2.2.2. Pedagogik kuzatuvlar.
Futbol to‘garaklarida 12-13yoshdagi darvozabonlarni texnik va taktik jixatdan
tayyorlashda maxsus mashqlarni axamiyatini aniqlash bo‘yicha pedagogik
kuzatuvlar olib borildi. Pedagogik kuzatuvlar butun tadqiqot davomida qo‘llanildi
va o‘rganilayotgan ma’lumotlarni olishning eng muxim uslubi bo‘lib xizmat qildi.
Tajriba
o‘tkazilishining boshlang‘ich bosqichida pedagogik kuzatuvlar
mashg‘ulotlarni tashkil qilinishi va o‘tkazilishi, Shug‘ullanuvchilar tayyorgarligi
va qiziqishlariga xamda unga qo‘yiladigan pedagogik talablarga muvofiqligi
to‘g‘riligi axborotlarni olish uchun qo‘llanildi. Ishlab chiqilgan dasturni amalga
oshirish mobaynida mashg‘ulotlarni tashkil qilish va o‘tkazilishi kuzatildi,
Shug‘ullanuvchilarning kayfiyatlari, ularning mashg‘ulotlarga bo‘lgan qiziqishlari
va egallagan bilim va ko‘nikmalari, yuqori texnik-taktik natijalarga erishish
istaklari o‘rganildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |