O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti diskret matematika va matematik mantiq


  VI. Fan o`qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)


Download 470.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana30.07.2023
Hajmi470.93 Kb.
#1663754
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
27669 FD Matem DMMM 2022 2023

3. 
VI. Fan o`qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar) 
Fanni o’zlashtirish natijasida talaba: 
To’plamlar nazariyasi, munosabatlar, relyatsion algebra, maxsus binar 
munosabatlar, mulohazalar algebrasi, formal aksiomatik nazariya, mulohazalar 
hisobi,Bul funksiyalari, Post teoremasi, predikatlar algebrasi, formulalar va ularning 
bajarilishi, predikatlar hisobi, kombinatorikaning asosiy prinsplari, graflar va 
ularning turlari, graflarni bo’yash, daraxtlar, oqimlar haqida tasavvur va bilimga ega 
bo’lishi; 
To’plamlar va munosabatlar ustida amallar bajarish, rostlik jadvalini tuzish, 
normal shakllarni topish, teoremalarni isbotlash, Bul funksiyalar sistemasining 
to’liqligini aniqlash, predikatlar ustida amallar bajarish, kombinatorik masalalarni 
yechish, kombinatorika prinsplarini amaliy masalalarga qo’llash, graflarni bo’yash 
algoritmlarini bilish, daraxtlardagi algoritmlardan foydalanish, amaliy masalalarni 
yechishga diskret matematika va matematik mantiq usullarini qo’llash 
ko’nikmalariga ega bo’lish; 
Talaba diskret matematika va matematik mantiq usullarini qo’llash, amaliy 
masalalar yechishga mantiqan yondoshib diskret matematika, kombinatorika va 
graflar nazariyasi bo’yicha olingan bilimlarni qo’llash malakasiga ega bo’lishi 
kerak.
4. VII. Ta’lim texnologiyalari va metodlari: 

ma’ruzalar; 


12 

interfaol keys-stadilar; 

seminarlar (mantiqiy fiklash, tezkor savol-javoblar); 

guruhlarda ishlash; 

taqdimotlarni qilish. 
5. VIII. Kreditlarni olish uchun talablar: 
Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to`la o`zlashtirishi, tahlil 
natijalarini to`g`ri aks ettira olishi, o`rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil 
mushohada yuritishi va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va 
topshiriqlarni bajarishi, yakuniy nazorat bo`yicha yozma ishni topshirishlari lozim. 

Download 470.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling