O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
matbuotda yoshlar siyosatini aks etishi
1 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI XALQARO JURNALISTIKA FAKULTETI XALQARO JURNALISTIKA NAZARIYASI VA AMALIYOTI KAFEDRASI JAYLOBOVA OSIYO YORQINBOY QIZINING MATBUOTDA YOSHLAR SIYOSATINI AKS ETISHI (“Ma`rifat”, “Turkiston” gazetalari misolida) mavzuida 5220100 – jurnalistika (xalqaro jurnalistika) yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini olish uchun BITIRUV MALAKAVIY ISHI “HIMOYAGA TAVSIYA ETILADI” Xalqaro jurnalistika nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri f.f.n, dots. N.Toshpo‘latova __________ 2015-yil “1”-iyun ILMIY RAHBAR: M.Isomiddinova ________ 2015-yil “1”-iyun Toshkent – 2015
2 MUNDARIJA Kirish…………………………………………………………………………..3 I BOB. YOSHLARGA OID MAVZULARNING MATBUOTDA YORITILISHI 1.1. Yoshlarni huquqiy savodxonligini oshirishda matbuotda yoritilayotgan mavzularning zaruriyati………………………………………………………8 1.2. Kamolot YIHning yoshlarning ijtimoiy, siyosiy, ma`naviy- marifiy hayotida tutgan o`rni (“Turkiston” va “Ma’rifat”gazetalari materiallari asosida)………………………………..…………………………………...….16 1.3. Matbuotda yoshlar masalalarini yoritishda dolzarb mavzular …………...27
2.1. Yoshlarni ma`naviy immunitetini mustahkamlashda matbuotni o’rni va ahamiyati…………………………………………………………………..….34 2.2.Matbuotda sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish ustuvor yo`nalish sifatida………………………………………………………………………..40 2.3.Yoshlar mavzularini yoritishda tahririyat va jurnalistlarga qo`yiladigan talablar………………………………………………………………………...48
3 KIRISH Oldimizda turgan eng ezgu maqsadlarimiz – mamlakatimizning buyuk kelajagi ham, ertangi kunimiz, erkin va farovon hayotimiz ham, O‘zbekistonning XXI asrda jahon hamjamiyatidan qanday o‘rin egallashi ham – bularning barcha- barchasi, avvalambor, yangi avlod, unib-o‘sib kelayotgan farzandlarimiz qanday insonlar bo‘lib voyaga yetishiga bog‘liqdir. Islom Karimov Yoshlаrni o’z хаlqini, vаtаnini sеvishgа, zаmоnаviy bilim egаlаshgа, yaхshi kаsb-hunаrli, insоnpаrvаr, аdоlаtli, jаsur, mеhnаtsеvаr, g’аyrаtli vа аjdоdlаrgа sаdоqаtli bo’lishgа, shu yurtdа аsrlаr bo’yi shаkllаngаn urf-оdаtlаrni, qаdriyatlаrni e’zоzlаshgа o’rgаtish lоzim. Zеrо, yoshlаr – kеlаjаk poydivoridir. Hоzirgi kundа O’zbеkistоn аhоlisining 64% ko’prоg’ini yoshlаr tаshkil etаdi. Bu judа kаttа kuch. Mustаqillik shаrоfаti tufаyli mаmlаkаtimiz yoshlаri ilmu fаn, mаdаniyat, sаn’аt vа spоrt sоhаlаridа o’zlаrining bоr mаhоrаt vа imkоniyatlаrini jаhоn miqyosidа nаmоyon etib, bеqiyos yutuqlаrni qo’lgа kiritmоqdаlаr. Chunki bizning yurtdа yoshlаr hаyoti hаqidа o’ylаsh, ulаrgа dоimо g’аmхo’rlik qilish – dаvlаtimizning eng birinchi vаzifаlаridаn hisоblаnаdi.
Yoshlar yurt kelajagi, millatning istiqbolini taminlovchi kuch hisoblanadi. Yoshlarning aql-zakovati, intilishiga qarab o`sha davlatning ertangi kuni haqida bashorat qilish mumkin.Yurtimiz mustaqilligiga erishgach eng muhim masalalardan biri yoshlar siyosatiga katta e’tibor qaratildi. 1991 yil 20 noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi Qonunning davlat mustaqilligi e'lon qilinganligiga endigina sakson kun to‘lgan mamalakatda qabul qilinishi, o‘z-o‘zidan o‘sha paytdayoq O‘zbekistonda yoshlarga oid siyosat davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylanishidan dalolat berar edi.Yoshlarning ijtimoiy va ma'naviy jihatdan yuksak darajada kamol topishiga qaratilgan davlatning muhim
4 yo‘nalishlarini belgilab berdi va uni amalga oshirishning qonuniy asosini yaratib berdi. Qonunning mantiqiy davomi sifatida O’zbekistn Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2014 yil 6 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi. O’ zbekiston yoshlar mamlakati hisoblanadi. Aholining 64 foizdan ko’prog’ini yoshlar tashkil etadi. Demograflarning tadqiqot xulosasiga ko’ra, ushbu ko’rsatkich yaqin besh yillikda yana 25 foizga o’sishi ilmiy taxmin qilingan. Natijada mehnatga layoqatli aholining soni 50 foizga oshadi 1 . Bu raqamlar yurtimiz aholisining nafaqat son jihatdan o’sishini, balki yoshlarning katta intellectual imkoniyatlariga ega ekanini ham namoyon etadi. Istiqlol yillari yurtimizda yoshlarni qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish maqsadida “Sog’lom avlod uchun” ordening ta`sis etilishi; “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining tashkil etilishi; “Oila yili”, “Sog’lom avlod yili”, “Barkamol avlod yili”, “Sog’lom bola yili”, “Yoshlar yili” kabi davlat dasturlarining e`lon qilinishi; yoshlar muammolarini o’rganuvchi institutlar va markazlar faoliyatining yo’lga qo’yilishi; “O’zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to’g’risidagi” Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi barkamol yoshlarni shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, “O’zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to’g’risida”gi Qonunda yoshlarga beriladigan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy kafolatlar belgilab qo’yilgan. Qonunda: “Yoshlarga oid siyosat O’zbekiston Respublikasi davlat faoliyatining ustuvor yo’nalishi bo’lib, uning maqsadi yoshlarning ijtimoiy shakllanishi va kamol topishi, ijodiy iqtidori jamiyat manfaatlari yo’lida imkoni boricha to’la-to’kis ro’yobga chiqishi uchun ijtimoiy-iqtisodiy,
1 Ubaydullayeva.R Sotsiolno-demograficheskiy protses v sovremennom Uzbekistane. //www.vrach.uz// demograficheskie-processy.
5 siyosiy-huquqiy, tashkiliy jihatdan shart-sharoit yaratish hamda ularni kafolatlashdan iboratdir” 2 , deb belgilangani yuqoridagi fikrlarning yorqin dalilidir. O’zbekistonda shakllantirilayotgan fuqarolik jamiyati, hayotimizda tobora muhim ahamiyat kasb etayotgan modernizatsiya jarayonlari va keng qamrovli islohotlarning samarasi, avvalo yoshlarni qo’llab-quvvatlash, ularni intellektual salohiyatini oshirish, moddiy va ma`naviy rag’batlantirishga qaratilgan. Globallashuv zamonida jamiyatni shakllantirish va rivojlantirish jarayonida yoshlarga keng imkoniyatlar yaratish davlatning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu borada olib borilayotgan ishlarni xalqqa yetkazish va uni izchil yoritib borish bevosita ommaviy axborot vositalari xodimlari zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Shu o’rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “27- iyun matbuot va OAV xodimlari kuni”da soha vakillariga yo’llagan tabrigidagi murojaati fikrimizni isbotlaydi: O`zbekistonni dunyodagi taraqqiy topgan mamlakatlar qatoriga ko`tarishdek yuksak marralarni ko`zlagan qonunlarimiz, dasturlarimiz bo`ladimi – bularning barchasini amalga oshirish uchun xalqimizga ochiq va ravshan qilib yetkazish, el-yurtimizni safarbarlikka chorlash, ruhini ko`tarish yo`lida matbuot va axborot vositalarining o`rni va ahamiyati beqiyos. …Unib-o`sib kelayotgan yoshlarimizni mustaqil fikrlaydigan, bizning qanday buyuk tarix va merosga ega ekanimizni anglab, ana shu bebaho boylikni qadrlab yashaydigan, biz boshlagan ulug’ ishlarning munosib davomchilari bo`lgan insonlar etib voyaga yetkazishda matbuot ahlining haqqoniy so`zi, uning ta`siri g`oyat muhim, aytish mumkinki, hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini hech qachon esimizdan chiqarmasligimiz lozim.” 3
Har qanday islohotlarning, xususan, yosh avlod masalalari bo`yicha islohotlarning muvaffaqiyati ko`p jihatdan jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun – mohiyati va undan ko`zlangan maqsadning to`liq ijrosi davlat tomonidan ta`minlashga, nazorat qilinishiga, bu islohotlarning natijasini
2 “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to’g’risida”gi Qonun. 1-modda // O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi // 1992 y., 2-son.
3 “Xalq so`zi” gazetasi 27-iyun, 2013yil.
6 yoshlar faoliyatida aks etishiga bog`liq. Shu o`rinda OAV xususan bosma nashrlarda yoshlarimiz o`z orzu – istaklarini, talablari-yu takliflarini erkin ifoda etish, barobarida ularni tergab turuvchi nazorat ko`zgusiga aylanishi kerak. Shu nuqtai nazardan jamiyatda yoshlar siyosati, uni amalga oshirish borasida qilinayotgan sa`y harakatlar, yaratilayotgan cheksiz imkoniyatlarning tezkorlik va holisona yondashuv bilan yoritish aynan yoshlar matbuoti oldida turgan dolzarb vazifa hisoblanadi.
muassisligidagi “Turkiston” gazetalarining 2014-2015 yillardagi taxlamlari ishga ob’ekt qilib olindi. “Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Qarorning ijrosini matbuotda yoritilishini o`rganib chiqildi. Yoshlarninig ijtimoiy hayotdagi o`rni, yoshlarni globallashuv davrida ommaviy madaniyat kabi yot g`oyalardan himoyalash va sog`lom turmush tarzini targ`ib qilishda matbuotning o`rni va ahamiyatini yuqoridagi obektlar misolida taqqoslash, yutuq va kamchiliklarini aniqlash ishimizning predmeti hisoblanadi.
nazariy ishlar amalga oshirilgan. Eng avvalo Prezidentimizning asarlari, mavzu doirasida qabul qilingan qonun va qarorlari bu borada dasturilamal hisolanadi. Bizning kichik tadqiqotimiz davomida qabul qilingan “O`zbekiston Respublikasi yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo`shimcha chora - tadbirlar” to’g’risidagi Qarorning ijrosini matbuotda yoritilishi va yoshlar huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan materiallarni 2014- 2015 yil gazeta tahlamlari asosidagi tahlili ishimizning yangiligi hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari: Bitiruv malakaviy ishimizning asosiy maqsadi yoshlar masalalarini xususan yoshlar siyosatini, yoshlarga oid bo`lgan masalalarni Respublikamizning ikki yirik tirajdagi matbuoti misolida o`rganib chiqish. 2014 -2015 yillarda chop etilgan materiallari asosida ularni tahlil qilish, yutuq va muammolarni aniqlashdan iborat. Tadqiqot jarayonida quyidagi vazifalarni belgilab oldik:
7 O`zbekistonda yoshlar siyosatining matbuotda aks etishi masalalarini o`rganish; Yoshlar huquqiy savodxonligini oshirishda matbuotning o`rni va ahamiyati; Har ikki matbuotda “Ma`rifat” va “Turkiston” gazetalarida yoshlar masalalarini yoritishdagi o`ziga xosliklar va mahorat masalalari; Yoshlarning muammolarini yoritish masalalariga e`tibor qaratish; Globallashuv davridayotg`oyalar tasirida himoyalashda matbuotning ahamiyatini o`rganib chiqish; Yoshlar masalalarini yoritishda tahririyat va jurnalistlarga qo`yiladigan talablarni o`rganish; - O`rganib chiqish jarayonida ko`ringan kamchiliklarni asoslab berish va taklif mulohaza bildirish.
Respublikasi Konstitutsiyasi, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlari, farmonlari, maruzalari matni, nutqlari, yoshlar siosatiga oid qonun hujjatlari va
qonunosti hujjatlari ishimizning metodologik asosi hisoblanadi. Nazariy asoslari sifatida jurnalistikaga doir ilmiy kitoblar, maruzalar matni, sohaga doir ilmiy o`quv qo`llanmalar, ilmiy nazariy adabiyotlardan foydalanildi. Bitiruv malakaviy ishning nazariy va amaliy ahamiyati: Jurnalistikada tahrir bilan bog`liq fanlarda nazariy jihatdan o`rganish mumkin. Amaliy jihatdan tadqiqot ishimizdan talabalar kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishlarini hamda magistrlik dissertatsiyalarini yozishda foydalanishi mumkin. Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi: Kirish, 2 bob, 6 fasl, xulosa adabiyotlar ro`yxati va ilovalardan iborat.
8 I BOB. YOSHLARGA OID MAVZULARNING MATBUOTDA YORITILISHI 1.1. Yoshlarni huquqiy savodxonligini oshirishda, matbuotda yoritilayotgan mavzularning zaruriyati “Bugun biz demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, aholining siyosiy faoliyatini oshirish, fuqarolarning mamlakatimiz siyosiy va ijtimoiy hayotdagi amaliy ishtiroki haqida so’z yuritar ekanmiz, - deb ta’kidlaydi I.Karimov, - albatta axborot erkinligini ta`minlamasdan, ommaviy axborot vositalarini odamlar o’z fikr va g’oyalarini, sodir bo’layotgan voqealarga o’z munosabati va pozitsiyasini erkin ifoda etadigan minbarga aylantirmasdan turib, bu maqsadlarga erishib bo’lmasligini o’zimiz yaxshi tasavvur etamiz”. 4
etilganidek, huquqiy bilimlarni OAV orqali targ’ib qilish tizimini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. OAV huquqiy mavzulariga e`tiborni kuchaytirish, aholi o’rtasida ko’proq ko’tarilayotgan huquqiy masalalarni davriy nashrlar sahifalarida, televideniye va radio eshittirishlarida tushuntirib berish borasidagi hissasini keskin oshirish zarur vazifadir”
faoliyat yuritish har bir shaxs uchun jinsi, yoshi, millati, ijtimoiy kelib chiqishi va yana boshqa senzlardan qat'iy nazar majburiydir. Shuning uchun ham mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha ijobiy o‘zgarishlar zamirida har tomonlama barkamol – jismonan sog‘lom, aqlan yetuk, nafaqat ko‘plab bilimlarni, hozirgi davrda talab katta bo‘lgan kasb-hunarlarni egallagan, ayni paytda, mustaqil va ijodiy fikrlashga qodir, intellektual salohiyati yuksak yosh avlod to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishdek ustuvor maqsad mujassam ekani tabiiydir. Konstitutsiyamizda aynan yoshlarning huquq va erkinliklari tegishli konstitutsiyaviy normalar asosida o‘z ifodasini topgan. Zotan, konstitutsiyaning
4 Karimov I.A Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi ma`ruza) // Xalq so’zi, 2010 yil, 13 noyabr.
5
1997,9(1257)- son.-B.-30.
9 muqaddimasidayoq hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas'ullikni nazarda tutuvchi norma belgilab qo‘yilgan. Sababi davlatimiz huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurishda yoshlarimizning ertangi kun uchun munosib vorislik masalasiga e'tibor qaratmoqda. Davlat va uning sub`ektlari zimmasidagi yoshlar siyosati bo’yicha vakolatlarga quydagilar kiradi: Yoshlar faoliyatiga oid umumiy ijtimoiy-iqtisodiy tashkiliy holatni aniqlash; Mavjud vakolatlar doirasida davlat yoshlar siyosati sohasiga huquqiy regulyatsiya munosabatlari; Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy, demografik, madaniy, etnik va boshqa xususiyatlari va jihatlarini hisobga olgan holda hududiy yoshlar siyosatini dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; Davlat yoshlar siyosatining viloyatlar doirasidagi boshqaruv organlarini shakllantirish, yoshlar siyosatini amalga oshiruvchi ijro hokimiyati organlari tizimini aniqlash; Hudud miqyosida faoliyat ko’rsatuvchi bolalar va yoshlar tashkilotlarining restrini amalga oshirish; davlat yoshlar siyosati me`yorlar asosida belgilangan tartibda uni amalga oshirishda mamlakat miqyosida byudjet moliyaviy sarf-harajatlarni shakllantirish; davlat yoshlar siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi barcha muassasalar va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish. Davlat siyosatini amalga oshirishda mahalliy o’zini o’zib boshqarish organlari doirasidagi vakolatlar quyidagilardan iborat: mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari miqyosida davlat yoshlar siyosatini amalga oshirishni rejalashtirish, tashkil qilish va boshqarish; o’z vakolatlari doirasida davlat yoshlar siyosatini amalga oshirish yuzasidan me`yoriy hujjatlar tayyorlash; hududiy mahalliy jamiyatlar miqyosida davlat yoshlar siyosatini amalga oshirish dasturlarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy qilish;
10 davlat yoshlar siyosatini amalga oshirishda mahalliy buyudjet va fondler sarf- harajatlarni tashkil qilish; davlat yoshlar siyosatini amalga oshiruvchi barcha tashkilotlar va muassasalar faoliyatini muvofiqlashtirish. Shu bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining shu va shu kabi normalari Konstitutsiya normalari asosida qabul qilingan qator qonun hujjatlarida, ularning muayyan tarkibiy qismlarida o‘zining to‘la ifodasini topgan. Mazkur davrda “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi (1991-yil 20-noyabr), “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi (1992), “Ta'lim to‘g‘risida”gi (1992-yil, 1997-yil 29-avgust yangi tahrirda) qonunlar, qator kodekslar, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi (1997 yil 29 avgust), Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi (1997) qabul qilindi. 1992 yilda esa, Bola huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro Konvensiyaga qo‘shildi. Shuningdek mazkur yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika yosh ijodkorlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (1992), “O‘zbekiston Respublikasining yosh mualliflariga eng yaxshi asarlari va ilmiy
ishlari uchun
Davlat mukofotini topshirish to‘g‘risida” (1993- yil), “O‘zbekiston Respublikasi yoshlarining “Kamolot” jamg‘armasi to‘g‘risida” (1996-yil), “Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o‘rganish ishini yaxshilash haqida” (1997), “Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi (1999) farmonlari e'lon qilindi. Mazkur bosqichda qabul qilingan qonun hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan birgalikda yoshlarni yagona mafkura asosida tarbiyalashga xizmat qiluvchi eski ma'muriy-buyruqbozlik tizimi va uning huquqiy asoslarini tugatib, ularni tarbiyalash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning demokratik asoslarini belgilab berdi. Shuningdek voyaga yetmaganlar o‘rtasida tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish, buning uchun mas'ul davlat idoralari, jamoat tashkilotlari hamda voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar
11 faoliyatini takomillashtirishga, jamiyatimizning ijtimoiy-ma'naviy va iqtisodiy yangilanish jarayonida yoshlarning o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish, birinchi navbatda, qishloq joylardagi yigit-qizlarni ish bilan ta'minlash, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi uchun imkoniyat yaratishga alohida e'tibor qaratildi. Ushbu davrda “Bola huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro Konvensiyaga doir bolalar savdosi, bolalar fohishabozligi va bolalar pornografiyasiga taalluqli Fakultativ protokol”ga qo`shilish haqida va “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va
huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi (2010-yil), “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste'mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi (2011) qonunlar qabul qilindi. Shuningdek, 2008-yil 8-aprelda “Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risida”gi hamda “Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va yo‘q qilishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risida”gi Konvensiyalar ratifikatsiya qilindi. 2001-yil 4-yanvardagi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o`rganishni tashkil etish to`g`risida”gi Farmoyishi ham jamiyatda, ayniqsa yoshlar orasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish uchun dasturulamal bo`lib xizmat qildi. Bir so’z bilan aytganda, yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslarini tashkil etuvchi qonun hujjatlarining doirasi juda ham keng. Bu borada “Yoshlar yili” Davlat dasturi doirasida amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan mustaqillik yillarida qabul qilingan amaldagi qonun hujjatlari atroflicha tahlil qilinib, yoshlar huquqlari, manfaatlari va erkinliklari belgilangan qonun hujjatlari tizimi shakllantirilganligi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ishchi guruh tomonidan amaldagi normativ-huquqiy bazani, uning yoshlar manfaatlari va huquqlarini himoya qilishga oid qismini takomillashtirish maqsadida inventarizatsiyadan o‘tkazish jarayoni Konstitutsiya va kodekslardan tashqari, bu sohada 22 qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15 ta farmoni va 11 ta qarori, Vazirlar Mahkamasining 41 ta qarori, 32 ta idoraviy-me'yoriy hujjat mavjud ekanligini ko‘rsatdi. Shundan keyin ham yana o‘nlab yangi qonun hujjatlari qabul qilinganligi hisobga olinsa, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalariga asoslangan, yoshlarga oid
12 davlat siyosatining huquqiy asoslarini belgilab beruvchi normativ-huquqiy hujjatlar tizimi 150 dan ortiq qonun hujjatlaridan tashkil topganligi ma'lum bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 40-moddasida har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega ekanligi belgilangan. Mazkur konstitutsiyaviy normaning hayotiyligini ta'minlash maqsadida sog‘liqni saqlash tizimiga har yili Davlat byudjeti xarajatlarining 12-15 foizdan ortiq qismi yo‘naltirilmoqda. O‘zbekiston 2011-yilda “Bolalarni asraylik” xalqaro tashkiloti tomonidan tuzilgan 161 mamlakatdan iborat jahon reytingida o‘sib kelayotgan yosh avlod salomatligi haqida eng ko‘p g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotgan davlatlar orasida 9- o‘rinni egalladi 27. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori Margaret Chen o‘zining 2011-yil 25-26 noyabr kunlari poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro anjumandagi nutqida e'tirof etganidek: “O‘zbekistonda hatto global inqirozlar davrida ham aholining salomatlik ko‘rsatkichlari muttasil oshib, umr ko‘rish davomiyligi yuksalmoqda.
O‘zbekiston bu bilan haqli ravishda faxrlansa arziydi”. Mamlakatimiz rahbari Islom Karimov “O‘zbekistonda ona va bola salomatligini muhofaza qilishning milliy modeli: “sog‘lom ona – sog‘lom bola” mavzusidagi ushbu xalqaro simpoziumning ochilishidagi nutqida bu muvaffaqiyatlarimizning omillari haqida atroflicha to‘xtalib, mustaqil rivojlanish yillarida mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimini barpo etishni davom ettirish va yangilash imkonini berayotgan mustahkam poydevor yaratilganiga anjuman ishtirokchilari e'tiborini qaratdi. “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta'lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi.Maktab ishlari davlat nazoratidadir” 6 . O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ushbu 41-moddasi ijrosi yuzasidan ham faxrlansa arziydigan islohotlar amalga oshirildi. Birgina Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi (1997-yil) va Maktab ta'limi rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi (2004-yil) doirasida 1539 ta akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, 7800 tadan ziyod umumta'lim maktablari yangitdan qurilib, to‘liq
6 O’zbekiston Respblikasining Konstitutsiyasi.-T.: O’zbekiston, 2013.
13 zamonaviy vositalar bilan jihozlandi. Oliy ta'lim muassasalarining soni 1,8 barobar (37 tadan 66 taga, shundan 59 tasi milliy, 7 tasi xorijiy) ko‘paydi. 5980 ta bolalar sport maskanlari, 6151 ta yopiq sport zallari barpo etildi28. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 4-yanvarda e'lon qilingan “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o`rganishni tashkil etish to`g`risida”gi Farmoyishi ham mamlakatda Konstitutsiyani ommaviy ravishda o`rganish hamda uni hayotga tatbiq etish bo`yicha dasturulamal vazifasini o`tamoqda. Mana shu maqsadda davlatimiz rahbari O`zbekiston Konstitutsiyasini bolalar bog`chasidan boshlab o`rgatish, maktablarda darslik tariqasida o`qitish hamda oliy o`quv yurtlarida esa maxsus dars sifatida o`rganishni vazifa qilib qo`ydi. Sog‘liqni saqlash va ta'lim sohasidagi islohotlar shular bilan cheklanib qolmay, hozir ham izchil davom ettirilmoqda. Xususan, 2011- 2015-yillarda 700 dan ortiq tibbiyot muassasasi, 400 ta bolalar sporti, 221 ta bolalar musiqa va san'at maktabi qurib, foydalanishga topshirish, sport bilan muntazam shug‘ullanadigan bolalar sonini 2 barobar ko‘paytirish, zamonaviy “elektron ta'lim” loyihasini joriy etish kabi ko‘plab ishla rejalashtirilgan bo‘lib, bu vazifalar bosqichma-bosqich amalgam oshirilmoqda. Bu borada erishilayotgan natijalar 2011- 2012 yillarda poytaxtimizda o‘tkazilgan nufuzli xalqaro anjumanlarda nufuzli xalqaro tashkilotlar, dunyoning barcha qit'alaridan kelgan xorijlik ekspertlar tomonidan e'tirof etildi.
Yurtimizda avvalo ommaviy axborot vositalari rivojini ta'minlaydigan, demokratik talab va standartlarga to‘la mos keladigan mustahkamqonunchilik bazasi yaratildi. Ushbu davrda ommaviy axborot vositalarini erkin vajadal rivojlantirishga, axborot sohasining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta'minlashgaqaratilgan 10 ga yaqin qonun hujjatlari qabul qilindi. Ko`rilgan chora tadbirlarnatijasida bugungi kunda O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalari 1326 tani tashkil etdi. Ulardan 704 tasi gazeta, 254 tasi jurnal, 17 tasi axborotnoma-byulleten, 4 tasi axborot agentligi, 63 tasi televideniye, 36 tasi radio,165 tadan ziyodi esa veb-saytlardir. Mavjud bosma davriy nashrlarning 43 foizi, telekanallarning qariyb 53 foizi, radiokanallarning 85 foizi nodavlat ommaviy axborot vositalari hisoblanadi.
14 Axborot
va so`z
erkinligining mamlakatimizda yuqori darajada ta`minlanishibirinchidan, fuqarolarning konstitutsion shaxsiy huquqlarini kafolatlash bilan birgao`sib kelayotgan yosh avlodning bilim olish jarayonida o`ziga kerakli axborotniishonchsiz va noxolis tashqi axborot manbalaridan emas, balki mamlakatda ro`yxatgaolingan va har bir berilgan axboroti uchun javob beradigan manbalardan olishigaimkoniyat yaratadi. 2012-yil 10 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi. Qarorda zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or uslublarini joriy etish yo‘libilan, o‘sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarga o‘qitish, shu tillarda erkin so‘zlashaoladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda buningnegizida, ularning jahon sivilizatsiyasi yutuqlari hamda dunyo axborot resurslaridankeng ko‘lamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirishlariuchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish maqsadida 2013-2014 o‘quv yilidan boshlab, Respublikaning barcha hududida chet tillarni, asosan, ingliz tilini o‘rganish umumta'lim maktablarining birinchi sinflaridan o‘yin tarzidagi darslar va og‘zaki nutq darslari shaklida, ikkinchi sinfdan boshlab esa, alifbo, o‘qish va grammatikani o‘zlashtirishdan bosqichma-bosqich boshlanishi, oliy o‘quv yurtlarida ayrim maxsusfanlarni, xususan, texnik va xalqaro mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qitish chet tillarda olib borilishi, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalariningo‘quvchilari va o‘qituvchilarini chet tillar bo‘yicha darsliklar va o‘quv-uslubiykomplekslar bilan ta'minlash, ularni belgilangan muddatlarga rioya etilgan holda qayta nashr etish, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamg‘armasining aylanma mablag‘lari hisobidan bepul amalga oshirilishi 7 Karimov I. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida ko’rsatib
7 Karimov I. A.Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsyepsiyasida ko’rsatib o’tilgan: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagima'ruza.2010 yil 12 noyabr/ I.Karimov. –Toshkent : “O‘zbekiston”, 2010.-B-.28.
15 o’tilgan. Yurtimizda maktab ta'limi 7 ta tilda – o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, turkman va tojik tillarida olib boriladi. Bu ham fuqarolarimizning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar qonun oldida tengligiga doir konstitutsiyaviy qoidaga og‘ishmay amal qilinayotgani, shuningdek, davlat yoshlarimizning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini qat'iy ta'minlab kelayotganining yana bir isboti. O`quvchi qizlar uchun “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti, oily ta`lim muassasalari talabalari uchun O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulug`bek, Imom al-Buxoriy nomlaridagi Davlat stipendiyalari ta`sis etildi va shu kungacha mingdan ortiq yoshlar ushbu tanlovlarda g`olib bo`lib, ko`plab imtiyoz va rag`batlarni qo`lga kiritdilar. Bundan tashqari mazkur davrda voyaga yetmaganlar va yoshlar huquqlarini himoya qilish, ularni yanada kengroq qullab- quvvatlash maqsadida yosh iste'dodlar uchun “Nihol” mukofoti (2006), “Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) to‘g‘risida”gi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi (2007),“Yosh oilalarni moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmon (2007) imzolandi, shuningdek O‘zbekistonda bolalar farovonligini ta'minlash bo‘yicha Harakat dasturi (2007), Bolalar musiqa va san'at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2009-2014 yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi qabul qilindi. Yurtboshimizning “O‘zbekistonda yashayotgan barcha-barcha yoshlar mening bolalarim, mening farzandlarim!” degan so‘zlari maktab va ta'lim sohadasi yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlarda o‘z ifodasini topmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda 9779 ta umumta'lim maktabi faoliyat yuritmoqda. Maktab ta'limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish doirasida 2004-2009 yillarda respublika bo‘yicha 8500 dan ziyod maktab qurildi va kapital ta'mirlandi. Ularning aksariyati qishloqlarda joylashgan. Ushbu maqsadlar uchun 1,4 trillion so‘m mablag` sarflandi.
16 “Kadrlar tayyorash dasturi deb nomolgan Ta'lim sohasini isloh qilish dasturi mamlakatimizda yangi jamiyat qurishning bosqichma-bosqich va tadrijiy rivojlanish prinsipiga asoslangan iqtisodiy va siyosiy islohotlarning biz tanlagan “o‘zbek modeli” – o‘z taraqqiyot yo‘limizning ajralmas tarkibiy qismidir. Dasturga muvofiq mamlakatimizda “9+3” sxemasi bo‘yicha 12 yillik umumiy majburiy bepul ta'lim tizimi joriy etildi. Dasturni hayotga tatbiq etish davomida uzluksiz xususiyat kasb etgan ta'limning nafaqat shakli, balki mohiyati ham tubdan o‘zgartirildi. Ayni paytda davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha qo‘yilgan vazifalarni to‘liq amalga oshirish uchun hali ko‘p ishlar qilinishi kerak. Bu, birinchi navbatda, yigit-qizlarimizning olijanob intilishlarini ro‘yobga chiqarish, jamiyatimizning ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy rivojlanishida ishtirok etishida barcha yordamni ko‘rsatish bilan bog‘liqdir. Shu munosabat bilan bugungi kunda yoshlarda xalqimizga mutlaqo yot bo‘lgan turli oqimlar va ta’sirlarga qarshi mustahkam mafkuraviy immunitetni shakllantirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling