O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi
Download 355.71 Kb. Pdf ko'rish
|
ozbek xalq oyinlaridan foydalanib oquvchi yoshlarning irodaviy sifatlarini
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI BOSHLANG‘ICH TA’LIM FAKULTETI
TARBIYAVIY ISHLAR METODIKASI
F F A A N N I I D D A A N N
K K U U R R S S
I I S S h h I I
Mavzu: O’zbek xalq o’yinlaridan foydalanib o’quvchi yoshlarning irodaviy sifatlarini
Bajardi:Raximova O. Tekshirdi:Arabova M.
TOSHKENT-2013
Mundarija. Kirish.
sifatlar-ini tarbiyalashning mazmun va mohiyati. 2. O’zbek xalq o’yinlaridan foydalanib o’quvchi yoshlarning irodaviy sifatlar-ini tarbiyalash texnologiyasi. 3. O’zbek xalq o’yinlaridan foydalanib o’quvchi yoshlarning irodaviy sifatlar-ini tarbiyalashning imkoniyatlari. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
Kirish.
Kichik yoshdagi maktab o‘kuvchilari shaxsini rivojlanishida milliy xalk o‘yinlarini roli O‘zbekiston Respublikasi mustakil davlat sifatida rivojlanish va tarakkiyot yo‘liga chikdi. O‘zbekiston kelajagi xozirgi yosh avlodni kanday tarbiyalashga ko‘p jixatdan boglik. Respublikamizda boshlangich ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining birinchi boskichi I- IV sinflar shaklida tashkil etiladi. Boshlangich ta’limning maksadi xar bir bolada mavjud bulgan iktidorlik, layokat va kobiliyatlarni, sezgirlik va kizikishlarni erkin rivojlantirish, ijobiy xulkiy dunyokarash, kabul kilish kabi sifatlarni, milliy va fukarolik burchi va xis-tuygusini o‘stirishdan iborat. Boshlangich ta’limning vazifalaridan biri bola faoliyatini uyushtirishda o‘kituvchining pedagogik maxorati, ilmiy-metodik layokati, xar tomonlama yetukligi, yuksak axlokiyligi, bolalarning esa yoshi, kuchi, extiyoji, tayyorligi, imkoniyati va muxiti kabi xayotiy omillar xal kiluvchi axamiyatga ega. Bolaning tolikishi va zo‘rikishiga yo‘l ko‘ymaydigan usullarni topish, mashgulotlar mazmuniga o‘yin vositalarini kengrok singdirish, xar bir sabok bolalarning sogligini, ruxiy, ma’naviy va jismoniy tomondan muxofaza etish uchun xizmat kilishga erishish zarurligi, boshlangich ta’lim yosh avlodning go‘zal, odobli, sezgir, ziyrak, zukko, farosatli, ongli va intizomli, yuksak madaniyatli, milliy gurur egasi kilib tarbiyalash, ularda vatanparvarlik, baynalminallik, fukarolik burchini xis etishdek zarur sifatlarni o‘stirish lozimligi xakida fikr yuritilgan. Boshlangich ta’limda Davlat standarti talabi asosida darsliklar xajmini ixchamlab, zarur bo‘lsa kismlarga bo‘lib, rangdor rasmli, bolalarbop kilib chop etish, nazariy asoslangan matnlar, o‘yinlar vositalari bilan boglanishi, didaktik talablarni o‘zida aks ettirgan bo‘lishi lozim. Unda xalk pedagogikasining durdonalari, xikmatlari, xalk ogzaki ijodining eng yaxshi
namunalari: ertak, makollar, topishmoklar, ko‘shiklar, termalar, o‘zbek xalk o‘yinlari, laparlar o‘rin olmogi kerak.
Boshlangich sinf o‘kuvchilari asosan tasavvur kilishi orkali fikr yuritadilar. Shuning uchun xam ular ko‘pincha o‘ynash, jismoniy xarakat kilishga intiladilar. Shu sababli yangi dastur asosida o‘tkaziladigan darslarimizda o‘yin mashgulotlari tez-tez o‘tkazilib turadi. Chunki, yosh bolaga berilayotgan bilimni o‘yinlar orkali singdirsak, ular uchun kuruk koida yodlash va uzluksiz mashk ishlataverishdan kizikrok tuyuladi. Bunda to‘gri tanlangan tashkiliy o‘yinlar darsda xar bir o‘kuvchining xar tomonlama imkoniyatlarini beradi, madaniy xordik chikaradi.
O‘yin bola xayotida muxim o‘rin tutadi. Men Ko‘kon shaxridagi 37- o‘rta umumta’lim maktabida pedagogik amaliyot davrida shuni guvoxi bo‘ldimki, o‘yin orkali bolalar tevarak-atrof, turli predmetlar xakida bilimga ega bo‘ladilar. Shu tufayli ta’lim jarayonini o‘yin shaklidan foydalangan xolda tashkil etish ko‘zlangan maksadlarga erishish imkoniyatini beradi.
O‘yin tarbiyaviy axamiyatga xam ega, chunki bu jarayondagi o‘kuvchilar o‘zaro munosabatga kirishadilar, natijada ularning xulk-atvori, muomila madaniyatida ijobiy sifatlar shakllanadi va tarkib topadi.
doimiy yo‘ldoshi, kuvnoklik, xushchakchaklik kabi ijobiy xis-tuygularining bitmas-tuganmas manbaidir.
Lekin, o‘yin bolalar uchun fakat ermak deb karalmasligi kerak. Bolalar xayotida o‘yinning vazifasi bir muncha kengdir. Ota-bobolarimiz, buyuk allomalar va mashxur pedagoglar bolalar o‘yiniga yosh avlod ta’lim- tarbiyasida juda muxim rol o‘ynovchi vosita deb karaganlar.
Inson bolasi xar kanday yaxshi rivojlangan xayvon bolasidan shu bilan fark kiladiki, u juda yoshlikdan boshlabok atrofga dikkat bilan nazar tashlaydi, ranglar jilosini ko‘radi, tovushlar simfoniyasini tinglaydi. U atrofdagi narsalarning xilma-xilligidan xayratlanadi, ular xakida o‘ylaydi, kattalarga savollar bilan murojaat etadi yoki o‘sha savolga o‘zi javob izlaydi.
Bolaning kuvnok, xushchakchak yashashi va mazmunli xayot kechirishi uchun nima kerak? Kanday kilsa boladagi turli-tuman xis- tuygularni barvakt uygotish, fikrining rivojlanishiga turtki berish, nutkini o‘stirish, savodxonligini oshirish, uning borligini yokimli, jozibali va mazmunli kilish mumkin? Javob bitta: O‘YIN!
. .
O’zbek xalq o’yinlaridan foydalanib o’quvchi yoshlarning irodaviy sifatlarini tarbiyalashning imkoniyatlarini aniqlash undan foydalanishning shakl va usullarini asoslab berish.
Kurs ishining ob’ekti. O’zbek xalq o’yinlaridan foydalanib o’quvchi yoshlarning irodaviy sifatlar-ini tarbiyalash jarayoni Kurs ishining predmeti O’zbek xalq o’yinlaridan foydalanib o’quvchi yoshlarning irodaviy sifatlar-ini
t t a a r r b b i i y y a a l l a a s s h h u u n n i i n n g g
shakl va yo‘llari. K K u u r r s s i i s s h h i i n n i i n n g g v v a a z z i i f f a a l l a a r r i i : :
1 . . O’zbek xalq o’yinlariga o o
i d d
a a d d a a b b i i y y o o t t l l a a r r n n i i
t t a a h h l l i i l l
q q i i l l i i s s h h . .
2 2 . . O’zbek xalq o’yinlaridan foydalanib o’quvchi yoshlarning irodaviy sifatlar-ini
t t a a r r b b i i y y a a l l a a s s h h u u n n i i n n g g
s s h h a a k k l l
v v a a
u u s s u u l l l l a a r r i i n n i i
a a s s o o s s l l a a b b
b b e e r r i i s s h h . .
K u u r r s s i i s s h h i i n n i i n n g g t t u u z z i i l l i i s s h h i i . . K K i i r r i i s s h h , ,
a a s s o o s s i i y y
q q i i s s m m , ,
x x u u l l o o s s a a , ,
f f o o y y d d a a l l a a n n g g a a n n
a a d d a a b b i i y y o o t t l l a a r r
r r o o ’ ’ y y x x a a t t i i . .
Mustakil O‘zbekistonimizning istikloli tufayli, boshka soxalarda bo‘lganidek, boshlangich ta’lim soxasida xam katta o‘zgarishlar yuz bermokda. Buni biz boshlangich sinflar faoliyatiga milliy urf-odatlar, an’analarning dadil kirib kelayotgani, barcha darslarning davlat tilida o‘tilayotgani kabi misollarda ko‘rishimiz mumkin. Eng kuvonchlisi o‘zbek xalk milliy o‘yinlarining maktab dasturlaridan keng o‘rin olishidir.
Xalk o‘yinlari xalk ijodining o‘ziga xos turi bo‘lib, ko‘p asrlik tarixga ega. Xar bir xalkning o‘z milliy o‘yinlari mavjud. Ular o‘sha xalkning madaniyati, urf-odatlari, ijodi, mexnat faoliyati asosida vujudga keladi. Shuningdek, o‘zbek xalk milliy o‘yinlari xalkimizning buyuk merosi sifatida kadim zamondan bugungi kungacha saklanib va saykallanib kelmokda.
Ma’lumki, kadimda o‘zbek xalk o‘yinlari katta sayillarda, ommaviy tamoillarda keng ko‘llanilgan. O‘zbek xalk milliy o‘yinlarining tuzilishi, mazmuni turlicha bo‘lib, ular xalkimizning moddiy, maishiy va ma’naviy tarixini o‘rgatishda muxim manbaalardan biri xisoblanadi.
Bobokalonlarimiz Maxmud Koshgariy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino asarlarida xam bolalar ijodkorligi, folklor o‘yinlariga taallukli ma’lumotlar juda ko‘p uchraydi. Jumladan, «Devanu-lugatit turk» kitobida o‘yinlarning tur va yo‘nalishlari xakida kizikarli ma’lumotlar keltirilgan. O‘zbek pedagogikasi tarixi ravnakiga katta ulush ko‘shgan iste’dodli murabbiy, shoir, zabardast olim va moxir tarjimon Muxammad Rizo Ogaxiy (1809-1870) «Ta’vizul-oshikin» devonida o‘zbek milliy o‘yinlari: chavandoz, ot ustida kurash tushish, ot ustida kilichbozlik, chavgon, yogoch ot, chillak, sopkon, kamondan otish bo‘yicha merganlik, shatranj, karda, dorboz, poyga, varrak, yogoch xukka, masxarabozlik, tosh ko‘tarish, pachok o‘yini, oshik o‘yini, to‘p o‘yini va boshkalar to‘grisida ma’lumotlar berib, bu o‘yinlarning koidalarini birma-bir izoxlaydi. Ogaxiy «Kurash» she’rida xalk milliy sport o‘yinlaridan bo‘lgan kurashni juda yaxshi bayon etadi.
Yikorga ne allakim bor aylab. Buyun olib bariga ko‘rguzib sho‘r Biri changak solib, izxor etib zo‘r, Madad chun biriga tam’ yeturdi, Ko‘tarib birni andok yerga urdi.
Ogaxiy fikricha, kurash bilan shugullanish bolalarni kat’iy intizomga odatlantiradi, u kuchiga ishonch xosil kilish bilan birga, ularning jismoniy va akliy kamolotiga ijobiy ta’sir kiladi. U «Poyga ta’rifida» asarida poygaga tibbiy va jismoniy tarbiya nuktai-nazaridan baxo beradi. «Otda yelish bolaligida gavdasini tutolmaslikka mubtalo bo‘lgan kishilarni aklining susayishidan, yurak xurujlaridan xalos etadi va jismonan bakuvvat kiladi, uni orzu-umid bilan yashashga, intilishga undaydi», - deydi.
Bolalar o‘yinining yana bir foydalisi chavgon o‘yini bo‘lib, u bolalarni jangga o‘rgatib, toblab, chiniktirib, jismoniy kuch-kuvvatini oshirib boradi. Bu xakda u shunday yozadi:
So‘z va ko‘shikli o‘yinlar esa bolalarning nutkini o‘stirish bilan birgalikda, ularni chechanlikka o‘rgatadigan tarbiya vositasi ekanligini tushuntiradi.
Shu tarzda Ogaxiy o‘zbek milliy o‘yinlari bolalarni ziyraklikka o‘rgatishda, jismonan bakuvvat bo‘lib o‘sishda muxim tarbiya vositasi ekanini yorkin ifodalab bergan. Xullas, kadimda milliy o‘yinlarimiz buyuk allomalarimiz va mutaxassislarimizning asarlari orkali bizga xam yetib keldi.
Mustakil o‘lka yoshlarining xar tomonlama kamol topgan shaxs kilib tarbiyalashda jismoniy tarbiyaning, kolaversa, milliy jismoniy tarbiya usullarining axamiyati juda katta. O‘lkamiz tarixiga nazar tashlasak, kadim zamonlarda milliy sport, xarakatli o‘yin va ko‘ngil ochishlardan ota- bobolarimiz, ona-momolarimiz bayramlarda, sayillarda keng foydalanishgan. Navro‘z, xosil bayramlari, Ramazon xayiti, Kurbon xayit va boshka
bayramlarda ulok chopish, kurash, ko‘pkari kabi xilma-xil o‘yinlar, ko‘ngil ochishlar o‘tkazilgan.
Milliy jismoniy mashklar sport va xarakatli o‘yinlarning xilma-xilligi, ulardan o‘kuv-tarbiya jarayonining juda ko‘p soxalarida ko‘llash imkonini beradi. Ko‘kon shaxridagi 37-o‘rta umumta’lim maktabining 1 «V» sinfida pedagogik amaliyot davrida shuni o‘rganib oldimki, kuni uzaytirilgan guruxlarda xar xil xarakatli o‘yinlar uyushtirish, maxsus guruxlarda kizikarli va bajarilishi oson bo‘lgan mashklar tashkil etish o‘kuvchilar xarakat sifatlarini to‘gri shakllantirishga katta yordam berar ekan.
Xulosa kilib aytganda, o‘zbek xalkining o‘ziga xos milliy urf-odatlari, ajoyib an’analari bo‘lgan. Xattoki, yoshlarning barkamol shakllanishlari uchun xalkimiz kadim-kadimdan jiddiy e’tibor berib kelgan. O‘sha davrdanok milliy xalk o‘yinlari keng rivojlangan. Bu o‘yinlar yosh avlodning jismonan bakuvvat va soglom bo‘lib ulgayishida juda ko‘l kelgan. O‘zbek xalk o‘yinlarini xozirgi kunda xam inson shaxsini tarbiyalashdagi o‘rni bekiyosdir. O‘zbek xalk o‘yinlari o‘zining turli yosh, jins, shaxar va kishlokka mo‘ljallangan keng kamrovliligi bilan ajralib turadi. Birok, bu jixatlarning kam yoritilganligi va kam o‘rganilganligi sababli o‘zbek xalk o‘yinlariga xar tomonlama tasnif berish o‘ta mushkul. Shunga karamasdan, ularni nazoratdan o‘tkazish va o‘rganish o‘yinlarni shartli ravishda kuyidagidek turlarga bo‘lib chikish imkoniyatini beradi: 1) turli yoshdagilar o‘yinlari (go‘daklik, bolalik, o‘spirinlik va x.kazolar); 2) turli jinsdagi odamlar o‘yinlari (o‘gil bolalar, kiz bolalar, erkaklar va ayollar); 3) mavsumiy o‘yinlar (baxorgi, yozgi, kuzgi, kishki); 4) turli ifoda vositalaridan foydalanishga asoslangan o‘yinlar (so‘z, kuy, ko‘shik, raks, pantomima, syujetli, saxna, turli xususiyatli va xokazolar).
Sunggi tur o‘yin turli ifoda va sitatalardan foydalangan xolda amalga oshiriladi. Masalan, so‘z, ko‘shik, raks, xarakat, saxna tomoshalari, shuningdek, kilich, kaltak, toshchalar, yongokchalar kabi oddiy narsalar asosiy ifoda o‘xshashligi yoki narsalar o‘yinning xarakterini, shaklini, mazmunini va rolini belgilaydi. Deylik, o‘yinda asosiy vosita so‘z bo‘lsa, so‘z o‘yini, agar xarakat, tezlik, kurash bo‘lsa, bu xarakat – musobaka o‘yini bo‘ladi. Agarda o‘yinda syujet, badiiy timsol vositasida muayyan xayotiy xodisa o‘z aksini topsa, bu saxna o‘yini, asar asosiy rol ko‘shik jurnavozlikka berilsa, bu ko‘shik o‘yini yoki jo‘rnavozlikdagi ko‘shik o‘yini bo‘ladi. U yoki bu vositadan foydalanishga asoslangan o‘yinlar sof xolda uchramaydi, boshka o‘yinlar yoki turkumlar bilan chatishib ketadi. Zero, ularda turli yoshdagi, jinsdagi odamlar turli fasllarda o‘ynaydilar. Shu bois bir turkumda nishonlanadigan o‘yinlar boshkasida takrorlanishi mumkin. Turli yoshdagi odamlar guruxiga moslangan va xayotning ma’lum boskichida o‘ynaladigan o‘yinlar avloddan-avlodga o‘tib kelgan. Yoshi o‘tinkirab kolguncha odamlar bamisoli xalk o‘yinlari «maktab»ini o‘tgan, bunda xar bir sinfda u yoki bu yoshga tegishli o‘yinlardan foydalanganlar. Xar bir yosh xususiyati o‘yinlarning moxiyati va mazmunini belgilagan. Masalan, yosh bolalar o‘rtasida o‘yinchok va ko‘girchoklar bilan boglik o‘yinlar, oralik yoshdagi bolalar o‘rtasida – syujetli taklid o‘yinlari keng tarkalgan. «Xakalam-xakalam», «Kelin-kuyov», «Kuvlashmachok» kabi o‘yinlar bugungi kunda xam bolalar tomonidan sevib o‘ynaladi. O‘yinlar bolalar va yoshlarga nima beradi? O‘yin bolalarning, xususan, 2 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning asosiy mashguloti xisoblanadi, keyinchalik o‘kish va mexnatga almashadi. O‘yinlar bolalar uchun xayotga, kelajakdagi vokea-xodisalarga o‘ziga xos tayyorgarlik maktabi xisoblanadi. Ular bolalarni nafakat jisman, balki aklan stirib, ongini boyitadi, bolalar xayolotini uygotadi, xotirasini charxlab, irodani mustaxkamlaydi. O‘yinlar jarayonida bola deyarli bilimlarni egallaydi, shaxs kamolotidagi zarur malakani oshiradi. O‘yinlar kelajakdagi katta xayot bo‘sagasidagi tayyorgarlik bo‘lib xizmat kilgan. «Agar bola o‘yinni vijdonan o‘ynasa, xayotda xam vijdonan yashaydi» deb bejiz aytishmaydi-da. Xullas, o‘yinlar bolalarda ijodiy faollik, tashabbus, jamoatchilik, tashkilotchilik o‘kuvi va malakasini rivojlantirishning samarali vositasidir. O‘yinlar inson xayotida shunday axamiyat kasb etadiki, ularga karab inson shaxsiyati, xarakteri manfaatlari, kizikishlari, kobiliyatlari xakida fikr yuritish mumkin. O‘zbeklar farzandlarida bolaligidanok baxodirlik, xarbiylik, jangovarlik malakalarini shakllantirganlar. Xalk dostoni «Alpomish»dagi sevimli bosh kaxramon Xakimbek xakidagi satrlar shundan dalolat beradi. Demak, o‘yinlar inson shaxsini kamol toptirishda asosiy vosita xisoblanadi. O‘yin bola uchun birinchi maktab. Bobolar va buvilarning kattikko‘l ota-onalarga «Bolalarning o‘yiniga xalakit bermanglar!» deb tanbex berishlari bejiz emasda. Milliy o‘yinlarimizda tez xarakatli va akliy o‘yinlar mavjud. Masalan, «Kes-kes» va «Olib kochar» o‘yinlarini karab chikaylik. Kes-kes o‘yini. Bu o‘yinda to‘rt kadam kattalikdagi doira chiziladi. Doira markazida onaboshi turadi. Doira chetida esa barcha o‘yinchilar turadilar. Ular doiradan kesib o‘tib doiraning narigi chetiga chikishga xarakat kiladilar. Onaboshi esa yugurib o‘yinchilarga ko‘l tekizadi. Ko‘l tekkan o‘yinchi o‘yindan chikadi. Doirani ko‘p kesib o‘tgan va ko‘l tekkizmagan o‘yinchi golib chikadi. Bu o‘yin bolalardan chakkonlikni, tez yugurishni, doirani kesib o‘tishni talab etadi va o‘ziga ishonchni tarbiyalaydi. O‘tmish xalk o‘yinlarini ommalashtirish borasida xam kiyinchiliklar oz emas, albatta. Lekin, bu borada ancha xayrli ishlar amalga oshirilmokda. Xullas, o‘tmish o‘yinlarini tarixini o‘rganib, xozirgi kungi davr talabiga asosan inson shaxsini shakllanishida o‘yinlarni o‘rgatish katta axamiyatga egadir.
Xar bir xalkning o‘tgan avlodlari yaratib, bizga meros bo‘lib kolgan madaniy boyliklari xazinasiga xalk o‘yinlari xam kiradi. Xalk o‘yinlari o‘zining vujudga kelishi va rivojlanishiga ko‘ra gayrioddiy xodisa emas, balki xalkning xayotini obrazli, muayyan aks ettiradigan va jamiyat tarakkiyotining konunlari bilan belgilanadigan maksadga muvofik faoliyatdir. Xalk o‘yinlari xalk ijodiyotining o‘ziga xos janri bo‘lib, ko‘p asrlik tarixga ega. Ularda jamiyat rivojlanishining u yoki bu boskichiga xos ijtimoiy vokealar anik aks etadi. Xar bir tarixiy davr olamni badiiy o‘zlashtirish uchun o‘z xissasini ko‘shadi: san’at ijtimoiy xayotning ko‘p kirralari xodisalarini to‘likrok va yakkolrok aks ettirishga intilib, fan, madaniyat, siyosat, axlok va iktisodiyotning yutuklarini kandaydir tarzda umumlashtiradi. Jamiyat tarakkiyotining ilk pogonalarida xalk o‘yinlaridan tarbiyaviy maksadlarda foydalanish unumli mexnat bilan boglik bo‘lgan. Xalk o‘yinlarining mazmuni va xarakteri xayotning ijtimoiy-iktisodiy sharoitlaridan va tarkib topayotgan elatlarning psixik xususiyatlaridan kelib chikkan. Xalk o‘yinlari xarakteriga tarbiya sistemasining yo‘nalishi, unumli, uning mafkurasi, turmush an’analariga ta’siri katta. Tarixiy
tarakkiyot jarayonida xalk o‘yinlarining tadrijiy rivojlanishining va mana shu o‘yinlardan tarbiyaviy maksadlarda foydalanish bilan boglik masalalarni ko‘rib chikishda xalk o‘yinlarining xar bir xaligi xos jixatlarni nazarda tutish kerak. O‘yinlar xalk tomonidan yaratilgan va kishilarning kundalik xayotidagi vokealar xamda xodisalarni obrazli aks ettirib, ularning xayotiy taassurotlarini, kuzatishlarini, tajriba va xissiyotlarini gavdalantirib, o‘zida so‘z, musika, raks shakllarini mujassamlashtirgan. Masalan, ibtidoiy tuzumda bolalarni tarbiyalashning xarakterli jixati ularni urugning urf-odatlari, an’analari, tarixi bilan, shuningdek, xalk ogzaki ijodi, rivoyatlar, ko‘shiklar va rakslar bilan tanishtirishdan iborat bo‘lgan. Ibtidoiy jamiyatda yoshlarni kattalar safiga ko‘shish deb ataladigan bayram – diniy marosimlar keng tarkalgan. Bular o‘ziga xos o‘yin – musobakalardan iborat bo‘lib, ularning mazmunini mexnat faoliyati, kabilalarning urf-odatlari xalk ogzaki ijodini tashkil kilgan. Mana shunday o‘yin-musobakalarda yigitlar kurollardan foydalana olishlari lozim bo‘lgan. Ibtidoiy odamlarning yovvoyi xayvonlarni ovlashlari va ularni o‘zlariga bo‘ysundirishga intilishlari ov vokealarini ijod kilishga va namoyish etishga sabab bo‘ldi. Ishlab chikarish kuchlarining tobora rivojlanishi, mexnat kurollarining takomillashuvi ibtidoiy jamoa tuzumining so‘nggi boskichlarida bolalarning ana shu mexnat kurollaridan oddiy turmush va unumli mexnatda ilgaridek foydalana olmasligiga sabab bo‘lgan. Shu tufayli bolalar o‘yinchogiga o‘xshagan mexnat kurollari yasala boshlangan. Bolalar o‘yinining vositasi – o‘yinchoklar ana shu tarika vujudga kelgan bo‘lishi mumkin. Shunday kilib, ibtidoiy jamoa tuzumi davrida o‘yinning rivojlanishi fakat «diniy dabdaba» emas, balki atrofdagi vokelikni anglash, uning obrazga ko‘ra va tabiatga o‘xshatib ijod kilishni o‘rganish istagi xal bo‘ldi. Xar bir xalkning o‘z milliy o‘yinlari mavjud bo‘lib, ular xalk an’analari, millatlarning madaniyati va turmushiga xos xususiyatlar zaminida vujudga kelgan. Xalk o‘yinlari xalk ma’naviy madaniyatining ko‘rinishlaridan biridir. Ularda etnik tarixga borib takaladigan an’analar, ijtimoiy munosabatlar, mafkura-e’tikodning ayrim elementlari, axlokiy estetik me’yorlar aks etadi. Xalk o‘yinlari mamlakatning milliy xususiyatlarini, katta yoshli kishilarning fe’l-atvorini, odatlarini, mexnat jarayonlarini, jugrofiy sharoitlarni ifodalaydi. Shunga ko‘ra, o‘zbek xalk o‘yinlarini xalkning axlokiy-estetik tarixini, madaniyatini, boshka xalklar bilan alokalarini o‘rganishning manbaalaridan biri sifatida karab chikish lozim. O‘zbek xalk o‘yinlari tarixini o‘rganishda xalk ma’naviy madaniyatining rivojlanish boskichlarini yoritish juda muxim axamiyatga molikdir. O‘zbek xalk o‘yinlari o‘zbek xalki ijodining maxsuli bo‘lib, ularni keng xalk ommasi yaratgan va saklab kelgan. O‘yinlar o‘zbek xalkining ko‘p avlodlari turmushi va ijtimoiy xayotining zarur elementi sifatida asrlar bo‘yi mavjud bo‘lib keldi va rivojlanishning xar bir tarixiy boskichida turli ijtimoiy vazifalarni bajardi. O‘zbek xalk o‘yinlari tarixning ijodiy kuchini, moddiy va ma’naviy boyliklarini o‘zida mujassamlashtiradi, ularda atrofdagi vokelikni bilish va o‘zlashtirishning tarixiy tajribasi aks etadi. O‘zbek xalk o‘yinlari o‘z tabiatiga ko‘ra amaliydir. Ularda xalk badiiy madaniyatining o‘ziga xosligi, uning milliy xususiyatlari yakkol kurinadi. Mazkur o‘yinlarning milliy xarakteri zamirida xalkning madaniy boyligi, katta merosi mavjuddir. Kup o‘yinlar mazmunining mavzulari kabilalarning urf-odatlarini, kadimiy udumlarning, mexnat faoliyati yoki madaniyatini yoritishi mumkin. Xalkning unutilayozgan iltijolari, baytlari va sanoklari bolalarning xalk o‘yinlaridagina davom etib keladi. Gurux bo‘lib o‘ynaladigan o‘zbek xalk o‘yinlari va ayrim sport o‘yinlari kadimiy kabilalarning o‘yinlariga borib takaladi. O‘zbek xalk o‘yinlari kadim zamonlarda, bizning eramizgacha bo‘lgan davrlarda vujudga kelgan. O‘zbek xalk o‘yinlari xalk ijodiy faoliyatining bir turidir. Ularni mexnatkash xalk yaratdi va keng xalk ommasi davom ettirdi. Xozirga kadar o‘zbek xalki uning tantanalarini katta xalk tomoshalari – sayillar bilan nishonlaydi. Ilgari sayillar diniy sanalar bilan boglik bo‘lgan. Diniy bayramlardan tashkari, axoli orasida ommaviy tomoshalar, sayillar o‘tkazish odat bo‘lgan. Mana shu bayramlarda xalkning xayoti, uning xayotni sevishi, mexribonligi, kuvnokligi namoyon bo‘lgan. Sayillar vaktida «Olomon poyga», «Kiz kuvish», «Kurash», «Agdarish», «Ko‘pkari», «Do‘ppi tashlar» kabi musobaka o‘yinlari, sport o‘yinlari va ko‘ngilochar o‘yinlar o‘tkazishgan. O‘zbekistonda kadimdan dexkonlarning mexnat jarayoniga boglik tantanalar – «Xosil bayrami», «Kovun sayli» va xokazolar mavjud. Ana shulardan «Kovun pishdimi?», «Kovok tanlash» kabi o‘zbek xalk o‘yinlari yuzaga kelgan.
boraturib, kizlar irgitgan xar xil rangli ro‘molchalarni ilib olishlari va o‘z egalariga keltirib berishlari lozim bo‘lgan. Shu baxonada xar bir yigit o‘zining chakkonligi, dovyurakligi va jasoratliligini ko‘rsatgan. «Agdarish» o‘yini. Bu kadimiy sport o‘yini jangchilar orasida keng tarkalgan: ikki otlik yigit bir-birini otdan yikitib tushurishga xarakat kiladigan mana shu o‘yinda, albatta, dovyurak, kuchli va tadbirkor ishtirokchi golib chikkan. Bellashuvda o‘zi mingan otni boshkarish maxorati xam katta axamiyatga ega bo‘lgan.
bo‘lib, katta bayramlar va to‘ylarda o‘tkazilgan. To‘y boshlanishi oldidan bir gurux yigitlar belgilangan joyga to‘planishgan. U yerga so‘yilgan echkining tanasi tashlab ko‘yilgan. Yigitlar ba’zan bir necha o‘n kishidan iborat bo‘lib, ularning xammasi echki tanasini yerdan ko‘tarib olishga va atrofdagilarga berib ko‘ymay, marragacha olib borishga xarakat kilganlar. Bunda chakkon, jasur, irodali, kiyin vaziyatda dovdirab kolmaydigan yigitlargina ulokni marragacha olib borgan. «Poyga». Bu o‘yin chavandozlarning uzokka ot choptirish bo‘yicha musobakasidir. Ana shu musobaka paytida karindoshlarning bir-biriga yordamlashishi o‘yin ishtirokchisining otini kamchi bilan urishi, xay- xaylashi, xatto otning jilovidan tortishi xam mumkin bo‘lgan. Bu musobakada epchil, irodali, xushyor yigitlar galabaga erishganlar. Xalk orasida kuchli odamlar juda xurmat kilingan, atrofdagilar ularga xavas bilan karagan, taxsinlar aytgan. Shuning uchun belini boglab kurash tushadigan polvonlar xalk shodiyonalari va anjumanlarining ardokli mexmoni bo‘lgan. O‘zaro kuch sinashiladigan o‘yin, ya’ni kurash tushish uzok davrlardan xozirgacha o‘zbeklarning sevimli mashguloti va tomoshasi xisoblanadi. O‘ zbek milliy kurashi xar bir bayram va xar bir ommaviy yiginlarda albatta tashkil kilingan. Urush vaktida karama-karshi ikki tomon o‘z ko‘shinlaridagi eng kuchli polvonlarni sarflab jangga solgan. Ular esa kilich, o‘k-yoy, nayzalar bilan jang kilishgan. Bordi-yu barcha kurollar ishdan chiksa, polvonlar o‘z kurollari, ya’ni mushtlashish bilan o‘z kuchlarini ko‘rsatishgan. Ana shu jangda rakibini yenggan polvonning tarafi bo‘lgan ko‘shin golib xisoblangan. Xozirgi o‘zbeklarning yanada kadimgi avlodlarida kurash an’anaviy odatlardan biri bo‘lgan. Binobarin, xozirgi kurash tushish juda kadim zamonlarda vujudga kelgan, kuch, chakkonlik, chidamlilik, jasoratni ko‘rsatish bo‘yicha o‘tkazilgan musobakalar kurashning tarixiy manbalari xisoblanadi. Kurash tushishning tafsiloti Zaxiriddin Muxammad Boburning asarlarida berilgan. Xalk o‘zining polvonlari to‘grisida rivoyatlar to‘kigan. Aytishlaricha, VI-VII asrlarda Xorazmda yashagan Paxlavon Maxmud xind polvoni bilan bir necha kunga cho‘zilgan olishuvda golib chikkan va buning evaziga uning asirlikdagi o‘n ming nafar yurtdoshlari ozod kilingan. O‘zbek xalki o‘yinlari orasida ayniksa, dorboz va simvozlik san’ati aloxida ajralib turilgan. Ilgari dor keng mashxur bo‘lgan. Ommaviy va maxalliy bayramlar, mavsumiy bozorlar dorbozliksiz o‘tmagan, deyishi mumkin. Registonda, bozor maydonlarida, Chorsularda dorlar ko‘rilgan. Karnay-surnay va
nogoralarning kattik
sadolari tomoshalarning boshlanishidan darak berib turgan. Odamlar to‘plangach, o‘yinlar
boshlangan. Tomoshabinlar baland kilib tortilgan arkon ustida o‘ynayotgan dorbozning dadil xarakatlarini xayajon bilan kuzatishgan. Bir vaktlar O‘zbekistonda yogochoyok o‘yini keng tarkalgan. Yogochoyok yugurib, sakrab, raksga tushib va milliy cholgu asboblarida, karnay-surnay va xokazolarda kuylar ijro etib, ajoyib tomoshalar ko‘rsatgan. O‘zbek xalkida xayvonlar va kushlar xakidagi juda kizikarli rakslar – «Kaptar o‘yini», «Chagalak», «Yumronkozik», «Ot o‘yin» va xokazolar. Shuningdek, o‘zbeklar orasida «Karnayli-surnayli», «Nina, ip, tuguncha», «Kovok ekish», «Xo‘roz va tovuk», «Koch bolam, kush keldi», «Ok terakmi ko‘k terak?» kabi o‘yinlar xam mashxur bo‘lgan. O‘zbek xalk o‘yinlari juda kadim zamonlarda vujudga kelgan. An’analar, odatlar, shu jumladan, xalk o‘yinlari o‘zbeklar xayoti bilan boglik bo‘lib, avloddan-avlodga meros tarikasida o‘tib kelgan. Bolalar jamiyat rivojlanish boskichida kattalar o‘yinlarini o‘ynaganlar. O‘zbek xalk o‘yinlarida xalkning ijtimoiy xayoti o‘ziga xos shakllarda aks etgan.
O‘zbek xalk o‘yinlarini mazmuniga ko‘ra kuyidagicha tasniflash mumkin:
- Drammalashgan o‘yinlar: a) Xayotiy (tarixiy-xayotiy, madaniy-xayotiy, kasbkorlik-xayotiy); b) Kulgili o‘yinlar; v) ko‘shik va raks o‘yinlar. - Mazmunli-rolli o‘yinlar: a) mazmunli – xarakatli; b) sport - o‘yinlari; - Ijodiy o‘yinlar. O‘zbek xalk o‘yinlarining tarixan vujudga kelishini taxlil kilib, drammalashgan o‘yinlar o‘zbek kugirchok teatrining negiziga aylangan kadimiy xalkning «Ko‘girchok o‘ynatish» san’ati asosida paydo bo‘lgan, deya xulosa chikardik. Muayyan badiiy obrazni ifodalaydigan ko‘girchok mamlakat va kishilar xayotidagi tarixiy turmush vokealarini aks ettiradi. Madaniy-maishiy o‘zgarishlarni, odamlarning amalga oshirgan ishlarini, go‘zalligi va kamchiliklarini ifodalaydi. Xarakatli, sport musobakasi o‘yinlari o‘kuvchilarning xarakat faolligiga asoslanadi va ularning mushaklarini, xarakat a’zolarini rivojlantiradi. Ijodiy o‘yinlarga kuyidagilar kiradi: - o‘kuvchilarning o‘zlari o‘zbek xalk ertaklari va afsonalari asosida yaratadigan o‘yinlar. Xalk o‘yinlari xayotiy vokealarga murojaat etib, ularni nixoyatda xilma-xil, o‘zining boyligi bilan badiiy obrazda ifodalanadi. Xozirgi sharoitda o‘zbek xalk o‘yinlari boshkacha tus oldi. Asosan, ularning maksadi o‘zgardi, mazmuni yangilandi va variantlari paydo bo‘ldi. Masalan, «Ulok» o‘yini murakkab va o‘zbek xalkining goyat kizikarli o‘yinidir. Xozirgi paytda bu o‘yinning mazmuni o‘zgargan. O‘yinchilar ikki guruxga bo‘linib, 6-8 metrli aylana chizigining tashkarisida turadilar. Boshkaruvchi doira o‘rtasida turib o‘yinni boshkarishga ishora kiladi va to‘pni tashlaydi. O‘yinchilarning xammasi uni birinchi bo‘lib olishga xarakat kiladi. Tupni boshka o‘yinchining ko‘lidan tortib olib, doiradan tashkariga kochishga ruxsat etiladi. Pedagogik nuktai-nazardan maktablarda o‘kuvchilarga fakat kadimiy xalk uyinlarining emas, balki xozirgi boskichda vujudga kelgan o‘yinlarning xususiyatlarini xam ko‘rsatish yaxshi natija beradi. Shaklan milliy va mazmunan zamonaviy o‘zbek xalk o‘yinlari yosh avlodni tarbiyalash, kamol toptirishda tobora ta’sirchan omilga aylanib bormokda. O‘zbek xalk o‘yinlarining vazifasini nazarda tutib, ulardan yangi insonni shakllantirishning muxim vositasi sifatida foydalanilmokda. X u l o s a. Xozirgi sharoitda o‘zbek xalk o‘yinlarining asosiy vazifasi o‘z mazmuni va metodikasi bilan bolalarni jamiyatimiz talablariga muvofik yo‘sinda tarbiyalashni ta’minlash, ularda axlokiy, irodaviy sifatlarni rivojlantirish, ijodkor va bunyodkorlarga xos bilim, ko‘nikma xamda malakalarni shakllantirishdan iboratdir. Kadimiy tarbiya tizimidagi o‘yinlardan shaxsni shakllantirish vositasi sifatida keng foydalanilgan. Juda uzok davrlar mukaddam pedagogik fikr namoyondasi o‘yinning tarbiyaviy imkoniyatlarini goyat ziyraklik bilan faxmlashgan. Bolalarni yosh xususiyatini xisobga olib, ularga mos o‘yinlarni tanlash masalasi ko‘yilgan, bolani o‘zining yoshiga muvaffak ishlar va turli o‘yinlar bilan mashgul kilish zarur deb topilgan. Kuzatishlardan ayonki, atrofdagi vokelikyorkin, kishilarning xatti- xarakati, o‘zaro munosabatlari va faoliyati jixatdan tushunarli bo‘lsagina o‘yinni yuzaga keltiradi. Atrof-muxitdagi barcha murakkablikni avvalo bola o‘yinda bartaraf etadi. Bolalar o‘yinining moxiyati muayyan rolni bajarishdan iboratdir.
O‘zbek xalk o‘yinlaridan foydalanish muvaffakiyatli bo‘lishi uchun o‘yin bolaning o‘z faoliyati ekanin, undagi tashabbuskorlikni va mustakillikni saklash xamda ragbatlantirish zarurligini xisobga olish kerak.
O‘zbek xalk o‘yinlarini o‘rganish tarbiya jarayonini uzluksiz yangilaydi, o‘kuvchilarda xayotiy vaziyatlarni yaxshi anglash kobiliyatini rivojlantiradi. Biz o‘zbek xalk o‘yinlariga jamiyatning butun ma’naviy madaniyati bilan tarkibli birgalikda bolalarni tarbiyalashning eng muxim vositalaridan biri sifatida karaymiz.
O‘zbek xalk o‘yinlarining tarbiyaviy axamiyati xakida gap borar ekan, shuni aloxida ta’kidlash lozimki, ular eng avvalo bolalarda o‘z kishlogiga, shaxriga, tabiatga, mamlakatimizda yashovchi barcha xalklarga muxabbat ruxida tarbiyalaydi. Eng muximi o‘zbek xalkining milliy madaniyati, o‘tmishdagi va xozirgi turmushiga, milliy an’analari xamda san’atiga muxabbat uygotadi. Shuningdek, o‘kuvchilarni xalollikkka, saxovatlilikka o‘rgatadi, kattalarning tajribasini bolalar va yoshlarga yetkazishning vositasi sifatida xizmat kiladi. O‘gil va kizlarda mexnatga ongli munosabatni shakllantiradi. Ularning kuchli, chakkon, serxarakat, ziyrak, topkir, o‘zaro xamkor bo‘lishlariga yordam beradi.
Foydalangan adabiyotlar. 1. Karimov I.A O`zbekiston milliy istiqlol, siyosat mafkurasi. T. «O`zbekiston». 1993y. 2. Turaeva O. Bola aziz, odobi undan aziz. «O`qituvchi», T. 1986y. 3. Temurov S, Toshpulotova G. Sinf raxbari faoliyati. «O`qituvchi», T. 1985y. 4. Ortikov N.O, Juraev. A.J, Maktab,oila va jamoatchilik xamkorligi kengashi. «O`qituvchi», T. 1889y. 5. Ataev A.K Farzandingiz barkamol bulsun. «Ibn Sino». T. 1990y 6. Usmonov R. «Odobnoma» «O`qituvchi» T. 1985y. 7. Mardanova G «Nur to`la o`y», «Mexnat». T. 1992y 8. Juraev A. Tarbiyaviy darslar o`tish. T.«O`qituvchi» 1994y 9. Tarbiyaviy ish metodikasi. T. «O`qituvchi» 1991y. 10. Xasanbaeva O. Kuni o`zaytirilgan guruxlarga tarbiyaviy ishlar .T. «O`qituvchi» 1994y. 11. V.A Suxomlinsiy Tarbiya tug`risida. T. «O`qituvchi» 1985. 12. Safo Ochil. Mustaqillik ma’naviyati va tarbiya asoslari. T. «O`qituvchi» 1995y.
Download 355.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling