliyati  xamda  vatanimiz  va  chet  el  olimlarini  ilmiy  tadqiqot  ishlarini  o‘rganish 

asosida  sport  mashg‘ulotlarini  xalqaro  andozalar  asosida  tashkil  qilish  va  olib 

borishni o‘rganish va ommalashtirish zarur.  

     Dastlabki  o‘rgatish  bosqichida    texnik  va  taktik  tayyorgarlikni  rivojlantiruvchi 

mashqlarni  o‘rnida  qo‘llash  pedagogik  jarayonning  eng  asosiy  tomonlaridan 

biridir. Chunki, xar bir o‘yin texnikasi va taktikasini o‘rgatuvchi mashqlarni tanlab 

qo‘llanilmasa  nufuzli  musobaqalar  jarayonida  kutilgan  natijani  bermasligi 

mumkin.  Aksincha  noto‘g‘ri  yoki  me’yoridan  kam  darajada  qo‘llaniladigan 

mashqlar  texnik  malakalarni  rivojlanmasligiga  olib  kelishi  Shubxasisdir.  Ushbu 

muammoning  echimini  nufuzli  o‘yinlarni  taxlil  qilish  va  o‘yin  texnikasini 




 

46 


rivojlantiruvchi  vosita  va uslublarni  joriy  qilish  evaziga  amalga  oshirish  mumkin. 

Ana  shundagina  futbolchi  darvozabonlarning  texnik-taktik  imkoniyatini  oshirish, 

ularning  texnik  tayyorgarliklarini  oshirish  ta’minlanadi.  Maxoratli  futbolchi 

darvozabonlarni  tayyorlashda  mashg‘ulot  jarayonida  texnik-taktik  usullarni 

o‘rgatishga  aloxida  e’tibor  qaratish  muxim  axamiyat  kasb  etadi.  Demak,  sport 

malakalarini ko‘p marotaba ijro etilishi usullarni takomillashuviga olib keladi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 

47 



Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling