O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
hermann hesse asarlarida gumanizm chol borisi va nyurenbergga sayohat asarlari misolida
- Bu sahifa navigatsiya:
- QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI ROMAN -GERMAN FILOLOGIYASI FAKULTETI NEMIS TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI
- 5120110 - Filologiya va tillarni o’qitish ( nemis tili) yo’nalishi bakalavr akademik darajasini olish uchun Bozorova Umida Tilovberdiyevna
- II. bob.
- Mavzuning o’rganilish darajasi
- Ishning aprobatsiyasi
- Tadqiqotning vazifalari
- Bitiruv malakaviy ishining ob’yekti va predmeti
- Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi
- I Bob Tarjima –ikki xalq o’rtasidagi oltin ko’prikdir.
- Tarjima - murakkab san`atdir
- Tarjima –ikki xalq o’rtasidagi oltin ko’prikdir.
1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI ROMAN -GERMAN FILOLOGIYASI FAKULTETI NEMIS TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI Qo’lyozma huquqida 5120110 - Filologiya va tillarni o’qitish ( nemis tili) yo’nalishi bakalavr akademik darajasini olish uchun Bozorova Umida Tilovberdiyevna HERMANN HESSE ASARLARIDA GUMANIZM („Cho’l bo’risi „ va „Nyurenbergga sayohat “asarlari misolida) mavzusidagi Ilmiy rahbar: Roman–german tillari kafedrasi katta o’qituvchisi G.Sodiqova Taqrizchi: QarMII tillarni o’qitish kafedrasi katta o’qituvchisi Suyarov A.B QARSHI – 2014 2
M U N D A R I J A Kirish………………………………………………………………………………3 I .Bob. Tarjima –ikki xalq o’rtasidagi oltin ko’prikdir 1.1. Hermann Hesse ijodi jahon adabiyotida…….………………………………6 1.2. Hermann Hesse –noyob iste’dod sohibi. ……………………………………10 1.3. „Cho’l bo’risi’’„Nyurenbergga sayohat “ “ asarlarining yaratilish tarixi…….14 II. bob. Hermann Hesse ijodida gumanizm 2.1. Gumanizmga doir…………………………-………………………………...18 2.2.Cho’l bo’risi asarida gumanizmning ifodalanishi…………………………...28 2.3„Nyurenbergga sayohat “asarida gumanizm…..…………………….............32 III.Bob.Gumanizmni ifodalashda badiiy tasvir vosialarini tarjimada berilishi 3.1.Obraz va obrazlilikning tarjimada aks etishi…………………………………36 3.2.”Cho’l bo’risi” asarida xarakterning berilishi………………………………47
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………...63
3
KIRISH Vatanimizda yoshlarning o’z iste’dodlarini ro’yobga chiqarish uchun yaratilga imkoniyatlar, g’amho’rliklar, ayniqsa, Yurtboshimiz Islom Karimovning har bir ma’ruzasida yoshlarga bildirilayotgan ishonchli, porloq kelajak sari ruhlantiruvchi da’vatlari yoshlarni yangi yuksak marralarni eagllashga undamoqda 2014. yilning ”Sog’lom bola yili” 1 deb nomlanishining o’ziyoq fikrimizni yanada teranlashtiradi. S og’lom bolani shakllantirishda ta’lim-tarbiya tizimi va sportning rolini kuchaytirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog’ini kengaytirish, ularni yuqori malakali va tajribali pedagoglar bilan ta’minlash, boshlang’ich ta’limning yuqori sifatini ta’minlagan holda bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan oshirish, ilg’or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish, sog’lom turmush tarzini keng targ’ib etish, bolalar, ayniqsa qiz bolalar o’rtasida jismoniy tarbiya va sportga mehr uyg’otish bo’yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish kabi qarorda belgilab qo’yilgan rejalar joylarda allaqachon o’z aksini topmoqda. Mamlakatimizda ta’lim tizimining barcha bosqichlarida chet tillarni uzluksiz o’rganishni talab qilish borasida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilayotganligi quvonarli hol. Prezidentimiz Islom Karimovning 2012 yil 10 dekabrda qabul qilingan “Chet tillarni o’rgatish tizimini yanada takomillashtirish chora – tadbirlari to’g’risida”gi PQ- 1875 sonli qarori bu borada muhim omil bo’lmoqda. Ushbu qarorda chet tillarni o’qitishda zamonaviy pedagogik va axborot – kommunikasiya texnologiyalaridan foydalangan holda ilg’or uslublarni joriy etish, chet tillarda erkin so’zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda dunyo axborot resurslaridan foydalanishlari,eng ko’lamli vazifalar belgilangan.
И.А.Кримов.Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisi IX sessiyasida so’zlagan nutqi. Toshkent, 1997-yil O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 19 fevraldagi PQ-2133-son qarori.”Xalq so’zi” gazetasi.11.12.2012y,240(5660)-son
4
“Cho’l bo’risi” asaridagi muallifning o’ziga xos uslub va milliylikni o’zbek kitobxoniga yetkazish bilan bog’liq muammoni tadqiq etish va yangi ilmiy nazariy xulosaga kelish ishning muvaffaqiyatini ta‘minlaydi. Bitiruv malakaviy ishida badiiy tarjima asoslariga, H.Hesse ijodi qirralariga, va tarjimada gumanizmning qayta yaratilishini ochib berishda foydalanilgan badiiy tasvir vosita tadqiqiga alohida e‘tibor qaratildi. Bitiruv malakaviy ishida gumanizm masalasi ilk bora tahlil qilinyapti. Bu esa o’z navbatida ishning dolzarbligini belgilaydi.
O’zbek – nemis adabiy aloqalari va tarjimashunosligi bo’yicha O’zbekistonda F.Fayzullaeva, Y.Egamova, S.Ochil, Sh.Ro’ziev, Sh.Karimov, R.Abdullaev, G’.Xo’jaev, U.Sotimov, M.Javbo’riev, G’.Mahmudov, Z.Sodiqov, S.Jabborov, Z.Jumaniyozov ilmiy ishlari mavjud. Yuqorida tilga olingan tadqiqotlarda ko’tarilgan masalalar tarjima qilingan asarlar tahlilida farqlanadi. Ishning aprobatsiyasi : Bitiruv malakaviy ishi mavzusi Qarshi Davlat Universiteti roman –german tillari kafedrasi qoshidagi “Yosh tarjimonlar ” to’garagida ma’ruza qilingan.
Hessening “Cho’l bo’risi” va „Nyurenbergga sayohat“ asarlarida gumanizm qiyosiy planda o’rganilib, yozuvchining ijod yo’lini, tarjimon mahorati darajasini aniqlashdan iborat. Tadqiqotning vazifalari: - Badiiy tarjima haqida fikr yuritish; - Hermann Hessening ijod yo’li haqida umumiy ma’lumot berish; - “Cho’l bo’risi “ romanining yaratilishi haqida ma’lumot berish; - Tarjimada badiiy tasvir vositalarini qayta yaratilishini tahlil etish; - Asardagi iboralarni qiyosiy tahlil etish; - Tarjimoning psixologik tahlil mahoratini aniqlash; - Obrazlar silsilasida yozuvchi g’oyasini aniqlash; - Gumanizm tahlili orqali yozuvchi uslubini ko’rsatib berish; 5
- Har bir bobga umumiy xulosalar berish; Bitiruv malakaviy ishining ob’yekti va predmeti Bitiruv malakaviy ishi ob’yekti –Hermann Hesssening “Cho’l bo’risi ” „Nyurenbergga sayohat“asarlaridir, predmeti esa – Tarjimon mahoratini aniqlashdir. Bitiruv malakaviy ishining metodi: Tadqiqotda qiyosiy tipologik tahlil metodiga tayanildi. Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi: Mazkur ish o’zbek tarjimashunosligida olmon yozuvchisi Hermann Hessening “Cho’l bo’risi” va “Nyurenbergga sayohat“asarlarini o’zbekcha tarjimasiga bag’ishlangan dastlabki yaxlit plandagi tadqiqotdir. Bitiruv malakaviy ishida tadqiq etilgan masalalar uning ilmiy yangiligini belgilaydi.
Bitiruv malakaviy ishi kirish, asosiy uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib, 65 sahifani tashkil etadi.
6
Tarjima –ikki xalq o’rtasidagi oltin ko’prikdir. 1.1Hermann Hesse ijodi jahon adabiyotida O`tayotgan yilning har bir kuni qutlug’ tarix. XX asrning so`nggi yigirma bir yilligidagi o`z istiqloliga, xurriyatiga, istiqboliga erishgan ona O`zbekiston bu tarixning bir lahzasini bobolardan meros sha`ni va shavkatiga loyiq biron voqealar ila bezayotir. Shu jumladan tarjima sohasida ham munosib ishlar qilinmoqda. Xo`sh badiiy tarjima o`zi nima ? Badiiy ijod xillaridan biri bo’lib, bu ijod jarayonida bir tildagi asar boshqa tilda beriladi , go’yo qayta ijod qilinadi. 2
emas balki muayyan tildan yaratilgan san`at asarini bo`lak tilda shu ikkinchi tilning leksik grammatik va badiiy ifodalash vositalari asosida qayta yaratish va tiklash demakdir. Tarjima adabiy estetik hodisa so`z san`ati, tarjimon esa ijodkordir. Shuning uchun ham badiiy tarjima yuksak estetik did, badiiy mahorat talab qiluvchi ijodkor qo`li bilan yaratiladigan san`at asaridir. Har bir yangi tarjima yangi san`at asari degan so`z. Milliy tillarning boyishi mushtarak so`z termin iboralarning tug‘ilishi, asta - sekin umuminsoniy lug’atning tarkib topishida ham milliy madaniyatlar va milliy adabiyotlarning bir-biriga o`zaro ta`sir qilish jarayonida ularda mushtarak ijtimoiy, siyosiy adabiy estetik qonuniyatlaring paydo bo`lishida ham tarjima katta rol o`ynaydi. Tarjima badiiy asar muallifi yaratgan xarakterning barcha belgilanishi yoxud tuban maqsadlarni aks ettiradimi, muqaddas yoki jirkanch niyatlardan darak beradimi baribir obrazga xos bo`lgan mayda- chuyda detallargacha hammasini to`g’ri va to`la to`kis tiklash lozim. Tarjima- sermuammo san`at deyilishi bejiz emas albatta. Chunki badiiy obrazning xatto biron zig’irday xususiyatlarini tashlab ketish yoki yo`qotish uning noto`g’ri talqin
2 H.Xotamov,B.Sarimsoqov.”Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha –o’zbekcha izohli lug’ati.Toshkent”O’qituvchi”-1983.353 bet
7
qilinishi yo bo`lmasa soxta tasvirlanishiga sabab bo`lishi mumkin. Mamlakatimizda adabiyot va san`atning tez suratlar bilan ravnaq topishi jumladan tarjimon va tarjimonshunoslar oldiga yangidan-yangi vazifalarni ko`ndalang qilib qo`yadi. Qardosh xalqlar adabiyotining gullab-yashnashi munosabati bilan badiiy so`z ustalarining eng yaxshi asarlaridan kitobxonni bahramand qilish ehtiyoji oshib bormoqda. Katta tarjimachilik dargohida yuksak tarjima mahorati namunalari yaratildi. Vilyam Shekspir , Jyul Vern, Jorj Sminson Agata Kristi, Onore de Balzak, Mark Tven, Ernst Hemminguey, Platon, Gomer, Aristotel, Sofokl kabi adib va olimlarning asarlari juda ko`plab tarjima qilingan.Shu jumladан bu qalam sohiblarining asarlari madaniy dunyoning qariyb barcha taraqqiy etgan adabiy tillariga tarjima qilingan. Xilma-xil uslublari ko`p janrlari va turlicha adabiy an`analar asosida jahon tarjima maktabi barpo etilmoqda. Tarjima ishining nechog’lik keng ko`lamda qo`yilganligini o`zbek tilidan chet tiliga, chet tilidan o`zbek tiliga o`girilgan kitoblar soni yildan yilga ortib borayotganidan ham bilib olish mumkin. O`zbek tilidan nemis tiliga bir qancha asarlar tarjima qilingan. Masalan: Alisher Navoiyning " Farhod va Shirin " dostonidan parcha, " O`n sakkiz ming olam oshubi.....", " Ko`rgali xusningni zor-u ....", " Sinchalak" povesti " Shoxi so`zana" dramalari A.Qodiriyning " O`tgan kunlar" romani nemis tiliga nashr qilingan. Nemis adabiyoti namunalarini o`zbek tiliga tarjima qilishda katta muvaffaqiyatlarga ershildi. 1936- yili Komil Yashin va Ma`ruf Hakim nemis xalqining buyuk shoiri va dramaturgi F.Shillerning " Makr va Muhabbat" tragediyasini tarjima qildilar. Tarjima iborasini uni o`rab turgan muhit ichida olib qaralishi zarur. Obrazning xarakteri uning induviduallashtirishga xizmat qiluvchi bir qancha xususiyatlar majmuidan iborat. Asarni tarjima qilishga kirishishdan oldin obrazlarnining xarakterini aniqlab olish, hamda obrazni tipiklashtirishga xizmat qilgan bosh xususiyatlarni faxmlab olish va nihoyat xarakterning mohiyati uning asosini tashkil qiluvchi bosh omillarni belgilash shundan keyin obrazga xos ikkinchi darajali xususiyatlarni aniqlash ma`qul. Masalan, G’.Gulom o`z tarjimasida Shekspir
8
qahramonlarining realistik barkamolligi va badiiy mukammalligini ustalik bilan tiklay olgan. Natijada o`zbekcha tarjimada ham obrazlar jonli chiqqan. Hayot qarama-qarishiliklariga muvofiq tarzda kishilarning ichki dunyosida ham o`zgarish sezila boradi, so`ngra bu ularning tashqi qiyofasi hatti- harakatlari va nutqida o’z aksini topadi. Tarjima - murakkab san`atdir. Uning xususiyati to`g’risida ko`pgina ziddiyatli fikrlar tug’ilib keldi. Mutlaqo amaliy yondashilganda ham ishning murakkabligi ko`rinib turardi. Teatr ham kino ham tarjimasiz rivojlana olmaydi. Tarjimaning har bir janri, turi o`z tarjima muammolariga ega. Bularning barchasini asta-sekin yechib murakkab universal sohani baholi qudrat olg’a siljitayotgan zahmatkash tarjimonlarimiz katta g’oyaviy vazifani ado etishmoqda. Tarjimonlarning hozirgi avlodi respublikada professional badiiy tarjima san`atiga asos soldi. Bizda jahon adabiyotining va chet el klassikasining ajoyib namunalari tarjima qilingan. U xalqning ma`naviy madaniyatiga badiiy rivojiga rivoj qo`shadi. Poeziyamizda falsafiy kategoriyalar, mangulik, vijdon va insoniy burch singari adabiy motivlar kechar ekan bunda " Faust" va " Ilohiy komediya" singari yuksak poetik asarlarning yaxshi tarjimalariga erishildi. Tarjima jahonda tinchlikni barqaror etish uchun kurash g’oyalarini tashviqot qiluvchi ta`sirchan omil bo`lib qolmoqda. Badiiy tarjima san`ati, ahamiyati va uning yutuqlarini keng targ’ib qilishda K.Yashin, V.Zohidov, I.Sultonov, A.Muxtor , L.Qayumov, J.Sharipov, A.Qayumovlarning xizmatlari katta. O`zbek tilidan nemis tiliga A.Qodiriyning " O`tgan kunlar" romani tarjima qilindi. Bu roman realiyalarga boy va ularning ko`pi nemis tilida birinchi bor berilgan. Tarjimada bu realiyalarni berish tarjimondan katta mahorat talab qiladi. Tarjimaning maqsadi: asl nusxa tilini bilmagan kitobxon yoki tinglovchini o`sha asar matni bilan iloji boricha to`la mukammal tanishtirish. Tarjimachilik ishining bu qadar keng ko`lamda qo`yilganiga sabab shuki: Tarjima - do`stlik ilmidir.
Tarjima uzoqni yaqin qiladi. Tarjima o`zgani birodar, tanishni qadrdon, do`stni qarindosh qiladi. 9
Dunyoning har bir burchagida yaralgan va yaratilayotgan o’lmas,buyuk asarlar bilan jahon adabiyotini sahifalarni boyitish bugungi davr adabiyotchilari oldida turgan dolzarb masalalaridan biridir. Fikrimizning dalili sifatida bugungi kundagi tarjimalar, xususan nemis tilidan o’zbek tiliga o’zbek tilidan nemis tiliga qilinayotgan tarjimalar talaygina ekanligini aytib o’tmoqchimiz. Bu borada Ozod Sharafiddinov,Ya.Egamova, M.Akbarov, Oybek Ostonov kabi yozuvchi- shoirlarning tarjimalar tahsinga loyiqdir. O’zbek kitobxonlari nemis yozuvchilaridan bo’lgan Nobel mukofoti sohibi Hermann Hessening “Jahon adabiyoti kutubxonasi” asarini O.Sharafiddinov tarjimasida 3 ,”Cho’l bo’risi” asari,“ Nyurenbergga sayohat ” asarlarini hamda tanlangan hikoyalarini M. Akbarov tarjimasida 4 , Fris Yuertlening “ Andijon shahzodasi ” asarini Ya .Egamova tarjimasida 5 o’qishga muyassar bo’lgan bo’lsalar, o’z navbatida nemis kitobxonlari buyuk o’zbek yozuvchisi Abdulla Qahhorning tanlangan hikoyalari to’plami“Der Granatapfel” 6 , (2013)Sharq donishmandligiga oid, buyuk ipak yo’li haqidagi “Geschichten entlang der Seidenstrasse”(Weisheiten des Orients) 7 (2013) hikoyalar to’plami bilan ,shuningdek sevimli yozuvchimiz G’.Gulomning yoshu-qariga ma’lum va mashhur “Shum bola” 8 (2014)romanini o’zbek erkin yozuvchisi Oybek Ostonov tarjimasida o’qishga muyassar bo’ldilar.Dunyodagi turli xil tillarda yozilgan adabiy meros durdonalari tarjima otliq oltin ko’prik orqali bir birlarining uylariga mehmon bo’lishligi har bir millat adabiyotining gullab yashnashida chuqur xalqaro moxiyat kasb etadi.Zabardast tarjimonlar izidan borayotgan Oybek Ostonov kabi yosh tarjimonlar bor ekan albatta xalqlar o’rtasidagi ko’prik yanada mustahkamlanadi ,degan umiddamiz.
3 Hermann Hesse”Jahon adiblari adabiyot haqida”. O.Sharafiddinov.Jahon adbiyoti kutubxonasi Toshkent”Ma’naviyat” 2010 yil,3.bet 4 Hermann Hessse.”Cho’l bo’risi” romani. M.Akbarov Jahon adabiyoti jurnali.Noyabr-2002,3 bet 5 Fris Vyurtle.”Andijon shahzodasi”sarguzasht-qissa. Ya.Egamova”O’qituvchi”Nashriyot-matbaa ijodiy uyi.Toschkent-2012 6 Abdulla Kahhor.”Der Granatapfel” Oybek Ostonov,“Akademnashr“Verlag.Taschkent-2013 7 ” Geschichten entlang der Seidenstrasse”(Weisheiten des Orients) ” Oybek Ostonov,“Akademnashr“Verlag.Taschkent-2013 8 Gafur Gulom.Der Schelm. ” Oybek Ostonov,“Akademnashr“Verlag.Taschkent-2014 10
1. 2. Hermann Hesse –noyob iste’dod sohibi. El g‘ussasini singurmaging maqsud et, Bu sheva bilan
oqibating mahmud
et. A.NAVOIY
Biografik metodning ko’zga ko’ringan namoyondalaridan biri Sent-Byovo o’zining “Adabiy portretlar”(I-III tomlar,), ”Dushanba kunlaridagi suhbatlar”,(I-XV tomlar), ”Por-Royal” nomli asarlarida (I-V tomlar) nomli asarlarida yozuvchining faqat ichki dunyosigagina emas,balki uning uy joy sharoitiga ham chuqurroq kirishga intiladi. 9 Uning fikricha, yozuvchining kundalik hayoti va odatlariga birinchi darajali ahamiyat berish lozim. Chunki har qanday yozuvchi ham boshqa oddiy insonlar kabi real mavjudot bo’lib, ijodida uni o’rab turgan odamlar, ularning hayoti muhim rol o’ynaydi. Sent Byovoning psixologik-biografik portretlarida u yoki bu yozuvchi ijodidagi adabiy- badiiy asarlarni g’oyaviy va badiiy o’ziga xosliklarni tashkil etuvchi omillar sifatida tahlil etiladi. Hozirgi paytda chet el adabiyotshunosligidagi ko’pgina monografik tadqiqotlar shu metod asosida yaratilmoqda. Biroq biror yozuvchi ijodi o’rganilganda, ijodkor yashagan davr, o’sha davr bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy-siyosiy ziddiyatlar, ijodkor yashagan muhit va shart-sharoitlardan kelib chiqish zarur. Ana shundagina yozuvchi ijodi to’g’ri baholanishi mumkin. Biz tadqiq etayotgan “Cho’l bo’risi” asari ham biografik-psixologik asarligi hamda asar muallifi ijodi ilk bora o’rganilayotgani tufayli Hermann Hesse hayoti va ijodi haqida bir oz fikr yuritmoqchimiz. Hermann Hesse XX asrning eng yirik namoyondalaridan biridir. Yozuvchi shoir, rassom, prozanavis, publitsist, tanqidchi, faylasuf, jamoat arbobi. Hermann Hesse Gyote, Geyne, Shiller, Lessing, Tomas Mannlar singari jahon adabiyoti badiiy tafakkur taraqqiyotining buyuk siymolari qatorida turadi. U jahon
9 H.Xotamov,B.Sarimsoqov.”Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha –o’zbekcha izohli lug’ati.Toshkent”O’qituvchi”-1983.50 bet
11
adabiyotida ijtimoiy, falsafiy hamda badiiy-estetik tafakkur kamolotiga barkamol hissa qo’shgan sanatkorlardan biri sifatida katta etibor qozondi. Hermann Hesse butun umri davomida izlanishda bo’ldi. U 1946-yilda ulkan ijodiy merosi, adabiyot soxasidagi xizmatlari uchun sharafli Nobel mukofotiga sazovor bо‘ldi. Shu yilning о‘zida unga Gyote mukofoti, 1955 yilda esa nemis kitob sotuvchilar tomonidan ta’sis etilgan ,,Tinchlik’’ mukofoti berildi, bir yildan keyin ,,Hermann Hesse’’ nomli mukofot ta’sis etildi. Milliy adabiyotlarning taraqqiyoti ularning bir- biri va jahon adabiyoti bilan aloqalari mustaqillik davriga kelib chuqur xalqaro moxiyat kasb etdi. Bu borada jahon adabiyoti katta tajribaga egaligi isbot talab qilmaydigan haqiqatdir. Buyuk olmon adibi I.V.Gyote o’z kotibi Ekkermanga yozgan maktubida o’rinli qayd etganidek "Biz fransuzlarning, inglizlarning va boshqa xalqlar adabiyotlarini bilishimiz yaxshi, bundan faqatgina jahon adabiyoti foyda ko’radi, chunki adabiyotlarning o’zaro bog’liqligi zanjir yanglig’dir, zotan zanjirning bir bo’lagi bo’lmasa, orada uzilish paydo bo’ladi". Adabiy aloqalarning muxim komponenti xisoblanmish badiiy tarjima adabiy ta’sir va adabiyotlar mundarijasini boyitish hamda kengaytirishda muxim omil hisoblanadi. Tarjima tufayli buyuk so’z ustalari o’zlari yaratgan san’at asarlari bilan faqat o’z xalqlarigina hushnud etib qolmasdan, balki boshqa millatlarning huzuriga ham tashrif buyuradilar. Ana shunday so’z ustalaridan biri, Germaniyaning sevimli farzandi Hermann Hessening ”Peter Kaminsend", "Demian", "Siddxartxa", «Cho’l bo’risi» "Marjonlar o’yini" kabi asarlari jahon adabiyotining boyligiga aylandi. Uning hayotligidayoq asarlari jahonning ko’plab tillariga tarjima qilindi. O’zining 40-50 yoshlarida Hermann Hessechalik ijodi gullab yashnagan, san’at cho’qqisiga erishgan ijodkorni nemis adabiyoti tarixida topish mushkul. Amerika va Osiyoda millionlab kitobxonlarga ega. Germaniyada Hermann Hessening asarlari nashri 1979 yilga kelib, 5 Million nusxaga yetdi. "Zurkamp" nashriyoti har oy Hermann Hesse asarlarining 30 000 nusxada nashrdan chiqaradi. 10 Hermann Hesse о‘sib kelayotgan avlod uchun ulkan ta’sir kuchiga ega, uning kitoblari
10 Folker Michaels.Hermann Hesse .Sein Leben in Bildern und Texten.Suhrkamp.Verlag am Main 1979.345.бет 12
yoshlarni juda qiziqtiradi. Birinchi navbatda о‘smirlar uning asarlarini о‘zlari uchun hayot mazmuni tо‘g‘risidagi doimiy dolzarb masalalarini yechish maxoratini talab qiluvchi da’vat sifatida qabul qiladilar. Rivojlanish kuchayib borayotgan asrda etika va estetika, an’analar va novatorlik, kelajak istiqboliga ishonch Hermann Hesse asarlarida o’z aksini topgan. Hermann Hessening asarlari nafaqat nemiszabon mintaqada balki yetti iqlimda o’z o’quvchilarini topgan baxtli adibdir. Asarlari yer yuzining 60 tilida 100 million nusxada (shundan chorak qismi Germaniyada) chop etilishi, asarlari tarjimasi uchun Hermann Hesse stependiyasi ta’sis etilganligi 11 , 2002 yil 2 iyulda Germaniyaning Kalv shaxrida Hermann Hesse tavalludining 125 yilligiga bagishlanib 9 xafta davomida "Hermann Hesse 2002" festivalining o’tkazilishi uning ijodi umumbashariy, mashhur va manzurligidan dalolatdir. 12
Kalv shaxri о‘zining buyuk о‘g‘li Hermann Hessega 1990 yilda Folker Mixels konsepsiyasiga binoan va Xayko Rogge tomondan bezalgan boy muzeyni tashkil etdi. 13 Kalv shahrida Hermann Hesse hayoti va ijodiga bag‘ishlangan Yevropada eng katta ekspozitsiya doimo tashrif buyuruvchilar bilan gavjum. Hermann Hessening Kalvdagi 10 xonali muzeyida XX asrning eng kо‘p о‘qiladigan nemis yozuvchisi-Hermann Hessening hayoti va ijodi, jamiyatdagi о‘rni xaqidagi boy material to’plangan. Taqdir taqozosi bilan Hermann Hessening kasalligi tufayli unga rasm chizishni tavsiya etishadi. Hermann Hesse rasm chizish texnikasining xar xil turlarini sinab ko’rdi va akvarel ranglarda chizishni maqul topdi. Umrining oxirigacha u 3000 ga yaqin akvarellarni yaratdi. 14 Ularning kо‘pchiligi butun dunyo bо‘ylab tashkil etilgan kо‘rgazmalarda keng ommaga namoyish qilingan. Hermann Hesse vafotidan sо‘ng uning akvarellari kо‘rgazmalari hamma yerda: Tokioda (1976 va 1996), Parijda(1977), Nyu-Yorkda va Monrealda (1980), San-Fransiskoda va Chikagoda (1981), Madridda(1985),
11 www.Hermannhesse.de 12 www.Hermannhesse.de 13 www/Hermann-hesse-museum.de 14 www/Hermann-hesse suhrkamp.de
13
Lyuksemburgda(1987), Hamburgda (1992) bо‘lib о‘tdi. Hermann Hesse adabiy merosidan bugungi kunda o’zbek kitobxonlari ham baxramand bo’lmoqdalar. 2013 yilda asarlari dunyoning har burchagida sevib o’qiladigan, chizgan rasmlari zavqlanib tomosha qilinayotgan Hermann Hesse tavalludining 136 yil to’lishi hamda vafotining 51 yillik yubileyiga bag’ishlangan Hermann Hesse-kunlari, kongreslar, tadbirlar, konferensiyalar allaqachon keng ommaga havola etilmoqda. Joriy yilda Hermann Hesse musobaqasining 5 turda o’tkazilishi ham yozuvchining jahon adabiyotida tutgan o’rnini belgilaydi. Hermann Hesse o’zini butun ijodini “Ma’naviyatimning tarjimai holi” deb ta’riflaydi.
Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling